$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
34° Kechasi 23°

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

16:44 / 26.04.2024

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri Yakkasaroy tumani hokimligi yuriskonsulti Nodir Akbarov maktab basseynida vafot etgan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, hokimlik xodimlari uchun 18-aprel kuni ziyofat tadbiri oʻtkazilgan. Unda spirtli ichimliklar ham isteʼmol qilingan boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.

“Tadbir yakunlangach, hokimning ikki oʻrinbosari hamda yuristi maishatni tumandagi 160-sonli bolalar va oʻsmirlar maktabiga tegishli basseynda davom ettirishgan. Basseynda choʻmilish chogʻida hokimlik yuriskonsultining sogʻligi yomonlashib, vafot etgan”, deyiladi xabarda.

Mazkur maʼlumotni Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ham tasdiqlagan.

Shamsutdinov 2024-yil 18-aprel kuni, soat 15:30 lar atrofida 1970-yilda tugʻilgan erkak, Yakkasaroy tumani hokimligi huquqshunosi tumanda joylashgan maktabdagi basseynda choʻmilganda ahvoli yomonlashib, vafot etganini maʼlum qilgan.

Xabarga koʻra, marhumning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenovaning qaroriga koʻra, 2024-yil 22-aprel kuni Nodir Akbarov bilan mehnat shartnomasi uning vafot etgani munosabati bilan bekor qilingan.


Bu ham qiziq

Eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi

Eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi

Toshkent viloyati Parkent tumanida eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi.
10:25 / 07.06.2025
Jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekiston MTJ a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

Jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekiston MTJ a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

Futbol bo‘yicha JCh–2026 turniri 11-iyunda 19-iyulga qadar AQSh, Meksika va Kanada yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
15:07 / 06.06.2025
La Ligada mavsum futbolchisi deya Rafinya e’tirof etildi

La Ligada mavsum futbolchisi deya Rafinya e’tirof etildi

La Ligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum qilindi.
20:04 / 06.06.2025
Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega

Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega

Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega
11:19 / 07.06.2025
Farg‘onadagi alyuminni qayta ishlash sexida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi

Farg‘onadagi alyuminni qayta ishlash sexida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
15:49 / 05.06.2025
Bugun, 5-iyundan OTMlarga qabul boshlandi

Bugun, 5-iyundan OTMlarga qabul boshlandi

Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanl…
09:11 / 05.06.2025
Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Ertaga — Qurbon hayiti kuni, ya’ni rasmiy bayram va dam olish kuni.
09:40 / 05.06.2025
6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
06:43 / 06.06.2025
Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6-iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatg…
10:00 / 05.06.2025
Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobod tumanida 19 yoshli yigitning jasadi topildi. Bosh prokuratura tomonidan ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshi…
18:27 / 04.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!