$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
38° Kechasi 25°

Gul o‘stirolmagan bola

20:50 / 18.04.2020

Qadim zamonlarda bir mamlakatda donishmand bir qirol hukmronlik qilgan ekan. Uning farzandi yo‘q ekan. Kunlardan bir kuni qirol: “Mamlakatdagi eng vijdonli bolani topib, uni o‘zimga o‘g‘il qilib olsam”, deb o‘ylabdi va mamlakatdagi barcha bolalarga gul urug‘i ulashishni buyuribdi.
“Kimki shu urug‘dan eng chiroyli gul yetishtirsa shu mening o‘g‘lim yoki qizim bo‘ladi”, - deb e’lon qilibdi.
Hamma bolalar urug‘ni ekib, parvarish qila boshlashibdi.
Rustambek degan bola ham urug‘ni ekib, rosa parvarish qilibdi. Lekin bir oy o‘tsa hamki, gultuvakka ekilgan urug‘ qilt etmasmish.
“Bu qanaqasi bo‘ldi?” ̶ debdi hayron bo‘lib Rustambek, u axiri onasidan so‘rabdi.
– Nega men ekkan urug‘ unib chiqmayapti?
Onasi ham shundan tashvishlanib yurgan ekan:
– Tuprog‘ini yangilab ko‘r-chi, – debdi.
Rustambek gultuvakdagi tuproqni almashtiribdi. Bu safar ham urug‘ ko‘karmabdi.
Qirol gullarni ko‘radigan kun yetib kelibdi. Hamma bolalar yasanib-tusanib, tuvakda o‘zlari o‘stirgan gullarni ko‘tarib yo‘lga chiqishibdi. Ularning hammasi valiahd bo‘lish orzusida ekan. Negadir qirol gullarga qarab hamma bolalarning oldidan o‘tib ketaveribdi. Uning chehrasida shodlikning uchquni ham ko‘rinmabdi.
U bir uyning oldida bo‘sh tuvak ko‘tarib yig‘lab turgan Rustambekni ko‘rib qolibdi.
– Nima uchun sen bo‘sh tuvak ushlab turibsan? – deb so‘rabdi.
Rustambek piq-piq yig‘lab, kunlardan bir kuni birovning bog‘idan egasiga bildirmasdan olma uzganini, shuning uchun bo‘lsa kerak, qancha urinsa ham urug‘ni undira olmaganini gapirib beribdi.
Bu gapni eshitib qirol Rustambekni ko‘rsatib:
– Mana mening pok vijdonli o‘g‘lim,- debdi.
Odamlar orasida g‘avur-g‘uvur boshlanibdi:
– Qirol nima uchun gultuvagi bo‘sh bolani o‘g‘il qilib oldi?
Shunda qirol tushintirib beribdi:
– Ey xaloyiq, men bolalarga ulashgan gul urug‘i qaynatilgan edi.
Shundan keyingina odamlar qirolning fikrini maqullashibdi. Rang barang gullar ko‘tarib turgan bolalarning yuzlari uyalganlaridan qip-qizarib ketibdi. Chunki ularning hammasi boshqa gul urug‘i topib ekkan ekanlar-da.


Bu ham qiziq

Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi

Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi

Ro‘ziboyevga kim raqiblik qilishi hozircha aniq emas.
09:37 / 04.06.2025
Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobod tumanida 19 yoshli yigitning jasadi topildi. Bosh prokuratura tomonidan ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshi…
18:27 / 04.06.2025
O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodirjon Turg‘unov ushbu mamlakat Podshohi Abdull…
19:31 / 03.06.2025
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 2025-yil 6–8-iyun kunlari aholining dam olish vaqtini maroqli tashkil etish hamda ich…
12:11 / 04.06.2025
Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:47 / 03.06.2025
O‘zbekistonda 2030-yilgacha 1,5 mln gektarda o‘rmonlar barpo etiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha 1,5 mln gektarda o‘rmonlar barpo etiladi

“O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirla…
14:04 / 03.06.2025
Tramp AQShga kirishga 12 ta davlat fuqarolari uchun taqiq joriy etdi

Tramp AQShga kirishga 12 ta davlat fuqarolari uchun taqiq joriy etdi

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi 12 ta davlat fuqarolarining AQShga kirishini t…
08:49 / 05.06.2025
Janubiy Koreyaga yangi prezident saylandi

Janubiy Koreyaga yangi prezident saylandi

Saylovlarda birlashgan demokratik partiyadan nomzod Li Chje Myon g‘alaba qozondi.
08:16 / 04.06.2025
Japarov Almazbek Atambayevni afv etishga tayyorligini aytdi

Japarov Almazbek Atambayevni afv etishga tayyorligini aytdi

U bu haqda “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
15:38 / 04.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!