$
12760.21 UZS
54.42
160.08 UZS
0.88
14704.87 UZS
0.46
38° Kechasi 23°

Bo‘ka tumani hokimi o‘rinbosari o‘qituvchilarni kamsitgani uchun jarimaga tortildi

09:16 / 28.05.2020

Xalq ta’limi vazirligi Nazorat-huquqiy xizmati va Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi hamkorlikda Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Anvar Xonto‘rayevni xalq ta’limi muassasalari faoliyatiga asossiz aralashuvi, pedagog kadrlarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, mehnatga majburlash, ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilgani uchun 22,3 mln. so‘mga jarimaga tortdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Bo‘ka tumani hokimining o‘rinbosari tomonidan tumanda joylashgan ta’lim muassasalari rahbarlariga obodonlashtirish hamda tomorqa ishlari bo‘yicha xatlov o‘tkazish kabi topshiriqlar berilgan.

Xususan, A. Xonto‘rayev joriy yilning 19-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-sonli qaroriga zid ravishda tumandagi 12-umumta’lim maktabida 53 nafar ta’lim muassasasi rahbarlari va mahalla faollariga yig‘ilish o‘tkazib, 12-maktab direktori M.Xakimovaning o‘z vaqtida tomorqa bo‘yicha aholini xatlov qilmaganligi uchun uning kasbiy faoliyatiga asossiz aralashib, unga tazyiq o‘tkazib, barchani oldida izza qilib, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitib, huquqlarini poymol etib undan tuman hokimi nomiga tushuntirish xati va joriy yilning 20-aprel kunidan ishdan bo‘shash to‘g‘risida arizasini olgan.

Bundan tashqari, 2020-yil 6–7-may kunlari hokim o‘rinbosari A.Xonto‘rayev tumanda faoliyat yuritayotgan 15, 16, 18, 24, 50-umumta’lim maktab direktorlariga tazyiq o‘tkazib, tuman markazidagi “Yoshlar maydoni”ga direktorlar va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarini, ya’ni 25 kishini maydonda o‘sgan o‘tlarni o‘rish kabi majburiy mehnatga jalb qilgan.


Bu ham qiziq

Mahmud Muradovning kamar uchun jangi to‘liq davom etdi

Mahmud Muradovning kamar uchun jangi to‘liq davom etdi

Chexiyaning Praga shahrida MMA bo‘yicha Oktagon 72 turniri tashkil etildi.
09:40 / 15.06.2025
Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Holat bo‘yicha Bekobod shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
14:20 / 15.06.2025
Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Kecha, ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar faqat o‘zining propiskadan o‘tgan hududidagina taksichilik qilishi mumkinligi haqid…
17:41 / 13.06.2025
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘r…
09:45 / 13.06.2025
Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi bugunning o‘zida tugatiladi

Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi bugunning o‘zida tugatiladi

Endilikda, ijro intizomiga Hisob palatasi mas’ul bo‘ladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.
11:06 / 16.06.2025
“Issiq kunlarda gazda shuncha muammo bo‘lsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi?” – Mirziyoyev

“Issiq kunlarda gazda shuncha muammo bo‘lsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi?” – Mirziyoyev

Prezident suyultirilgan gaz yetkazishdagi muammolar haqida gapirdi.
10:37 / 16.06.2025
Uta Abe Diyora Keldiyorovadan revansh olish niyatida ekanligini aytdi

Uta Abe Diyora Keldiyorovadan revansh olish niyatida ekanligini aytdi

Dzyudochi bu haqda Vengriyada beshinchi bor Jahon chempioni bo‘lgandan so‘ng ma’lum qildi.
14:19 / 16.06.2025
Eron Isroilga “Haqiqiy va’da” operatsiyasi doirasida hujumlar uyushtirdi

Eron Isroilga “Haqiqiy va’da” operatsiyasi doirasida hujumlar uyushtirdi

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 1-iyunga o‘tar kechasi Eron Isroilga 100 dan ziyod raketalar uchirgan.
10:50 / 16.06.2025
O‘zbekistonda jinsni o‘zgartirishga ruxsat berildimi?

O‘zbekistonda jinsni o‘zgartirishga ruxsat berildimi?

Adliya vazirligi mazkur xabarlar va qaror yuzasidan tushuntirish berdi.
17:57 / 16.06.2025
Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

Erondagi xorijiy diplomatlar, ularning oila a’zolari va boshqa fuqarolar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi. Bu haqda T…
09:28 / 16.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!