$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

2015 yilda pul yig‘ishingiz uchun 10ta maslahat

05:13 / 06.02.2015

Yangi yil uchun qilgan rejalaringiz ichida pul yig‘ish ham bormidi? Pul yig‘ishning yo‘llari haqida xabardor bo‘lishni istasangiz, ushbu 10ta maslahatga quloq tuting. Ular orqali siz topayotgan pullaringizni behuda ishlatib yubormaslik yo‘llarini o‘rganasiz. Xo‘sh, yil so‘ngida bir talay jamg‘armangiz bo‘lishi uchun nimalar qilishdan tiyilish kerak? 

• Yig‘may turib, sarflashga chek qo‘ying

O‘ylab ko‘rsangiz, ba'zi xarajatlarga ko‘p miqdorda pul sarflab yuborasiz. Taksi, kofe, oyoq kiyimlar va hokazo. Shunday paytda “sarfla va jamg‘ar” qoidasiga amal qiling. Yuqoridagi xarajatlar uchun pul ketkazar ekansiz, albatta, ma'lum miqdordagi parallel ravishda yig‘ib boring.

• Ishda tushlik sotib olishni to‘xtating

Ko‘pchilik vaqt tejash uchun o‘z ishlash joyida tushlik sotib oladi. Umumiy ovqatlanish maskanlari yoki supermarketlardan xarid qilingan ovqatlarni uyingizda tayyorlasangiz ancha arzonga tushasiz. “Uy ovqati” va “ko‘cha ovqati” o‘rtasidagi qiymat farqi bir yil ichida katta yig‘indini tashkil etadi. Har kuni uydan ovqat olib ketishga odatlanib, shaxsiy “budjet”ingizga foyda keltirishingiz mumkin.

• Har kuni qahva sotib olishdan tiyiling

Aksariyat odamlar o‘zining ish kunini kofesiz tasavvur qila olmaydi. Kofeinga bo‘lgan ehtiyojingizni qondirishda o‘z oshxonaningizga murojaat qiling. Do‘kon va taomgohlarda sotiladigan qahvalar o‘zingiz tayyorlaganingizdan qimmatroqqa tushadi. Sizga “arzimagan” bo‘lib tuyulgan pullar bir yil davomida qancha katta mablag‘ga aylanishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? 

Tetikligingizni ta'minlovchi ushbu mahsulot uchun qilayotgan xarajatlaringizni qisqartirish uchun qahvani uyda tayyorlab chiqing. Termos yoki termostakan sotib oling.

• Maoshingizni palapartish sarflashni bas qiling

Qiyinchiliklar tug‘dirsa ham ko‘p odamlarning har hafta ozgina miqdordagi pul to‘plashga qurbi yetadi. Har hafta besh-o‘n ming so‘m “bir chekkaga olib qo‘yilsa”, 2015 yil so‘ngiga qadar katta kapitalga aylanadi. Yil oxirida siz o‘zingizga qandaydir sovg‘a qilishingiz mumkin. 

Jamg‘armalaringiz turadigan banka yoki konvert uyingizda ko‘zingiz tushadigan joyda tursa, har hafta uni “boyitib” borishingiz kerakligi yodingizda turadi.

• Plastik kartangizdagi pulni keraksiz xarajatlar uchun sarflashga chek qo‘ying

Naqd pulsiz hisob-kitoblarda ko‘pchiligimiz yutqazamiz. Plastik kartangizdagi pul “naqd”ingizdan ko‘ra tezroq ishlatilishi rost-ku! Bunday bebaraka kartochlardan oqilona foydalanishni o‘rganish vaqti keldi. Naqd bo‘lmagan pulingizni supermarketlarda ishlatib yuorishdan tiyiling. Huddi pulmasdek tuyuladigan “elektron aqchalar” karmoningizga zarar keltirishiga yo‘l qo‘ymang.

• Do‘stlar bilan restoran va kafelarda diydorlashishni to‘xtating

Dunyo shodliklari yig‘ilsa butun, do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun! Lekin do‘stlar bilan “aylanish”, choyxona yoki gaplar cho‘ntagingizni bo‘shatib qo‘ysa, shodlik haqida gapirish befoyda. Choyxonachiga berilgan pul, ofitsiant choychaqasi, qimmat ovqatlar. Bulardan voz kechib, uyda yig‘ilsangiz-ku, hammasi boshqacha bo‘ladi. Do‘stlar bilan bir haftada bir marta yig‘ilib, yaxshi bir ovqat pishirib, kino yoki futbol ko‘rish mumkin. Ham qulay, ham arzon. Dasturxonlarni yig‘ishtirish va idishlarni yuvishga ozgina erinmasangiz, anchagina pulni tejaysiz.

• Xarajatlaringizni qayd qilmay yurishni bas qiling

Sizga kirim va chiqim daftari tutishni maslahat beramiz. Unda kunlik, haftalik va oylik qaydlarni olib borasiz. Muntazam ravishda qaydlar daftariga har bir xaridingiz va to‘lovingizni yozib borishingiz kerak bo‘ladi. Hafta so‘ngida dam olish kunlari ularga bir ko‘z yugurtirib chiqib, nimalarga ko‘proq yoki umuman behuda pul sarflaganingiz haqida bilib boring. 

• Ko‘chadan ovqatlanishdan tiyiling

Ba'zida hayron qolasan kishi. Salomatligimiz uchun zararli taomlarni iste'mol qilamiz-u, sog‘lom ovqatlarga nisbatan ko‘proq to‘laymiz. Bu paradoksning yechimi oddiy. Restoranlarda ovqatlanmaslik va ularga buyurtma bermaslik. Yarim tayyorlangan mahsulotlar va supermarketlardagi qovurilgan tovuqlar sizga faqat zarar keltiradi. Uyga yaxshigina bozorlik qilib qo‘yingda, o‘zingizga yoqqan taomlarni o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlang. Yil oxirida talay jamg‘armangiz bo‘lishini istasangiz, erinchoqlik qilmang.

• Taxmin qilishni to‘xtating, hisoblashga odatlaning

Ko‘pincha odamlar nima uchun pul yig‘ayotganini aniq bilmay turib, jamg‘arishni boshlaydilar. Mashina olmoqchimisiz, uyni kengaytirish niyatingiz bormi yoki o‘quv shartnoma to‘lovi uchun sizga pul kerakmi? Shuni oydinlashtirib oling. Aniq manzil ma'lum bo‘lsa, yo‘lda adashilmaydi. Sizga qancha pul kerakligini hisoblab chiqing. Keyin esa bu pulni qancha muddatda jamg‘ara olishingiz haqida o‘ylang. Bu odat sizga tejamkorlik va intizomni o‘rgatadi. Pul yig‘ish taxmin va tavakkallarga emas, aniq strategiyaga asoslangan bo‘lishi zarur. 

• Ertangi kuningiz haqida ertaga o‘ylashni to‘xtating

Pul yig‘aman degan odam rejali bo‘lishi kerak. Har kungi xarajat haqida o‘sha kuni emas, bir kun yoki bir necha kun oldin bosh qotiring. Masalan, har kuni avtobusda yurishingiz aniqmi, sizda oylik yo‘l chiptasi yoki plastik kartalarga sotib olinadigan jyetonlar shay tursin.

Maslahatlarni o‘qib chiqish yaxshi. Ularga amal qilish undan ham yaxshi. Ijtimoiy tarmoqlarda do‘stlar bilan bo‘lishish esa oliyjanoblikdir! Axir, do‘stlaringizning moliyaviy savodxonligiga o‘z hissangizni qo‘shsangiz, himmatli ish qilgan bo‘lasiz. Yil so‘ngida jamg‘argan pulingizni yaxshilikka ishlating.


Bu ham qiziq

Putin AQShdan sanksiyalar kutmoqda

Putin AQShdan sanksiyalar kutmoqda

Amerikaning The New York Times nashri yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampning Moskvag…
12:22 / 12.07.2025
13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20–23 daraja iliq, kunduzgi harorat esa 35–38 daraja bo‘ladi
23:13 / 12.07.2025
Toshkent va Farg‘onada OTMga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar ushlandi

Toshkent va Farg‘onada OTMga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar ushlandi

Hozirda mazkur o‘qituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:16 / 12.07.2025
Prezident profilaktika inspektorga muddatidan oldin kapitan unvonini berdi

Prezident profilaktika inspektorga muddatidan oldin kapitan unvonini berdi

Prezident bu borada mas’ullarga tegishli ko‘rsatma berdi
18:58 / 11.07.2025
Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Tennis. Karlos Alkaras Uimbldon finaliga yo‘l oldi

Londonda davom etayotgan tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining erkaklar o‘rtasidagi bahsl…
13:13 / 12.07.2025
Islom merosining bebaho xazinasi Londonda namoyish etildi

Islom merosining bebaho xazinasi Londonda namoyish etildi

Londonda muhim madaniy voqea bo‘lib o‘tdi
18:16 / 11.07.2025
Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Milliy matbuotda chop etilgan xabarlarga ko‘ra, Parij Bosh prokurori Laure Beccuau yozma bayonotida, Parij prokuraturasi X p…
10:57 / 12.07.2025
Chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarning avgust oyidan boshlab elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatiladi

Chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarning avgust oyidan boshlab elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatiladi

Ushbu tartib 2025-yil 30-iyungacha bo‘lgan qarzdorliklarga tatbiq etilmaydi.
20:34 / 11.07.2025
Taxtiqoracha dovoni orqali pulli tunnel qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolanadi

Taxtiqoracha dovoni orqali pulli tunnel qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolanadi

Tunnel qurilishidagi asosiy murakkabliklar geologik sharoit va tog‘lik hududda ish olib borish bilan bog‘liq.
18:01 / 12.07.2025
Finlandiyada sobiq Vagner harbiy tashkilotining askari hibsga olindi

Finlandiyada sobiq Vagner harbiy tashkilotining askari hibsga olindi

U mamlakatdan siyosiy boshpana so'ragan
20:57 / 12.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!