$
12712.05 UZS
-65.47
161.10 UZS
-0.44
14524.79 UZS
-65.86
32° Kechasi 20°

Prezident “Yangi Namangan” shaharchasining ikkinchi bosqichi loyihasi bilan tanishdi

02:05 / 10.03.2022

Shavkat Mirziyoyev 9 mart kuni “Yangi Namangan” shaharchasining ikkinchi bosqichi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Namangan shahri ham iqtisodiyot, ham nufus jihatidan o‘sib bormoqda. So‘nggi besh yilda shahar aholisi 152 ming nafarga ko‘paygan. Shu davrda 300 dan ziyod ko‘p qavatli uylar qurilib, qariyb 65 ming fuqaro yangi xonadonga ega bo‘lgan.

Jumladan, “Yangi Namangan” shaharchasi loyihasining birinchi bosqichida 330 gektar maydonda 8 ming 500 xonadonli 184 ta uy-joy barpo etilgan. Shuningdek, 145 gektar maydonda kichik sanoat zonalari tashkil etilib, 10 ming yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Namangan shahrida 30 ming fuqaroning uy-joyga ehtiyoji bor. Kelgusi yillarda shahar aholisi yiliga 25 ming nafarga ko‘payishi kutilmoqda.

Shu bois, Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida Namangan shahrini “bir millionlik shahar”ga aylantirish va “Yangi Namangan” shaharchasini kengaytirishni aytgan edi.

Taqdimotda ushbu shaharchaning ikkinchi bosqichi bosh rejasi ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, 272 gektar maydonda 20 ming xonadonga ega 171 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

Davlat rahbari uylarning sifati, infratuzilmasi qanday bo‘lishi bilan qiziqdi. Mutasaddilarga hozir ko‘p qavatli uylarda yashayotgan odamlar va talabgorlar bilan uchrashib, ularning takliflarini olish, shu asosida loyihani tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, batafsil rejalashtirish bo‘yicha topshiriq bergan.

Bundan tashqari, hududda uylarni va muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini to‘g‘ri joylashtirish, binolarda milliy hunarmandchiligimizga xos  bezaklardan foydalanish muhimligi ta’kidlandi. Shaharcha hududida ish o‘rinlari tashkil etish, xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Loyihaga ko‘ra, bu yerda “Yangi O‘zbekiston” bog‘ini barpo etish ham rejalashtirilgan.

Prezident bog‘ uchun daraxt ko‘chatlarini hozirdan yetishtirish, ko‘p qavatli uylar oldida va yo‘l bo‘ylarida ham daraxtlar ekish zarurligini ta’kidladi.

Namangan viloyatida kichik sanoat zonalari infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llar va ichimlik suvi tarmoqlarini ta’mirlash masalalariga ham e’tibor qaratildiib, mutasaddilarga hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli ishini tashkil etish, mahallalarda sport maydonchalari, maishiy xizmat majmualari qurish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.


Bu ham qiziq

Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Ushbu partiya “Amerika partiyasi” deb nomlanishi mumkin.
17:29 / 08.06.2025
Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev 9–…
17:20 / 08.06.2025
Slovakiya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

Slovakiya Bosh vaziri rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso …
09:39 / 08.06.2025
Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali muloqot qildi

Pokiston Bosh vazirining joriy yil fevral oyida O‘zbekistonga tarixiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshi…
21:14 / 07.06.2025
Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Muzokaralar yakunida istiqbolli loyihalarni tizimli ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
17:48 / 07.06.2025
Surxondaryo fermer xo‘jaligi 433,6 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalandi

Surxondaryo fermer xo‘jaligi 433,6 mln so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
12:57 / 09.06.2025
“Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqalari tashkil etiladi

“Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqalari tashkil etiladi

Shu maqsadda, mazkur loyiha tizimida “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionati o‘tkazilishi e’lon qilin…
19:41 / 08.06.2025
Zelenskiy: “Tramp Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozonadi, deb hisoblaydi”

Zelenskiy: “Tramp Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozonadi, deb hisoblaydi”

“Menimcha, Tramp buni ochiqchasiga aytgan va u bu fikrini atrofidagi bir nechta odamlarga ham bildirgan”, — dedi Ukraina pre…
11:49 / 09.06.2025
Slovakiya Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Slovakiya Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

9-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitson…
12:32 / 09.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!