2025-yilda Taxtiqoracha dovoni orqali 7 km.lik pullik tunnel qurish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov 11-iyul kuni deputat savoliga javob bera turib ma’lum qildi.
Prezidentning Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga tashrifi davomida Taxtiqoracha pulli tunnel qurish vazifasi Transport vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Ushbu loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi va uning umumiy qiymati 100 mln dollarga baholanmoqda.
Hozirda uchta xususiy kompaniya geodeziya va geologiya ishlarini yakunlab, loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlamoqda. Avgust oyida ushbu kompaniyalardan eng munosibi tanlab olinadi va ular bilan shartnoma imzolanadi. Mahkamovning so‘zlariga ko‘ra, tanlovda O‘zbekiston manfaatlari inobatga olinadi.
Avgust oyida tender natijalari e’lon qilinib, g‘olib kompaniya bilan kelishuv tuziladi. Shundan so‘ng qurilish ishlari boshlanishi ko‘zda tutilgan. Tunnel qurilishidagi asosiy murakkabliklar geologik sharoit va tog‘lik hududda ish olib borish bilan bog‘liq.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!