$
12715.13 UZS
-45.08
161.75 UZS
1.67
14730.48 UZS
25.61
39° Kechasi 24°

Orzu amalga oshishi uchun qanday qilib orzu qilish kerak?

09:46 / 05.09.2021

Barchamizning ham erishishni istagan orzu va niyatlarimiz juda ko‘p. Lekin sezganingizdek, ba’zi insonlar barcha orzulariga erishadilar, ba’zilarda esa orzu o‘z holicha qolib ketaveradi, ya’ni amalga oshmaydi. Quyida siz bilan orzularingiz amalga oshishi uchun to‘g‘ri orzu qilishni o‘rganamiz.

Orzu nima?
Siz orzu so‘ziga aniq bir ta’rif bera olasizmi? Ko‘pchilik aynan shu joyda xatoga uchraydi. Ular orzuni uzoq-uzoqlardagi qo‘l yetmas istaklar kabi tasavvur qilishadi. Ular “orzu amalga oshishi uchun shunchaki kutish kerak”, deb hisoblashadi. Ular o‘z hayotida yashashda davom etishadi va orzulari amalga oshishi uchun hech narsa qilmaydi. Ular qanday orzu qilishni bilmaydi.

1. Maqsad va orzu

“Maqsad” oldimizga qo‘yilgan vazifaga o‘xshaydi va biz qanday qilib o‘nlikka kirishni o‘ylaymiz, shunga qarab harakat qilamiz. “Orzu” ham oldimizga qo‘yilgan vazifa kabidir, go‘yo unga faqat xayolan erishish mumkinday ko‘rinadi va biz unga erishganimizni tasavvur qila olmaymiz. Endi qanday maqsadlaringiz borligini o‘ylab ko‘ring. Bu lavozimingiz oshishi, dengiz sayohatiga borish, kinoteatrga borish va nonushtaga shirinlik tayyorlash bo‘lishi mumkin. Siz bu yerda amalga oshishi mumkin bo‘lgan qancha maqsadlarni sanaganingizni sezyapsizmi? Orzuni maqsadga aylantirish siri ham aynan shu yerda. “Men o‘z baxtimni uchratishni orzu qilaman”, “Maqsadim – baxtimni uchratish”. E’tibor bering, bittagina so‘z nafaqat butun gap ma’nosini, balki butun hayotingizni ham o‘zgartirib yuboradi.

Orzu qalbingizga iliqlik olib kiradi, sizni tabassum qilish va yorqin kelajakni tasavvur etishingizga yordam beradi. Maqsad esa, sizni ogoh bo‘lishga da’vat qiladi va reja tuzishga majburlaydi. Orzu qilish yomon emas, orzular bizni ilhomlantiradi va motivatsiya beradi, ammo ular faqatgina tinimsiz mehnat natijasida ro‘yobga chiqadi. Siz nafaqat orzu qilish, balki ularga erishishni ham istaysizmi? Unda quyidagi maslahatlarga amal qilishga harakat qiling.

2. Kamroq so‘z va ko‘proq harakat

“Uyni ta’mirlamoqchiman”, “bu yozda aniq dengiz sayohatiga boraman”, “ertadan yugurishni boshlayman” – bu gaplar bilan ish tugab qoladi. Orzu va maqsadlarni boshqalar bilan bo‘lishishda hech qanday yomon narsa yo‘qday tuyulishi mumkin. Axir maqtov va qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlar eshitib ilhom olish mumkin-ku a? Lekin buni inson pxisikasi boshqacha qabul qiladi. Har qanday ta’mir birinchi mixdan, dengiz sayohati esa chipta sotib olishdan boshlanadi. 

Birinchi qadamlar bizni yana harakat qilishga undaydi va har bir pog‘onadan ko‘tarilganimiz sayin baxt gormonlari ishlab chiqarila boshlaydi. Unda so‘zlarning bu yerda qanday ahamiyati bor? Gap shundaki, agar siz o‘z reja, orzu va maqsadlaringiz haqida so‘zlab bersangiz, baxt gormoni ishlab chiqariladi va … bo‘ldi. U ishni bajarishdan qandaydir quvonch ololmay qolasiz va amalga oshmay qolib ketadi. Agar rostdan ham orzularingiz amalga oshishini istasangiz, ular haqida kamroq gapiring.

3. Tasavvur – eng yaxshi do‘stingiz

Tinch joyda o‘tiring va orzularingiz amalga oshgandagi holatingizni tasavvur qiling. Shunda orzuga erishish yo‘lidagi qilinajak ishlaringiz ham o‘z-o‘zidan ayon bo‘la boshlaydi. Shu bilan birga buni tez-tez amalga oshirib turish nafaqat, orzuyingiz tezroq amalga oshishini ta’minlaydi, balki sizga ilhom va motivatsiya ham beradi.

4. Bilim va tajriba

Maktab o‘quvchisi va biznesmen “iPhone X” orzu qilayotganida kimning orzusi amalga oshishi ehtimoli ko‘proq ekanligini bilamiz. Bu yerda “imkoniyat” degan kalit so‘z bo‘lishi kerak edi. Imkoniyatga qanday qilib ega bo‘lish mumkin? Albatta, bilim va tajriba orqali.
Imkoniyatingiz bo‘lmay turib, orzular haqida sukut saqlaganingiz va tasavvur kuchingiz ham foydasiz kabi ko‘rinishi mumkin. Mana nima uchun ushbu punkt eng muhimi hisoblanadi.

Keling, buni sizga oson qilib tushuntiramiz. Biror inson bilan tanishmoqchimisiz? Unda psixologiyani o‘rganing, insonlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘ling va ularni tushunishga harakat qiling. Ilk bor tanishish yoki uchrashuv usullarini o‘rganing.
Chiroyli va latofatli bo‘lishni istaysizmi? Kosmetologiya, diyetologiya va umuman go‘zallik va salomatlikka aloqador sohalarni o‘qing, o‘rganing.

Xulosa:
• orzuni maqsadga aylantiring;
• u haqida barchaga aytmang;
• tasavvur qiling;
• orzuni amalga oshirish vositalarini toping.

Orzu, niyat va maqsadlaringizni amalga oshirishni hozirdanoq boshlang. Eng qulay vaqt hech qachon kelmaydi, siz ayni damni eng qulay vaqtga aylantiring!


Bu ham qiziq

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
12:49 / 13.06.2025
Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Vengriya poytaxti Budapeshtda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
17:58 / 15.06.2025
Yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi

Yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi

Yil boshidan hududlarda byudjetga tushum 26 foizga o‘sdi. Lekin Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda o‘sish res…
12:35 / 16.06.2025
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘r…
09:45 / 13.06.2025
17-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

17-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17—19-iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati ku…
17:51 / 16.06.2025
O‘zbekistonda jinsni o‘zgartirishga ruxsat berildimi?

O‘zbekistonda jinsni o‘zgartirishga ruxsat berildimi?

Adliya vazirligi mazkur xabarlar va qaror yuzasidan tushuntirish berdi.
17:57 / 16.06.2025
Mirziyoyev: “Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib boryapti”

Mirziyoyev: “Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib boryapti”

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
10:02 / 16.06.2025
14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

14-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
17:46 / 13.06.2025
“Issiq kunlarda gazda shuncha muammo bo‘lsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi?” – Mirziyoyev

“Issiq kunlarda gazda shuncha muammo bo‘lsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi?” – Mirziyoyev

Prezident suyultirilgan gaz yetkazishdagi muammolar haqida gapirdi.
10:37 / 16.06.2025
Sobiq deputat Qobul Dusov 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

Sobiq deputat Qobul Dusov 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Q. Dusovga (1984-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sud…
17:04 / 16.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!