$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Chap ko‘krak sohasida og‘riq paydo bo‘lishi – bu yurak og‘ridi, degani emas!

18:48 / 14.12.2019

Yurak sohasida og‘riqning paydo bo‘lishi jiddiy muammo, albatta. Biroq og‘riqqa 90 foiz holatda yurak sababchi bo‘lmaydi.  
Bunga boshqa qator kasalliklar sabab bo‘lishi mumkin. Ulardan ayrimlari haqida to‘xtalib o‘tamiz. 
  
Qovurg‘alar oralig‘i nevralgiyasi
 
Bu kasallikni  yurak og‘irig‘i deb qabul qilishadi. Chunki u stenokardiya his qiladigan og‘riqqa juda o‘xshaydi. Ammo ularning farqi bor. Og‘riq harakatlanganda, yo‘talganda, kulganda, nafas olganda kuchayadi. 
 
Osteoxondroz
Ko‘krak osteoxondrozi (umurtqa pog‘onasi kasalligi)da go‘yo yurak og‘riyotgandek tuyuladi. Chunki orqa, qorin tepasi og‘riydi va nafas olib, chiqarganda kuchayadi.  Ikki kurak orasi va chap qo‘l muzlab qolganga o‘xshaydi. Stenokardiya (yurakning ma’lum bir qismida qon ta’minotining yetishmovchiligidan kelib chiqqan ko‘krak qafasidagi o‘tkir og‘riq)ga o‘xshash jihatlari ham bor. Biroq osteoxondrozda nitroglitserin yordam bermaydi.

Oshqozon kasalliklari  
Oshqozon devorlarining mushaklari spazmi ko‘krakka og‘riq beradi. Biroq u jig‘ildon qaynashi, chanqash va qayt qilish bilan farqlanadi.  
Pankreatit (oshqozon osti bezining yallig‘lanishi)ning o‘tkir shaklini, shubhasiz, yurak xurujiga yo‘yish mumkin. Chanqash va qayt qilish sababli infarkt bilan ham adashtirishadi. Garchi o‘t pufagi va jigar o‘ng tomonda joylashgan bo‘lsa-da,  og‘rig‘ini ko‘krakning chap tomoniga beradi. 
 Qizilo‘ngach churrasida ham shunday, og‘rig‘i stenokardiyaga o‘xshaydi.  

Markaziy asab tizimi 
Markaziy asab tizimi buzilishlaridagi og‘riqlar uzoq davom etadi va ko‘krak sohasida, chap tarafning pastki qismida kuchayadi. Farqi: odamning uyqusi buziladi, asabiylashib qoladi, qo‘rquv kuchayadi. Bunday vaziyatda tinchlantiruvchi dorilar yordam beradi.  
Agar ko‘krak sohasida og‘riq sezilsa, uni o‘z bilganicha davolash mumkin emas.


Bu ham qiziq

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026
Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026
2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taq…
15:13 / 03.04.2026
Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!