“O‘zgidromet”ning ma’lum qilishicha, yakshanba kuni havo sezilarli darajada salqinlashadi.
Issiq biroz pasayishiga qaramay, bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha kunduz kunlari +38...+40 daraja atrofida, respublika janubida +41...+43 darajagacha bo‘lgan nisbatan yuqori havo harorati saqlanib turadi.
Yakshanba kuni havo sezilarli darajada salqinlashadi, harorat +34...+37 darajagacha, janubda +38...+39 darajagacha pasayishi ma’lum qilindi.
O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.
Harorat kunduz kunlari 25–26-iyulda +38...+40 daraja, 27-iyulda +35...+37 daraja, kechalari esa asosan +22...+25 daraja bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!