$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
30° Kechasi 20°

Ingliz tilida gaplashish uchun suhbatdosh qidiryapsizmi? Foydali 5 sayt bilan tanishing

09:36 / 04.05.2020

Ingliz tilini ma’lum darajada bilasiz va sizga ingliz tilida gapiradigan suhbatdosh kerakmi? Quyida ingliz tilli suhbatdoshlar topishingiz va shu orqali so‘zlashuv ko‘nikmangizni rivojlantirishingiz mumkin bo‘lgan saytlarni tavsiya qilamiz.

1. Speaky.com

Bu saytdan telefon orqali ham, kompyuter orqali ham foydalanishingiz mumkin. Boshida barcha dastur va saytlarda bo‘lgani kabi ro‘yxatdan o‘tasiz. Facebook sahifangiz orqali osonlik bilan ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Xavotirga o‘rin yo‘q, dasturda faqat Facebook sahifangizdagi rasmingiz ko‘rinadi, xolos. Agar Facebook sahifangizni ko‘rsatishni istamasangiz o‘zingiz yangidan ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Bunda sayt sizga ona tilingiz, qaysi tillarni bilishingiz va qaysi tilni o‘rganishni istashingizni so‘raydi. Saytning o‘ziga xosliklaridan biri – ingliz tilini o‘rganishni tanlasangiz, sizga ona tili inglizcha va siz bilgan tillarni o‘rganishni istagan insonlar bilan do‘stlashishni tavsiya qiladi. Shu tariqa qarshingizdagi insonga ham til o‘rgatasiz va shu bilan birga undan til o‘rganasiz. Sizdan ugina, bizdan bugina deganidek. Bu saytning Play Market’da ham ilovalari mavjud.

2. HelloTalk.com

Bu sayt ham speaky kabi ishlaydi, lekin biroz farqli tomonlari bor. Qaydlar degan ajoyib bo‘limi bor. Siz unda o‘rgangan narsalaringiz va eslatmalaringizni qayd qilib qo‘yishingiz mumkin. Yana bir farqli tomoni, aytaylik, suhbatdoshingiz bilan ingliz tilida yozishmoqdasiz va gapda qaysidir so‘zni xato yozganingizda suhbatdoshingiz sizni xatoyingizni tuzatishi mumkin va tuzatilgan so‘z sizga osti chizilgan holda ko‘rinib turadi. Ushbu saytning ham ilovasi mavjud.

3. Interpals.net

Bu saytda yuqoridagilaridan farqli ravishda suhbatdoshni o‘zingiz tanlaysiz: faqat erkak yoki ayol, yosh chegaralari, faqat onlayn turganlar kabi tanlovlarni amalga oshirishingiz mumkin. 

4. Imvu.com

Bu sayt boshida sizga bir o‘yin saytidek tuyulishi mumkin. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda rasmlari va shaxsiy ma’lumotlarini ulashishni xush ko‘rmaydiganlar uchun juda qulay sayt. Saytda ro‘yxatdan o‘tayotganingizda biror istalgan ism o‘ylab yozishingiz va rasm yuklash bo‘limida 3D tarzda o‘zingiz biror qiyofa yaratishingiz mumkin. Bu saytdan kompyuter orqali foydalanish tavsiya etiladi. Chunki mobil versiyasida kompyuter versiyasidagi kabi imkoniyatlaridan foydalanolmaysiz. Saytda xonalar bo‘limi mavjud. Qaysi tilda suhbatlashishni istasangiz, shu tilda suhbatlar bo‘layotgan xonani tanlaysiz. Va shu bilan birga, xonadagi suhbatdoshlar sonini ham istakga ko‘ra belgilashingiz mumkin.

5. Hellolingo.com

Bu saytning ishlash tizimi yuqoridagilariga o‘xshash. Va katta farqi ham bor: bu sayt sizdan ro‘yxatdan o‘tish davomida hech qanaqa rasm yuklashingizni so‘ramaydi. Shaxsiy ma‘lumotlar kiritish kabi shartlari ham yo‘q. Qolgan qismlari yuqorida ta’riflari berib o‘tilgan saytlar kabi: istagan tildagi bir xona tanlaysiz, guruh bo‘lib suhbatlashasiz va xohlasangiz birortasi bilan shaxsiy yozishmalar amalga oshirishingiz ham mumkin.

Yuqorida tavsiya etilgan saytlardan diqqat bilan foydalansangiz, albatta, foydasi tegadi. Faqat shaxsiy ma’lumotlarni kiritishda biroz diqqatli bo‘lish zarar qilmaydi.


Bu ham qiziq

Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6-iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatg…
10:00 / 05.06.2025
Ukrainalik bolalar dam olish uchun Toshkentga keldi

Ukrainalik bolalar dam olish uchun Toshkentga keldi

Bolalar Ukrainaning jangovar harakatlardan aziyat chekayotgan turli viloyatlaridan, xususan, Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zapo…
17:38 / 06.06.2025
Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Shu munosabat bilan bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
14:17 / 05.06.2025
Rim papasi Putinni Ukrainada tinchlikka chaqirdi

Rim papasi Putinni Ukrainada tinchlikka chaqirdi

Vatikan 4-iyun kuni Rim papasi Lev XIV va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tganini…
13:07 / 05.06.2025
Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega

Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega

Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega
11:19 / 07.06.2025
Rossiya Ukrainaga yirik havo hujumi uyushtirdi

Rossiya Ukrainaga yirik havo hujumi uyushtirdi

Ayrim rossiyalik OAVlar, masalan, “Argumenty i fakty” nashri bu keng ko‘lamli hujumni “qasos” deb atadi.
14:23 / 06.06.2025
6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
06:43 / 06.06.2025
Tramp va Mask o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

Tramp va Mask o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

Mask X platformasida prezident Donald Trampning nomi moliyachi Jeffri Epshteyn ishiga doir hujjatlarda qayd etilgani sababli…
12:08 / 06.06.2025
Bugun O‘zbekiston MTJ Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin

Bugun O‘zbekiston MTJ Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin

Uchrashuv BAAda Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
10:39 / 05.06.2025
7-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

7-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 7-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
20:15 / 06.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!