$
12615.07 UZS
-19.27
162.02 UZS
-0.35
14754.59 UZS
-66.75
37° Kechasi 24°

Endi taksi haydovchisi kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak

16:31 / 09.08.2019

Toshkentda jamoat transporti tizimi talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagani uchun ko‘pchilik ham qulay, ham narxi jihatdan maqbul bo‘lgani bois taksi xizmatidan foydalanadi. Taksilar va xizmat ko‘rsatuvchilar ham turlicha. Ba'zilarining ishini yoqlasangiz, ayrimlaridan norozi bo‘lasiz. Taksilar faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lishi shundan desak xato bo‘lmas. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda shahrimizda 27 kompaniya taksi xizmati bilan shug‘ullanmoqda. Ularning ishidan mamnunlar qatori, bu xizmatni yanada yaxshilash bo‘yicha qator takliflarga egalar ham ko‘p.

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida taksi xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi keng muhokama qilinmoqda.

Qaror loyihasida taksilarning tashqi ko‘rinishi qanday bo‘lishi kerakligi, ularni tanishtiruvchi belgilar hamda qanday qo‘shimcha axborotlar bilan ta'minlanishi lozimligi ko‘rsatilgan.

Hozirda taksi kompaniyalarida haydovchilarni internet orqali ishga olish amaliyoti bor. Kompaniyalarning axborot texnologiyalari yutuqlaridan foydalanishi, onlayn xizmatlar ko‘rsatishi yaxshi albatta. Muhokamadagi qaror loyihasida esa haydovchilarga aniq talablar qo‘yilgan. Xususan, taksi haydovchisi bo‘lishni istaganlar 21 yoshga to‘lgan, yengil turdagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun “V” toifa ruxsatnomasiga ega, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va shu sohada kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak.

Loyihada yo‘lovchilarga tashish xizmatini ko‘rsatishga qaratilgan soliqni ham qayta ko‘rib chiqish, xususan, buyurtmaning 4 foizini soliq sifatida to‘lash taklif etilgan. 

Taksi transportining kelajagiga befarq bo‘lmagan fuqarolar ushbu loyiha bilan tanishib chiqish va muhokama jarayonida faol ishtirok etishga taklif qilingan. Muhokama 16-avgustga qadar davom etadi.


Bu ham qiziq

Eron prezidenti Isroil hujumlari natijasida yaralangan

Eron prezidenti Isroil hujumlari natijasida yaralangan

Bu haqda ishonchli fors manbalari xabar bermoqda
21:30 / 13.07.2025
Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha APLda eng yaxshilaridan biri deb topildi

Abduqodir Husanov tezlik bo‘yicha APLda eng yaxshilaridan biri deb topildi

U mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha bir qator yulduzlarni ham ortda qoldirdi
22:32 / 13.07.2025
Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Surxondaryoda ikki bosh morxo‘r ovlagan shaxslar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Ular ovlagan burama shoxli echkilar “Qizil kitob”ga kiritilgan bo‘lgan.
16:47 / 13.07.2025
Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Tehronga hujumi vaqtida jarohat olgan

Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Tehronga hujumi vaqtida jarohat olgan

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon Isroilning Tehronga bergan zarbalari davomida yengil jarohat olgan. Bu haqda Fars News xa…
14:48 / 13.07.2025
Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Londonda davom etayotgan tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahsl…
13:13 / 12.07.2025
Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Farg‘onada Gentra haydovchisi tanishini qasddan bosib ketdi

Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
11:28 / 13.07.2025
O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi

Joriy yilning I choragida O‘zbekistonning umumiy tashqi qarz hajmi 68,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Markaziy ba…
16:59 / 12.07.2025
“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

Bu haqda jamoa asoschisi Rahmonali Suropov ma’lum qildi
18:29 / 13.07.2025
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri abituriyentlarga murojaat qildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri abituriyentlarga murojaat qildi

Test sinovlari oldidan vazir yoshlarni xotirjam bo‘lishga chaqirdi
20:39 / 13.07.2025
DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

DXX tezkor tadbir davomida noqonuniy psixotrop moddalar savdosiga chek qo‘ydi

Farg'onadagi tadbirda kuchli ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarining faoliyatiga chek qo'yildi
22:54 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!