$
12653.48 UZS
-109.05
159.75 UZS
-2.91
14871.64 UZS
-106.47
38° Kechasi 25°

Kitoblar qanday ruhiy muammolardan davolaydi?

09:25 / 09.01.2020

Kitoblarning davolashda ishlatilishi haqida eshitganmisiz? Psixologlar oʻz mijozlariga kitoblar tavsiya qilishi, kitob orqali patsient oʻz muammosidan chiqish yoʻlini topa olishi mumkin.

Masalan, psixolog sizning muammongiz bilan tanishgach, aynan shu yoki shunga oʻxshash muammoga duch kelgan odam haqidagi badiiy kitob (biografiya yoki avtobiografik asar boʻlishi ham mumkin)ni tavsiya qiladi. Kitobni oʻqib, qahramon bilan maʼlum bir yoʻllarni bosib oʻtar ekansiz, sizga insaytlar (avval maʼlum boʻlmagan yechimni toʻsatdan anglash) keladi.

Psixolog sizga istalgan janrdagi, mazmundagi kitoblarni tavsiya qilishi mumkin. Ularning har biri oʻziga xos holatlarga moʻljallangan.  

Masalan:

• Detektiv va sarguzasht kitoblar real vaziyatdan chalgʻishga yordam beradi.

• Ilmiy-fantastik adabiyot faollikka chorlaydi va tasavvurni kuchaytiradi.

• Tarixiy asarlar hayotdagi maqsadni aniqlashtirishga yordam beradi.

• Diniy, axloqiy kitoblar insonparvarlik, sabrni tarbiyalaydi.

• Hayvonlar haqidagi kitoblar tinchlantiradi.

• Sanʼat haqidagi kitoblar hayrat hissini beradi.

• Yumor va satira janridagi asarlar ijobiy kayfiyat ulashadi va psixologik himoyaga oʻrgatadi.

• Ilmiy kitoblar oʻz muammosi haqida yaxshiroq axborot olishga xizmat qiladi.

• Aforizmlar toʻplami fikrlarni tartiblaydi va tiniqlashtiradi.

• Badiiy adabiyot (klassika) esa har tomonlama taʼsir qila oladi.

Kitob nafaqat bilim va dunyoqarashni oshirishda, balki ruhiyatimizga muvozanat berishda ham foydali ekanini anglagandirsiz?

Sarvinoz Omonova tayyorladi


Bu ham qiziq

Shota Rustaveli va Bobur ko‘chalari chorrahasida transport harakati cheklanadi

Shota Rustaveli va Bobur ko‘chalari chorrahasida transport harakati cheklanadi

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz” – deyiladi hokimlik bayonotida
20:28 / 25.07.2025
Rossiya va Ukraina 250 nafardan asirlar almashinuvini amalga oshirdi

Rossiya va Ukraina 250 nafardan asirlar almashinuvini amalga oshirdi

Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Telegram sahifasida xabar berdi.
17:26 / 24.07.2025
Endi o‘zbekistonliklar BAAda mashina hayday oladi

Endi o‘zbekistonliklar BAAda mashina hayday oladi

Avvalroq O‘zbekiston va BAA o‘rtasida vizasiz tartib o‘z kuchida ekani haqida xabar berilgandi.
10:12 / 25.07.2025
AQSh Ukrainaga 322 million dollarlik qurol sotadi

AQSh Ukrainaga 322 million dollarlik qurol sotadi

Ukraina Qo‘shma Shtatlardan 322 million dollarlik qurol-yarog‘ sotib oladi.
15:38 / 25.07.2025
O‘zbekistonlik shifokorlar Buyuk Britaniyaning tibbiyot sohasida ishga jalb etilishi mumkin

O‘zbekistonlik shifokorlar Buyuk Britaniyaning tibbiyot sohasida ishga jalb etilishi mumkin

Uels elchixonasi bilan bo‘lgan uchrashuvda ana shunday kelishuvga erishilganligi aytilmoqda
21:31 / 24.07.2025
Qabul-2025. So‘nggi 10-kun natijalari e’lon qilindi

Qabul-2025. So‘nggi 10-kun natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar natijalarni bir necha usulda bilishlari mumkin
20:38 / 24.07.2025
Dam olish kuni havo salqinlashadi

Dam olish kuni havo salqinlashadi

“O‘zgidromet”ning ma’lum qilishicha, yakshanba kuni havo sezilarli darajada salqinlashadi.
11:38 / 25.07.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri ta’mirlash uchun yopiladi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri ta’mirlash uchun yopiladi

Noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan
21:08 / 24.07.2025
Bahodir Jalolovning jangi bekor qilindi

Bahodir Jalolovning jangi bekor qilindi

Bahodir Jalolov professional faoliyati davomida 15 ta jang o‘tkazib, birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan.
17:03 / 24.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!