O‘zbekiston aholisining o‘simlik moyiga bo‘lgan yillik ehtiyoji 483 ming tonnani tashkil etadi. Bu haqda “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, mazkur miqdorning 251 ming tonnasini mahalliy xom ashyo, 45 ming tonnasini import xom ashyosi hisobiga ishlab chiqarilgan o‘simlik moyi hisobiga qoplanadi. Shuningdek yiliga o‘rtacha 187 ming tonna import qilingan tayyor o‘simlik moyi aholi iste’moli uchun yo‘naltiriladi.
Respublikada iste’mol qilinayotgan o‘simlik moyining 230 ming tonnasini kungaboqar moyi, 203 ming tonnasini paxta moyi, 48 ming tonnasini zig‘ir, palma, maxsar, zaytun va boshqa moylar tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, mamlakatda 500 dan ortiq yirik va kichik yog‘-moy korxonasi mavjud bo‘lib, shundan 300 tasi sanoat korxonasi, 200dan ortig‘i kichik korxona hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!