$
12760.21 UZS
54.42
160.08 UZS
0.88
14704.87 UZS
0.46
38° Kechasi 23°

DXX akademiyasiga kimlar qabul qilinishi haqida ma’lumot berildi

18:11 / 28.04.2021

Joriy yil 27-apreldagi Hukumat qarori bilan Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomga muvofiq, Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi tayanch oliy harbiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanib, Davlat xavfsizlik xizmati va Prezident davlat xavfsizlik xizmati faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ofiser kadrlarni tayyorlaydi.

Akademiyaga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga Qurolli kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bo‘lgan erkaklar – O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.

O‘qishga nomzodlar quyidagi bosqichlarda tanlovlardan o‘tadi:
–  dastlabki saralab olish;
–  maxsus kasbiy tanlash;
–  test sinovlari.

Sport ustasi unvoni yoki sport ustasiga nomzodlik to‘g‘risidagi tegishli hujjatni taqdim etgan nomzodlar jismoniy tayyorgarlik sinovlaridan ozod etiladi.

Test sinovlarini o‘tkazish tartibi va muddati Davlat test markazi tomonidan Akademiya bilan kelishilgan holda belgilanadi.

 Test sinovlarining natijalari sinov yakunlangandan keyin 5 kun ichida Akademiyaga taqdim etiladi va DXXning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Akademiyaga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilingan nomzodlarga kursant maqomi beriladi.


Bu ham qiziq

DXX Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakatini fosh qildi

DXX Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakatini fosh qildi

Ular 360 mln so‘mlik soliq qarzdorligi sabab MChJga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni va’da qilgan.
09:56 / 16.06.2025
15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

15-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 15-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
17:47 / 14.06.2025
Musulmonlar idorasi: “Diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish joiz emas”

Musulmonlar idorasi: “Diniy savollarga ChatGPT orqali javob olish joiz emas”

Bu haqda Musulmonlar idorasi ma’lum qildi.
15:05 / 15.06.2025
16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

16-iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 44 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulut…
14:58 / 15.06.2025
Isroilning keyingi nishoni Oyatulloh Ali Xomanaiy bo‘lishi mumkin

Isroilning keyingi nishoni Oyatulloh Ali Xomanaiy bo‘lishi mumkin

The Wall Street Journal bu haqda isroillik manbalariga tayanib xabar bermoqda.
12:41 / 15.06.2025
Mirziyoyev: “Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib boryapti”

Mirziyoyev: “Tinchlik, adolat va inson qadrini ulug‘lashga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham oshib boryapti”

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
10:02 / 16.06.2025
“Sionistik tuzum og‘ir jazo kutishini bilsin” – Xomanaiy

“Sionistik tuzum og‘ir jazo kutishini bilsin” – Xomanaiy

Eron oliy rahnomasi Oyatulloh Ali Xomanaiy X tarmog‘ida yahudiylarga murojaat qildi.
11:16 / 13.06.2025
Mahmud Muradovning kamar uchun jangi to‘liq davom etdi

Mahmud Muradovning kamar uchun jangi to‘liq davom etdi

Chexiyaning Praga shahrida MMA bo‘yicha Oktagon 72 turniri tashkil etildi.
09:40 / 15.06.2025
Ertaga havo harorati 42 darajagacha isiydi

Ertaga havo harorati 42 darajagacha isiydi

“O‘zgidromet” 15-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
10:26 / 14.06.2025
Eronning so‘nggi hujumlaridan keyin Isroilda qurbonlar 10 nafarga yetgan

Eronning so‘nggi hujumlaridan keyin Isroilda qurbonlar 10 nafarga yetgan

AFP ma’lumotida halok bo‘lganlar orasida o‘n yoshli bola ham bo‘lgani keltirilgan. Times of  Israel esa vayronalar orasida 8…
16:03 / 15.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!