Har birimiz bosh og‘rig‘i nima ekanligini yaxshi bilamiz. U ertalab o‘zingizni o‘nglab olishni, kunduzlari esa diqqatingizni jamlashni qiyinlashtiradi. Kechqurun uxlay olmaysiz, chunki shaqiqa (migren) bunga yo‘l bermaydi. Don'tPanic shu haqidagi ba’zi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Qish faslida bosh og‘rig‘i ko‘proq kuzatiladi: doimiy charchoqni his qilasiz, stress, shuningdek noto‘g‘ri ratsion ham ta'sir ko‘rsatadi. Dorixonalarda ortiqcha pul sarflamang. Dorilar muammoni hal qilmaydi, shunchaki kasallikning belgilarini to‘xtatadi, xolos. Dietologlarning ma'lum qilishicha, vitaminlarning doimiy yetishmovchiligi bosh og‘rig‘ining asosiy sababidir. Quyidagi mahsulotlarni kundalik ratsionga kiriting va shaqiqa (migren) hastaligi haqida unuting.
B12 vitamini va foliy kislotasi
Avitaminoz stress va parishonxotirlikka olib keladi. Taomnomada, ayniqsa, B12 vitamini va foliy kislotasi bo‘lishi muhim. Ismaloq, qovoq va lavlagi foliy kislota bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etadi, tovuq tuxumi ham organizmni B12 vitamini bilan ta'minlaydi.
B6 vitamini
Odatda qishki taomnomamizda og‘ir va hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan yeguliklar ko‘p bo‘ladi. Hazm qilishdagi muammolar ham bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi. Kundalik parhezga sarxil sabzavotlar, loviya va don mahsulotlarini ham kiriting — shunda siz oshqozoningizni B6 vitamini bilan qo‘llab-quvvatlagan bo‘lasiz.
D vitamini
Yaqinda shifokorlar D vitamini yetishmovchiligi organizmga qanday ta'sir ko‘rsatishiga oid xulosasini e’lon qilishdi. Ma'lum bo‘lishicha, bu vitaminning yetishmovchiligi ishchanlik faoliyatining pasayishi va ertalabki bosh og‘riqlariga olib kelar ekan. Dengiz mahsulotlari, tuxum, dukkaklilar va toza havoda sayr qilish bu muammoni bartaraf qiladi.
Temir va mis
Ratsionga loviya, yong‘oqlar, dengiz karami, kunjut va jigar qo‘shish kerak. Shunda siz organizmdagi temir va mis yetishmovchiligi o‘rnini to‘ldirasiz. Bu elementlarning yetishmasligi qon bosimining tushishi va shaqiqaga olib keladi.
Xulosa
Bosh og‘riqlaridan charchadingizmi? Ochiq havoda sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish va keraklicha dam olish bosh og‘rig‘ini eng qimmat dorilardan-da tezroq va samaraliroq davolaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!