Tashkilot va ta’lim muassasalarida gripp va O‘RVIdan qanday himoyalanish kerakligi haqida Sanepidqo‘mita axborot xizmati o‘z tavsiyalarini berdi. Ular quyidagicha:
– Grippga qarshi emlanish;
– mavsumga xos kiyinish;
– o‘z vaqtida ovqatlanish;
– xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turish va kunda namli tozalov ishlarini o‘tkazish;
– ishlab chiqarish korxonalari, davolash profilaktika va o‘quv muassasalari, bolalar va qariyalar uylari, tashkilot va idoralarda hamda turar joy binolarida issiqlik rejimiga rioya qilish, barcha xonalarning issiqlik harorati 22 darajadan past bo‘lmasligi; – gripp va o‘tkir respirator kasalliklariga xos bo‘lgan simptomlar aniqlangan shaxslar bilan masofa saqlash;
– uyushgan jamoalarda konsert zallari, kinoteatr, o‘quv va ish joylarida kuniga vaqti-vaqti bilan 3-4 marotaba shamollatib turish lozim.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!