$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
38° Kechasi 25°

Telefonda o‘tirishni yoqtiradiganlar uchun kasblar

16:24 / 06.05.2020

Hozirgi kunda deyarli barcha yoshlarning qo‘lida mitti gadjetlar mavjud. Telefon bizning dushmanimiz, deydigan zamonlar o‘tdi. Chunki gadjetlar hayotimizning bir qismiga aylanishga ulgurdi. Bir qator rus tadqiqotchilarining megapolislarda yashovchi ota-onalar orasida o‘tkazgan so‘rovnomasiga ko‘ra, qatnashuvchilarning 91 foizi bolalarining 10 yoshidayoq shaxsiy telefonga ega bo‘lishini ta’kidlashgan. Bundan tashqari, hozirda zamonaviy bolalar kunning 7 soatini ekran oldida o‘tkazishmoqda.

Deyarli har bir bola va o‘smirda elektron qurilma mavjud bo‘lsa, unda nega kelajakda ularning ishtiyoqini kasbga aylantirmasligimiz kerak? Quyida smartfon va planshetlarni sevadigan insonlar uchun bu odatlarini biror kasbga yo‘naltirishi mumkin bo‘lgan tavsiyalarni berib o‘tamiz.

1. Kontent-menejer

Bu media-manbalarda (saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, internet do‘konlar) kontentni boshqarish, saqlash va tarqatish uchun javob beradigan mutaxassis. Bu sohada ish beruvchilar kamdan-kam hollarda diplom talab qiladi. Siz bu kasbni onlayn tarzda o‘rganishingiz va yaxshi mutaxassisga aylanishingiz mumkin. Barchasi sizning g‘ayratingizga bog‘liq. Bu kasb orqali uyda o‘tirib ham mo‘maygina daromad orttirishingiz mumkin. Masalan, Rossiyada bu kasbda faoliyat yurituvchi o‘smirlar oyiga o‘rtacha 500 dollar daromad qilishmoqda. 

2. Veb-dizayner

Bu kasb sizdan ma’lum darajada zamonaviy texnologiyalarga nisbatan ijodkorlik va shijoatni uyg‘unlashtirgan holda yondashishni talab qiladi. Veb-dizayner, qisqacha qilib aytganda, sayt dizayni, sahifalar, elektron pochta xabarlari, taqdimotlar va ilovalar yaratish bilan shug‘ullanadi. Uning ishida vizual dizayn va foydalanishdagi qulayliklar birinchi o‘rinda turadi. Adobe Photoshop, Adobe Illustrator, Sketch, Figma, InDesign kabi dasturlar bu kasb egalarining oyoq va qo‘llari, desak ham bo‘ladi. Shu bilan birga HTML, CSS, JavaScript va PHP ustida anchayin bosh qotirishlari kerak bo‘ladi. Bu kasb egalarini kompyuter, planshet yoki smartfonsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ular bu uskunalar uchun boshlanishida yaxshigina pul tikishlari kerak bo‘ladi. Yuqoridagi kasblarda ham uyda o‘tirib yoki ofisda ishlab oyiga 650 dollardan 2500 dollargacha daromad qilishingiz mumkin.

3. IOS va Android uchun App Developer

Bu kasb egalari aqlli telefonlar, planshetlar, aqlli soatlar va boshqa qurilmalarda o‘rnatilgan mashhur IOS va Android operatsion tizimlar uchun dasturlar yaratishadi. Siz bu yo‘nalishda ishga joylashishda IOS mutaxassisligi uchun Objective-C yoki swift; Androidlarni dasturlash uchun Java, Android API va Kotlinlar borasida tengsiz mutaxassis bo‘lishingiz kerak. IT sohasi doim yuqori daromad keltiradi. Siz IOS va Android ustasi bo‘lsangiz va munosib ish beruvchi  topolsangiz cho‘ntagingizda har oy kamida 1500-2000 dollar bor, deb hisoblayvering.

4. Fotograf

Hozirgi zamonaviy smartfonlarning kamerasi professional fotokameralardan qolishmaydi. Xabaringiz bordir, iPhone’larda olingan filmlar Kann kinofestivalida ham nomzodlik qilmoqda. Shunday ekan, nima uchun qo‘lingizdagi oxirgi model telefon orqali hech bo‘lmaganda fotograflik qilolmaysiz? Buning uchun biror universitetni bitirishingiz shart emas. Ish topishingiz uchun portfolio va ish tajribasi bo‘lsa yetarli. Doimo fotograflik bilan shug‘ullanish sizga oyda kamida 600 dollar topish imkonini beradi. Aksariyat bu kasb egalari frilanserlikni afzal ko‘rishadi va bo‘sh vaqtlarida turli loyihalar orqali qo‘shimcha daromad olishadi.

5. SMM-menejer

So‘nggi besh yilda bu kasbga talab sezilarli oshdi. Kompaniyalar nafaqat mahsulotni reklama qilish, balki auditoriya bilan aloqa ham muhimligini tushunishdi. SMM-menejerning ishlarini quyidagicha sanab o‘tish mumkin:
• brendni targ‘ib qilish strategiyasini ishlab chiqish va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini yuritish;
• mijozlar bilan aloqa qilish;
• kontent yaratish (matnlar, oddiy rasmlar, fotosuratlar va videolar);
• reklama kampaniyalarini o‘tkazish.
Albatta, bular vazifalarning to‘liq yig‘indisi emas, lekin siz bu yerda keltirilgan ro‘yxatdan mutaxassisning nima ish bilan shug‘ullanishini tushunishingiz mumkin. Bu kasbda ham kamida 600 dollarlik maoshga ega bo‘lishingiz mumkin. Yaxshi ish beruvchi topsangiz va ishingizning ustasi bo‘lsangiz, albatta.

6. Masofadan foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutaxassis

Boshqacha qilib aytganda Call-markaz. Siz bu kasbda odamlar qo‘ng‘irog‘i va xabarlariga javob berasiz. Ushbu kasb uchun unchalik kuchli maxsus talablar yo‘q. Faqatgina uyda sifatli internet va insonlarga yordam berish istagi bo‘lsa kifoya. Bu kasbda katta maosh kutish biroz xato. Aksariyat kompaniyalar bu kasb egalariga yuqori maosh to‘lashni istamaydi. Bu ish bilan shug‘ullanib, oyiga 200-400 dollar topishingiz mumkin. Har doim ta’kidlaganimizdek, bu maoshlar ish beruvchiga ko‘ra farqlanishi mumkin. 

Agar siz shunchaki ekran oldida vaqt sarflashni xohlamasangiz, uni qanday qilib samarali sarflash haqida o‘ylang. Yuqoridagilar siz uchun eng yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin. Bularni mustaqil ravishda yoki qisqa muddatli kurslarda o‘zlashtirsa bo‘ladi. Faqat buning uchun sizda biroz mehnat va shijoat bo‘lsa yetarli.

Sarvinoz Omonova tayyorladi


Bu ham qiziq

Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6-iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatg…
10:00 / 05.06.2025
Qurbon hayiti kuni Toshkentda jamoat transportlari soat 03:00 dan harakatni boshlaydi

Qurbon hayiti kuni Toshkentda jamoat transportlari soat 03:00 dan harakatni boshlaydi

Ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish ma…
16:11 / 03.06.2025
Mirziyoyev Koreya Respublikasi yangi prezidentini tabrikladi

Mirziyoyev Koreya Respublikasi yangi prezidentini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonni ushbu lavozimga saylang…
12:43 / 04.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 11,5 yillik qamoqqa hukm qilindi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 11,5 yillik qamoqqa hukm qilindi

Atambayev noqonuniy boylik orttirish, yer uchastkalarini egallab olish va 2019-yil Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi ommaviy tartibsiz…
10:23 / 04.06.2025
5-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

5-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutl…
08:22 / 05.06.2025
O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodirjon Turg‘unov ushbu mamlakat Podshohi Abdull…
19:31 / 03.06.2025
Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobod tumanida 19 yoshli yigitning jasadi topildi. Bosh prokuratura tomonidan ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshi…
18:27 / 04.06.2025
Bugun O‘zbekiston MTJ Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin

Bugun O‘zbekiston MTJ Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin

Uchrashuv BAAda Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
10:39 / 05.06.2025
AQSh Rossiyaning Ukrainaga keskin javobini kutmoqda

AQSh Rossiyaning Ukrainaga keskin javobini kutmoqda

Bir necha kun avval Ukraina Rossiya harbiy aerodromlariga “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasini doirasida keng ko‘lamli hujumlar…
15:56 / 03.06.2025
O‘zbekistonda Amir Temur davriga oid noyob artefaktlar topildi

O‘zbekistonda Amir Temur davriga oid noyob artefaktlar topildi

Toshkentdan uzoq bo‘lmagan joyda, qadimiy Shahruxiya shahri hududida o‘zbek va turk arxeologlari Amir Temur davriga oid noyo…
18:14 / 04.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!