$
12777.52 UZS
-54.29
161.54 UZS
-2.21
14590.65 UZS
-15.8
32° Kechasi 20°

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri borasida shoshib bo‘lmaydi” – Akmal Saidov

20:51 / 04.11.2019

Bugun, 4 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Qonun ustuvorligi va din” mavzusida xalqaro seminar ish boshladi. Tadbirda turli davlatlardan vakillar ishtirok etishdi.

Seminarning ochilish marosimida minbarga chiqqan O‘zbekiston Inson huquqlari milliy markazi rahbari Akmal Saidov BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e'tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Ahmed Shahid tomonidan berilgan 52ta tavsiyaning 51tasi bajarilgani haqida ma'lum qildi.

“Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda 16 yo‘nalishda 2 mingdan ortiq diniy tashkilotlar faoliyat yurityapti. BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e'tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmed Shahid O‘zbekistonga tashrif buyurganida istagan joyga borishi, o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi uchun yetarlicha sharoit yaratib berdik. Hatto ko‘pchilik yomonlagan “Jasliq” koloniyasini ham shaxsan kirib ko‘rdi. Xabaringiz bor, Prezident tashabbusi bilan bu qamoqxona hozir yopilgan.

Ahmed Shahid janoblari bizdagi holatni o‘rganib bergan 52 tavsiyasining 51tasini bajardik. Faqat bittasi qoldi. Bu ham bo‘lsa “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri. Ammo bu borada shoshib bo‘lmaydi, chunki bu qonun, xato qilishga haqqimiz yo‘q. Tavsiyalarni bajarganimizdan keyin Janob Shahidni yana chaqirdik. Vaqti bo‘lishi bilan kelib o‘z ko‘zi bilan ko‘rib ketadi” – deya Akmal Saidovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.


Bu ham qiziq

Tramp va Mask o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

Tramp va Mask o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

Mask X platformasida prezident Donald Trampning nomi moliyachi Jeffri Epshteyn ishiga doir hujjatlarda qayd etilgani sababli…
12:08 / 06.06.2025
Jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekiston MTJ a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

Jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekiston MTJ a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

Futbol bo‘yicha JCh–2026 turniri 11-iyunda 19-iyulga qadar AQSh, Meksika va Kanada yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
15:07 / 06.06.2025
Rossiya Ukrainaga yirik havo hujumi uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga yirik havo hujumi uyushtirdi

Ayrim rossiyalik OAVlar, masalan, “Argumenty i fakty” nashri bu keng ko‘lamli hujumni “qasos” deb atadi.
14:23 / 06.06.2025
Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev 9–…
17:20 / 08.06.2025
Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Ilon Mask AQShda yangi siyosiy partiya tashkil etish niyatida ekanligini ma’lum qildi

Ushbu partiya “Amerika partiyasi” deb nomlanishi mumkin.
17:29 / 08.06.2025
Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Muzokaralar yakunida istiqbolli loyihalarni tizimli ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
17:48 / 07.06.2025
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda botanika bog‘lari barpo etiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda botanika bog‘lari barpo etiladi

Prezident farmoniga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda botanika yoki dendrologiya bog‘lari barpo etiladi.
14:32 / 08.06.2025
“Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqalari tashkil etiladi

“Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” musobaqalari tashkil etiladi

Shu maqsadda, mazkur loyiha tizimida “Talabalar kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionati o‘tkazilishi e’lon qilin…
19:41 / 08.06.2025
10-iyun “Bunyodkor” stadioni atrofidagi ko‘chalarda avtomobil harakati chekla

10-iyun “Bunyodkor” stadioni atrofidagi ko‘chalarda avtomobil harakati chekla

Shu kuni JCh-2026 saralash doirasida O‘zbekiston va Qatarni qabul qiladi.
20:29 / 08.06.2025
Eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi

Eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi

Toshkent viloyati Parkent tumanida eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi.
10:25 / 07.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!