Eng mashhur boshqotirma-o‘yinchoqlardan biri bo‘lgan “kubik-rubik” 1974-yil vengriyalik haykaltarosh va arxitektura o‘qituvchisi Ernyo Rubik tomonidan ixtiro qilingan. Bu boshqotirma ixtirochini millioner qildi. Quyida ushbu ixtiro haqida qiziqarli faktlarni keltirib o‘tamiz.
1. Ko‘pchilik boshqotirmani “kubik-rubik”, deb ataydi. Bu noto‘g‘ri nom. Aslida bu o‘yinchoq Rubik kubigi, deyiladi.
2. Rubik kubigi o‘yinchoqlar sotuvida yetakchi hisoblanadi. Shu kungacha 350 million dona Rubik kubigi sotilgan ekan.
3. Rubik kubi 1980 va 1981-yillarda “Yil o‘yinchog‘i”, deb topilgan.
4. Rubik kubigini yig‘ish uchun 22 ta harakatning o‘zi yetarli ekanligini matematik Tomas Rokiskiy isbotlagan.
5. Daniyalik jumboqlar ixtirochisi Oskar Van Deventer standart (3x3x3) rubik kubidan ancha farq qiluvchi eng katta (17x17x17) kubigini yasagan.
7. Boshqotirmadagi har qanday kombinatsiya 20 yoki undan kam harakat bilan yechiladi.
8. 1982-yil Budapeshtdagi birinchi jahon chempionatida Los-Anjelesda yashovchi 16 yoshli maktab o‘quvchisi g‘olib bo‘lgan. U kubni 22,95 soniyada yig‘ib g‘olib bo‘lgan ekan.
9. Mutaxassislar ushbu boshqotirmani 24-28 yurishda yecha olishadi.
10. Rubik kubi finlandiyalik Annsi Vanxala tomonidan 36,72 soniyada oyoqda yig‘ilgan ekan.
11. Rubik kubini tez yig‘ishga qiziqadiganlar spidkuber (speedcuber)lar deyiladi.
12. 3 metr o‘lcham, 500 kg. og‘irlikdagi eng katta Rubik kubi AQShning Tennesi shtatida joylashgan.
13. Eng kichkina 10 millimetrlik Rubik kubi rossiyalik dasturchi Yevgeniy Grigoryev tomonidan yasalgan.
14. “Kubik-shedevr” deb nomlangan kubik 1995-yilda Diamond Cutters International tomonidan yasalgan bo‘lib, eng qimmat boshqotirma-o‘yinchoq hisoblanadi. Ushbu Rubik kubi 22,5 karat safsar, 34 karat yoqut, 34 karat zumrad va 18 karat oltindan iborat bo‘lib, 1,5 million dollarga baholangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!