Microsoft’ning Yaponiyadagi filiali to‘rt kunlik ish kuni tufayli samaradorlik oshgani aniqlandi. Bu haqida BBC xabar berdi.
Microsoft xodimlariga bir oy davomida juma kunlari ishlamaslikni sinab ko‘rdi.
Kompaniya bayonotida Microsoft Japan xodimlariga Work-Life Choice Challenge Summer 2019 aksiyasi doirasida qo‘shimcha dam olish kuni belgilangan. Kompaniya bu kun uchun ham mehnat haqi to‘lagan.
Ushbu chora-tadbir 2280 xodimning 90 foiziga nisbatan qo‘llanilgan. Ularga yig‘ilishlarni yarim soatdan ko‘proq o‘tkazish taqiqlangan. Barcha ish masalalarini yuzma-yuz emas messenjerlar orqali hal qilish tavsiya qilingan.
Natijada, mehnat samaradorligi, ya’ni bir xodimga nisbatan sotuvlar hajmi 40 foizga oshgan.
Har bir yapon yiliga o‘rtacha hisobda taxminan 1713 soat vaqtini ishda o‘tkazishadi. Microsoft o‘tkazgan so‘rovnomada xodimlarning 92 foizi aksiya ularga manzur kelganini aytgan.
Bundan tashqari, ofisning 2018-yil avgustiga nisbatan xarajatlari – elektr energiyasidan foydalanish 23% ga, qog‘ozlarga ketadigan sarf-xarajat 59% ga kamaygani aniqlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!