Transport vositalari oynalarini qoraytirish (tonirovka) eng koʻp muhokamaga sabab boʻlgan mavzulardan biri boʻldi. Aholining haqli eʼtirozlari inobatga olinib, bu maʼlum maʼnoda ijobiy yechimini topdi. Bu haqda OʻzA yozmoqda.
Yaʼni Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi 646-son qarori asosida avtomobillarning orqa oynalar tusini cheklanmagan miqdorda toʻlovsiz qoraytirishga ruxsat berildi.
Faqat orqa yon oynalarining tusini cheklovsiz oʻzgartirish ruxsatnoma asosida 2 million 223 ming soʻmga amalga oshirilishi belgilandi.
- Qaror bilan hattoki avtomobillarning old yon oynalarning tusini ham yorugʻlik oʻtkazuvchanligi 50 foizdan kam boʻlmagan darajada oʻzgartirishga ruxsat berildi, - deydi Ichki ishlar vazirligi yoʻl harakat xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Akmal Yunusov. - Hozirda DYHXX boʻlinmalarida oynalarning tusuni oʻzgartirganlik uchun ruxsatnoma va maxsus galogrammalar berilmoqda. Shunga qaramay, ming afsuski,transport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish)ning tartiblarini buzayotgan, bu talablarni mensimayotgan yoki unga amal qilmayotgan haydovchilar koʻplab uchrab turibdi.
Masalan, faqatgina orqa va orqa yon oynalarning cheklovsiz qoraytirish belgilangan boʻlsa-da, ayrim haydovchilar transport vositaslarining old yon oynalari tusini ham cheksiz darajada qoraytirib olmoqda va bu bilan ular qaror talablarini qoʻpol ravishda buzmoqda.
Lekin aholi talabi inobatga olinib berilgan imkoniyatni shunday suiistaʼmol qilish insofdanmi? Yoki ayrimlar bilsa - hazil, bilmasa - chin, qabilida ish koʻrishni afzal biladimi?
Biroq, dono xalqimiz aytganidek, koʻza kunda emas, kunida sinadi.
Qonun va qoidalar barchaga barobar. Shunday ekan, har bir harakat ishtirokchisi yaratilgan imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanishi maqsadga muvofiq.
Aks holda qoidabuzarlik uchun jazo muqarrardir.
Eng achinarlisi, ayrim haydovchilar amaldagi qonun va qaror talablarini mensimasdan, hech qanday ruxsatnoma olmagan holda transport vositalari oynalarining tusini qoraytirib olmoqda.
DYHXX barchani ogohlantiradi:
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 126-moddasiga muvofiq, texnik reglamentga muvofiq boʻlmagan koʻzgusimon va (yoki) tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining oʻrnidan tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoʻshimcha narsalar oʻrnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan belgilangan tartibda oynalarni qoraytirish uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Bu - 5 million 68 ming 250 soʻmni tashkil etadi.Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Eng achinarlisi, ayrim haydovchilar amaldagi qonun va qaror talablarini mensimasdan, hech qanday ruxsatnoma olmagan holda transport vositalari oynalarining tusini qoraytirib olmoqda.
DYHXX barchani ogohlantiradi:
Bu - 8 million 109 ming 200 soʻmni tashkil etadi.
Bundan tashqari, transport vositasi kamchiliklari bartaraf etilgunga qadar vaqtinchalik jarima maydoniga qoʻyiladi.
Yuqorida aytib oʻtilganlardan transport vositalari oynalarining tusini belgilangan talablariga zid ravishda oʻzgartirib (qoraytirib) yurgan haydovchilar toʻgʻri xulosa chiqarsa ajab emas.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!