Yangi o‘quv yilidan barcha uchun ta’lim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, ya’ni joriy yilda 14 foiz stavkada ajratiladi.
Bu haqda kecha, 30-iyun kuni O‘zbekiston yoshlar va talabalar forumida aytib o‘tildi.
Forum doirasida Shavkat Mirziyoyev iqtidorli, lekin oliygohda kontrakt asosida o‘qish imkoniyati bo‘lmagan yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yaratilishi haqida ma’lum qildi.
– Bugungi kunda ota-onalar farzandini oliygohda o‘qitish uchun 22-28 foiz stavkada ta’lim kreditini 3 yil muddatga olmoqdalar.
Lekin bu hammaga, ayniqsa, uzoq va chekka joylarda yashaydigan oilalarga og‘irlik qilayotgani ham bor gap. Shuni hisobga olib, yangi o‘quv yilidan barcha uchun ta’lim krediti imtiyozli shartlarda 7 yil muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasida, ya’ni joriy yilda 14 foiz stavkada ajratiladi, – dedi Prezident.
Shuningdek, ta’lim kreditlarini qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar daromad solig‘idan ham ozod qilinishi, hamda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlariga oliygohdagi o‘qishning birinchi yili uchun, kontraktni byudjetdan to‘lab berish tartibi joriy etilishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!