$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
34° Kechasi 23°

Rossiyada migrantlar uchun talab yuqori bo‘lgan faoliyat turi ma'lum qilindi

13:48 / 02.09.2019

2019-yilning 30-avgust kuni Adliya vazirligi tomonidan “Qonunchilikdagi yangiliklar” nomli brifing va matbuot anjumani tashkil etildi. 

2019-yilning 30-avgust kuni Adliya vazirligi tomonidan “Qonunchilikdagi yangiliklar” nomli brifing va matbuot anjumani tashkil etildi. Dastlab soha mutaxassislari ishtirokida 2019-yil 20-avgustda qabul qilingan “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a'zolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni hamda 2019-yil 23-avgustda qabul qilingan “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi.

Farmonga ko‘ra:

uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020-yilda ko‘p kvartirali uylardan respublika bo‘yicha jami 3 462 ta xonadon ajratiladi;

mehnat migrantlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan kreditlarni qaytarishni “Aziya invest bank” AJ va Rossiyadagi boshqa hamkor-banklar orqali Rossiya rublida, shu jumladan elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mexanizmi joriy qilinadi.

2019-yil 1 oktyabrdan:

mehnat migrantlariga – 1 bank kuni davomida pasport, ariza va mehnat organining iltimosnomasi asosida 2019–2020-yillarda 10 foiz va 2021 yilda 12 foiz stavkada 2 mln so‘m miqdorida 1 yil muddatga mikroqarzlar berish;

 sug‘urta kompaniyalariga – yiliga 1 marotaba xorijdagi vaqtinchalik mehnat migrantlari hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasini qoplash uchun har bir mehnat migranti uchun 50 000 so‘m miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etish amaliyoti joriy etiladi.

Farmonga muvofiq:

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi;

 Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti tashkil etildi.

Farmon bilan:

 2019-yil 1-oktyabrga qadar “Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimi doirasida “labor-migration” dasturiy majmuasini joriy etilishi;

Farmonda nazarda tutilgan kreditlar, subsidiyalar, mikroqarzlar va ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar “labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan mehnat migrantlariga taqdim etilishi belgilandi.

Matbuot anjumanida muhokama qilinayotgan Hukumat qaroriga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvargacha chet elga ishga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin kasbga yo‘naltirish markazlari tashkil etiladi. Bunda, har bir ta'lim oluvchi uchun bir oyda 4 bazaviy hisoblash miqdoridan ortiq bo‘lmagan miqdorda grantlar ajratiladi. Shuningdek, mehnat migrantlari uchun quyidagilar imtiyozli sug‘urta qilinadi:

-                     ishga joylashishga patent va boshqa hujjatlar berilishini rad etilishi tavakkalchiligini sug‘urta qilish;

-                     transport xarajatlari va boshqa xarajatlar uchun kreditlar qaytarilmasligi tavakkalchiligini sug‘urta qilish;

-                     ixtiyoriy tibbiy sug‘urta.

Qarorga ko‘ra, Vatanga qaytib kelgan ishsiz va band bo‘lmagan mehnat migrantlariga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan grantlar berish yo‘li bilan bepul kasbiy o‘qitish, qayta o‘qitish va malakasini oshirish choralari ko‘riladi. 2020-2021-yillarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg, Novosibirsk, Volgograd, Pyatigorsk, Istanbul, Nur Sulton, Dubayda vakolatxonalari ochiladi.

Tadbirda ishtirok etgan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas'ul xodimi xorijga ketgan migrantlarning soni taxminan 2.6 mln kishidan ortiq ekanligini ta'kidladi. Shuningdek, Rossiyada payvandlash (svarkachilik) sohasida migrantlarga talab katta ekanligini hamda payvandlash sohasidagi mutaxassislarga mehnati uchun yuqori haq to‘lanayotganligini ma'lum qildi. Xususan, eng kamida 1700 rubl miqdorida haq olishi mumkinligini bildirdi.

Bundan tashqari, matbuot anjumanida ishtirok etgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mas'ul xodimi Azim Axmatov hozirda mehnat migrantlarning soni taxminan 2,6 va 3 mln atrofida ekanligini bildirdi.

Shuningdek, mas'ul xodimning ta'kidlashicha, Rossiyada payvandlash ishlari uchun talab juda yuqori ekanligini hamda ularga katta miqdorda haq to‘lananayotganligini ma'lum qildi.

Bundan tashqari, qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish va bunda yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Qonunchilikdagi yangiliklar” nomli brifing tashkil etildi. Unda yakuniga yetayotgan hafta davomida bir qator muhim masalalar bo‘yicha qabul qilingan 10 ga yaqin qonun hujjatlari haqida ham ma'lumot berildi.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Muzokaralar yakunida istiqbolli loyihalarni tizimli ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
17:48 / 07.06.2025
Isroil G‘azodagi XAMASga qarshi kuchlarni qurollantirmoqda

Isroil G‘azodagi XAMASga qarshi kuchlarni qurollantirmoqda

Bu guruhni ayrimlar xalq militsiyasi deb, boshqalar esa jinoyatchilar to‘dasi deb atamoqda. Klanning o‘zi esa “Maqsadimiz — …
22:04 / 06.06.2025
Jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekiston MTJ a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

Jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekiston MTJ a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

Futbol bo‘yicha JCh–2026 turniri 11-iyunda 19-iyulga qadar AQSh, Meksika va Kanada yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi.
15:07 / 06.06.2025
7-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

7-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 7-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib tur…
20:15 / 06.06.2025
Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega

Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega

Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega
11:19 / 07.06.2025
Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Ertaga — Qurbon hayiti kuni, ya’ni rasmiy bayram va dam olish kuni.
09:40 / 05.06.2025
7-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab   qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumki…
09:11 / 08.06.2025
Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 9–11-iyun kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
14:46 / 07.06.2025
Tramp va Mask o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

Tramp va Mask o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi

Mask X platformasida prezident Donald Trampning nomi moliyachi Jeffri Epshteyn ishiga doir hujjatlarda qayd etilgani sababli…
12:08 / 06.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan …
17:35 / 05.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!