Yapon olimlari Peruning Nasko platosidan 143 ta yangi geoglif topishdi. Ularning ayrimlarida sirli “monstrlar” tasvirlangan, deb xabar beradi Yamagata universiteti sayti. Bu ulkan rasmlar platoning g‘arbiy qismida dala ishlari hamda 3D ma’lumotlarini o‘rganish vaqtida topilgan. Rasmlarda qushlar, hayvonlar, ikki boshli ilonlar va boshi to‘rtburchak g‘alati jonzotlar aks ettirilgan. Olimlar bu geogliflar eramizdan oldingi yuzinchi va eramizning uch yuzinchi yillarida yaratilganligini aytishmoqda.
Nasko platosida bunday rasmlar borligi XVI-asrda ma’lum bo‘lgan edi. Ispan bosqinchilari bu suratlarni yo‘l ko‘rsatkichlari deb qabul qilishgandi. Shundan keyin 1939-yilda geogliflarga takroran duch kelingan va havodan fotosuratga olingan. Hozirga kelib bu yerda hayvonlar, o‘simliklar, geometrik shakllar aks etgan 30 taga yaqin, chiziqli 13 ming geoglif aniqlangan. Ayrim suratlar koinotdan ham ko‘rinadi. Olimlarn eramizning birinchi asrida yashagan odamlar qanday qilib bunday suratlarni chiza olganliklarini aniqlay olmasdan boshlari qotgan. Ayrim mutaxassislar bu suratlar hindularning koinot bilan aloqada bo‘lganliklari belgisi, deyishsa, kanadalik olimlar bu chizgilar inklarning “yo‘l ustidagi ibodatxonalari” bo‘lishi kerak, degan fikrdalar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!