Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil oynalarini qoraytirishga bo‘lgan qiziqish va bu boradagi bahs-munozalar yakuniga yetgani yo‘q. Shuning uchun ushbu mavzuga oid bir nechta savollarga Ichki ishlar bosh boshqarmasi javob hamda yangiliklar haqida xabar berdi.
Avvalroq, Toshkent shahar IIBB to‘rtta banklar rahbariyati bilan haydovchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida, oynalarni qoraytirish uchun ruxsatni nafaqat YHXB bo‘linmalarida, balki 39 ta tuman bank bo‘linmalarida ham olish imkoniyatini tashkillashtirilgan edi. Natijada navbatlar va boshqa turli xil noqulayliklarning oldi olindi.
4-sentyabr kunidan boshlab banklarda avtomobil oynalarini qoraytirish uchun ruxsat olish imkoniyati bo‘lmaydi, chunki qo‘shimcha joylarga ehtiyoj qolmadi (xohlovchilar soni kamaydi). 4-sentyabr kunidan haydovchilar ruxsatni faqat YHXBning yettita bo‘linmalarida olishlari mumkin.
Ko‘zguli tus – mumkinmi?
Bugungi kunda mashhur savollardan biri: oynalarga ko‘zguli tusga ega qoplama yotqizish mumkinmi, mazmunidagi savoldir. Bu amaldagi qonunchilik tomonidan taqiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.07.2012-yildagi “Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 191-son Qaroriga muvofiq, ko‘zguli tusga ega bo‘lgan oynalardan foydalanish mumkin emas. Shuningdek, tusi o‘zgartirilgan yon oynalar oq, sariq, qizil, yashil va moviy ranglarni idrok etishni buzmasliklari zarur.
Emblema (gologramma)ning nima keragi bor?
YHXB YPX xodimi uchun oynada emblema borligi haydovchida ruxsat borligini anglatadi, demakki aynan ushbu hujjatni tekshirish uchun avtomobilni to‘xtatish zaruriyati o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. To‘xtatilgan taqdirda esa ruxsatni tekshirish juda kam vaqtni oladi, chunki emblemaning o‘zi ko‘rinib turibdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!