$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Samvel Babayanga berilgan litsenziya vaqtincha qaytarib olinadi

17:41 / 12.09.2022

Coca-Cola Superliganing 18-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi yakunida ko‘ngilsiz voqea kelib chiqqani bir qator sport nashrlari tomonidan ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, mehmonlar ustozi Samvel Babayan matbuot anjumaniga kirish chog‘ida futbol muxlislaridan biri bilan tortishib qolgan.

Mazkur vaziyatga Milliy gvardiya xodimlari ham aralashgan. Babayanning baland ovozda hunuk so‘zlar bilan baqirayotganini eshitgan ayrim jurnalistlar matbuot anjumanlari xonasidan ko‘chaga yugurib chiqqan. Bu vaqtda mutaxassis OAV xodimlari holatni tasvirga tushirmoqda degan fikrda, o‘z sheriklaridan Championat.asia nashri vakilining telefonini tortib olish hamda undagi videotasvirlarni o‘chirib tashlashni talab qilgan. Shundan keyin Babayanning sherigi hamda O‘zPFL tomonidan shu yilning 26-fevral sanasida ID 140 raqamli akkreditatsiya olgan Farhod Umaraliyev jurnalistning qo‘lidan uning shaxsiy telefonini tortib olib, o‘zboshimchalik bilan undagi materiallarni o‘chirib tashlagan. Bu harakatlarni vaziyatga guvoh bo‘lgan boshqa nashrlar ham tasdiqladi.

O‘zPFL Reglamentlarida jamoa rasmiylari musobaqalar davomida o‘zlarini qanday tutishlari aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Jamoa ustozlari har qanday holatda ham o‘zlarini na’muna sifatida ko‘rsatishlari shart. Biz futbol va undagi hissiyotlarni hurmat qilgan holda murabbiylarning o‘yin vaqtidagi emotsiyalarini tabiiy qabul qilamiz va faqatgina juda oshirib yuborilgan vaqtda murabbiy ishini tegishli qo‘mitaga oshiramiz. Biroq Samvel Babayan uchrashuv davomida uni tinimsiz haqorat qilgan futbol muxlisi bilan rasmiy tadbirgacha hisob-kitob qilishga urinishi to‘g‘ri ish emas. Qolaversa, O‘zPFL musobaqalarini yoritib boruvchi jurnalistlarning stadionlardagi faoliyatini “O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar va musobaqalarda ishlovchi OAV vakillari uchun yo‘riqnoma” orqali tartibga soladi, ularga shu asosda akkreditatsiya taqdim etiladi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL o‘z tadbirlarida faoliyat olib borayotgan OAV vakillarini har qanday holatda ham himoya qiladi. Babayan va uning sheriklari tomonidan amalga oshirilgan ish shu tomondan qaralganda na etika normalariga, na Reglamentga va na qonunchilikka to‘g‘ri keladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zPFL Samvel Babayanning mazkur ishini Tartib-intizom qo‘mitasiga oshiradi va unga qadar murabbiyning litsenziyasini qaytarib oladi. Shuningdek, qo‘mitada ish ko‘rib chiqilayotgan vaqtda jazo engilroq bo‘lishi uchun “Navbahor lochinlari” futbol klubi va shaxsan Samvel Babayanni OAV vakillaridan uzr so‘rashga chaqiradi. Bunga qadar ham matbuot anjumanida ko‘ngilsiz voqea keltirib chiqargan, biroq keyinchalik o‘z aybiga iqrorligidan kelib chiqib, qayta akkreditatsiya berilgan Farhod Umaraliyevning akkreditatsiyasi ham qaytarib olinadi va u O‘zPFL musobaqalari uchun ro‘yxatdan qayta o‘tkazilmaydi. Mazkur shaxs matbuot anjumanida ishtirok etgani aniqlansa, har qanday mezbon klub jarimaga tortiladi.



														
														Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

Los-Anjeles–2028. XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi

“AQShning Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari rasman 2028-yil 14–30-iyul kunlariga belgilangan, b…
16:54 / 16.07.2025

														
														Yannik Sinner – “Uimbldon” chempioni bo‘ldi

Yannik Sinner – “Uimbldon” chempioni bo‘ldi

U finalda ispaniyalik Karlos Alkarazdan ustun keldi.
14:50 / 14.07.2025

														
														Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

Bu bo'yicha murabbiy bilan muzokaralar olib borilmoqda
18:57 / 13.07.2025

														
														Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Londonda davom etayotgan tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahsl…
13:13 / 12.07.2025

														
														Yunon-rum kurashi. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi

Yunon-rum kurashi. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi

Vyetnamda sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.
17:33 / 25.06.2025

														
														50 yoshli Oksana Chusovitina Jahon chellenj kubogida kumush medalga ega chiqdi

50 yoshli Oksana Chusovitina Jahon chellenj kubogida kumush medalga ega chiqdi

Toshkentda sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chellenj kubogi o‘tkazilmoqda.
13:07 / 21.06.2025

														
														Uta Abe Diyora Keldiyorovadan revansh olish niyatida ekanligini aytdi

Uta Abe Diyora Keldiyorovadan revansh olish niyatida ekanligini aytdi

Dzyudochi bu haqda Vengriyada beshinchi bor Jahon chempioni bo‘lgandan so‘ng ma’lum qildi.
14:19 / 16.06.2025

														
														Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Vengriya poytaxti Budapeshtda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
17:58 / 15.06.2025

														
														Mahmud Muradovning kamar uchun jangi to‘liq davom etdi

Mahmud Muradovning kamar uchun jangi to‘liq davom etdi

Chexiyaning Praga shahrida MMA bo‘yicha Oktagon 72 turniri tashkil etildi.
09:40 / 15.06.2025

														
														Tepe Sigeman 2025. Javohir Sindarov chempionlikka yaqin

Tepe Sigeman 2025. Javohir Sindarov chempionlikka yaqin

Bugun Shvetsiyaning Malmyo shahrida shaxmat bo‘yicha “Tepe Sigeman 2025” turniri davom ettiriladi.
18:50 / 25.05.2025

Bu ham qiziq

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025
Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Putin yaqin orada Xitoyga tashrif buyuradi

Sergey Lavrov Si Szinpin bilan uchrashuvda shunga erishilganini ma’lum qildi
19:23 / 15.07.2025
ShHTning navbatdagi sammiti Xitoyda bo‘lib o‘tadi

ShHTning navbatdagi sammiti Xitoyda bo‘lib o‘tadi

Xitoy 31-avgustdan 1-sentyabrga qadar Tyanjin shahrida ShHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti) sammitiga mezbonlik qiladi. Bu ha…
14:52 / 16.07.2025
Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Toshkentdagi “O‘zbekfilm” binosi yaqinida kuchli yong‘in chiqdi

Hozirda o‘chirish ishlari davom etmoqda.
15:22 / 15.07.2025
Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi
21:25 / 15.07.2025
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi

Ushbu qaror ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi
22:36 / 15.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025
Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi Gruziyaga ultimatum qo‘ydi

Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallasning so‘zlariga ko‘ra, gruzinlar hukumati ma’lum shartlarni bajarishi lozim
18:37 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!