$
12715.13 UZS
-45.08
161.75 UZS
1.67
14730.48 UZS
25.61
39° Kechasi 24°

2019 yilning 1-choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 818 million dollar pul o‘tkazildi

17:59 / 17.06.2019

2019 yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan 818 million dollar pul jo‘natilgan. Rossiya Markaziy banki tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, shundan 340 million dollari (42 foizi) Rossiya fuqarolari tomonidan yuborilgan.

Taqqoslash uchun, 2018 yilning birinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan 726 million dollar yuborilgan (shundan 27 foizi Rossiya fuqarolari tomonidan) edi.

Idora ma'lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida Rossiyadan O‘zbekistonga jo‘natilgan pul miqdori o‘rtacha 349 dollarni tashkil qilgan.

2019 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga pul o‘tkazish hajmi sezilarli pasaygan — bu yil O‘zbekistondan Rossiyaga faqat 75 million o‘tkazilgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning dastlabki uch oyida O‘zbekistondan Rossiyaga 103 million yuborilgandi.

O‘zbekiston Rossiyadan pul o‘tkazmalari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan. Birinchi o‘rinda Shveytsariya qayd etilgan — 1,3 milliard dollar. Bundan tashqari, yilning birinchi choragida Rossiyadan Tojikistonga 462 million dollar, Qirg‘izistonga – 453 million dollar, Armanistonga – 194 million dollar, Qozog‘istonga esa 137 million dollar pul o‘tkazilgan.

Ma'lumot uchun, 2018 yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyadan O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan salkam 4 milliard dollar o‘tkazilgan edi.


Bu ham qiziq

Musulmonlar idorasi: “Diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish joiz emas”

Musulmonlar idorasi: “Diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish joiz emas”

Bu haqda Musulmonlar idorasi ma’lum qildi.
15:05 / 15.06.2025
Ertaga havo harorati 42 darajagacha isiydi

Ertaga havo harorati 42 darajagacha isiydi

“O‘zgidromet” 15-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
10:26 / 14.06.2025
Eronning so‘nggi hujumlaridan keyin Isroilda qurbonlar 10 nafarga yetgan

Eronning so‘nggi hujumlaridan keyin Isroilda qurbonlar 10 nafarga yetgan

AFP ma’lumotida halok bo‘lganlar orasida o‘n yoshli bola ham bo‘lgani keltirilgan. Times of  Israel esa vayronalar orasida 8…
16:03 / 15.06.2025
Uta Abe Diyora Keldiyorovadan revansh olish niyatida ekanligini aytdi

Uta Abe Diyora Keldiyorovadan revansh olish niyatida ekanligini aytdi

Dzyudochi bu haqda Vengriyada beshinchi bor Jahon chempioni bo‘lgandan so‘ng ma’lum qildi.
14:19 / 16.06.2025
Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

Erondagi xorijiy diplomatlar, ularning oila a’zolari va boshqa fuqarolar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi. Bu haqda T…
09:28 / 16.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi

Agentlik ma’lumot berishicha, 2024-yil yakunlariga ko‘ra Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,1…
11:29 / 17.06.2025
Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston rahbari Xitoy Raisi bilan ham muzokara o‘tkazadi.
09:33 / 17.06.2025
Mirziyoyev: “Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib boryapti”

Mirziyoyev: “Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib boryapti”

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
10:02 / 16.06.2025
Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Vengriya poytaxti Budapeshtda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
17:58 / 15.06.2025
16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
14:58 / 15.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!