$
12957.14 UZS
29.97
156.56 UZS
0.83
14702.47 UZS
-15.11
37° Kechasi 21°

Superliga, 21-tur: chempionat tugashiga yaqin “qo‘rqoq futbol” boshlandi

09:05 / 03.10.2021

Kecha 3 ta o‘yin bilan futbol bo‘yicha Coca-Cola Superligasida 21-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Dastlabki 3 o‘rinni egallab turgan peshqadamlarning bari ushbu turda ochko yo‘qotishdi. “Paxtakor” Qo‘qonda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” va AGMK safarda durangga imzo chekishdi.
Qit’a kuboklarida bizga berilgan kvota huddi o‘tgan yildagidek. Ya’ni bu yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, Superliga chempioni OCHL guruh bahslariga qo‘shiladi, mamlakat kubogi sohibi esa musobaqani OCHL pley-offidan boshlaydi. Bordi-yu, chempion kubok sohibiga ham aylansa, unda Superligada 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa OCHL pley-offiga yo‘l oladi.
Birinchi davrani mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan “Paxtakor” chempionlikka asosiy da’vogar bo‘lgani uchun, ikkinchi yo‘llanmaga “So‘g‘diyona” va AGMK kurash olib borayotgandilar. Lekin mavsum so‘nggida ular tomonidan ko‘rsatilayotgan o‘yin, bunga shubha uyg‘otmoqda. Ikkala jamoa ham g‘alabadan ko‘ra, yutqazmaslik haqida ko‘proq o‘ylamoqda. Masalan AGMK safarda 6 o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti. Olmaliqliklar safardagi so‘nggi 6 o‘yinda maydonga tushib, 5 durang va bir mag‘lubiyat qayd etishdi. OCHLga yo‘llanma olish uchun kurashayotgan jamoa shunday statistika ko‘rsatadimi? 


Yuqoridagi 2 jamoa ana shunday “qo‘rqoq futbol” namoyish bilan mashg‘ul bo‘lganida, ular ortidan “Nasaf” otini qamchilayapdi. Kecha safarda g‘alaba qozongan qarshiliklar yo‘qotilgan ochkolar ko‘rsatkichi bo‘yicha “So‘g‘diyona”ga tenglashib oldilar. Ya’ni Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari “Surxon” bilan qoldirilgan o‘yinda zafar quchsalar, 2-o‘ringa ko‘tarilib oladilar va OCHL yo‘llanmasi uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylanadilar.
“Nasaf”da OCHL tomon yurish uchun boshqa yo‘l ham bor – hozir ishtirok etayotgan OFK Kubogini qo‘lga kiritish. Bu xolda milliy chempionatda qanday o‘rinni egallashdan qat’iy nazar, qarshiliklar qit’aning eng nufuzli musobaqsiga yo‘l oladilar. Bu vaziyatda OCHLdan quruq qolgan “So‘g‘diyona” va AGMK esa OCHL pley-offida “Nasaf”ga muxlislik qilishdan boshqa choralari qolmaydi. Sababi, “ajdarlar” pley-offdan muvaffaqiyatli o‘tib, guruh bosqichiga qo‘shilsalar, unda yuqoridagi 2 klubdan bittasi OFK Kubogida ishtirokini boshlaydi. Eslatib o‘tamiz, bu yilgi Superliga yakunlanishiga 5 tur qoldi.

Coca-Cola Superliga. 21-tur
2 oktyabr, shanba

“MASH’AL” – “NASAF” - 0:1 (0:1)
Muborak. Bahrom Vafoyev nomli stadion. 2312 tomoshabin.

Hakamlar: Viktor Serazetdinov, Sardor Nishonboyev, Avaz Abdullayev, Davronbek Akmalov
Nazoratchi: Arslon Xotamov
Komissar: Shohruh Said

Gol: Sherzod Nasrullayev, 25 (0:1)

"Mash’al": Dostonbek To‘xtaboyev, Zafarbek Akramov (Abbos Shodmonov, 74), Najmiddin Normurodov, Oybek Nurmatov ( Muhammadali Aliqulov, 46), Chika Okvara (Jahongir Abdusalomov, 52), Chigozi Samuel,  Shahzod Shaymanov (Xudoyorxon Sagdullayev, 82), Jamoliddin Ubaydullayev, Qahramon Bahodirov (Ibrohim Noʻmonov, 74), Sirojiddin Qo‘ziyev, Samandar Shukurillayev

"Nasaf": Umidjon Ergashev, Husniddin Aliqulov, Doniyorjon Narzullayev (Shohmalik Komilov, 87), Dilshod Saitov (Jo‘rabek Mannonov, 87), Bahrom Abdurahimov (Abubakir-Rizo Turdaliyev, 73), Husain Norchayev (Gʻolib Gʻaybullayev, 66), Suhrob Nurulloyev (Andriya Kaluderovich, 66), Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullayev, Oybek Bozorov, Umarbek Eshmurodov

Ogohlantirishlar: Jamoliddin Ubaydullayev, 10, Samandar Shukurillayev, 36, Zafarbek Akramov, 58, Najmiddin Normurodov,  90+1 - Abubakr Rizo Turdaliyev, 73.

“ANDIJON” – “SO‘GʻDIYONA” - 0:0
Andijon. "Bobur Arena" stadioni. 5312 tomoshabin.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Timur Galeyev, Otabek Qosimov, Gʻayrat Jo‘rayev
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Sherzod Rajabov

"Andijon": Eldor Adhamov, Sardorbek Hursandov, Usmonali Ismonaliyev, Abduvohid Gʻulomov, Baxtiyorjon Qosimov, Pavel Zabelin, Vladislav Vasilev (Sherzod Gʻulomjonov, 57), Vasiliy Sovpel, Farhodjon Sohibjonov (Ibrohimjon Otaxonov, 57), Muhammadali Toirov,  Plamen Dimov

"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Elyor Orifov, Ayubxon Noʻmonov, Iskandar Shaykulov (Darko Stanoyevich, 82), Jamshid Boltaboyev, Shohruz Norxonov (Bahodir Nasimov, 82), Jasur Hasanov (Ergash Ismoilov, 73), Jasur Hakimov (Shahboz Jo‘rabekov, 46), Luka Chermel, Asiljon Begimqulov (Javohir Qahramonov, 65), Marko Kolakovich

Ogohlantirishlar: Baxtiyorjon Qosimov, 47, Sherzod Gʻulomjonov, 67 -  Marko Kolakovich, 76, Iskandar Shaykulov, 78, Shahboz Jo‘rabekov, 87.

 “BUNYODKOR” – AGMK - 1:1(0:0)
Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 312 tomoshabin.

Hakamlar: Elyor Tursunov, Olim Abduvosilov, Jahongir Saidov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistenti: Kristina Sereda
VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko
Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Suhrob Izzatov, 63 (1:0), Sardor Rahmonov, 75 (1:1)

"Bunyodkor":Zafar Safoyev, Davronjon Ergashev, Avazbek O‘lmasaliyev, Xurshid Gʻiyosov, Nurillo To‘xtasinov (Sanjar Rashidov, 46),Shahboz Erkinov (Umidbek Sultonov, 90+4), Ulug‘bek Abdullayev (Farhod Mirahmatov, 83), Abdulla Abdullayev, Umarali Rahmonaliyev (Muhammadodil Qahramonov, 83), Suhrob Izzatov, Ibrahim Tomiva.

AGMK: Valijon Rahimov, Akromjon Komilov, Mirjamol Qosimov (Martin Boake, 68),  Sardor Rahmonov, Boburbek Yo‘ldoshev (Abbosxon Otaxonov, 68), Husniddin Gʻofurov (Shohruh Gadoyev, 68), Murodjon Toshmatov (Nodirbek Abdurazzoqov, 88), Sanjar Tursunov, Aleksandr Kasyan (Sanjar Shoahmedov, 86), Dilshodbek Ahmadaliyev, Yovan Jokich

Ogohlantirishlar: Umarali Rahmonaliyev, 51 - Akromjon Komilov, 33, Dilshodbek Ahmadaliyev, 86.

Bugun Navoiy va Termizda bo‘lib o‘tadigan 2 o‘yin bilan Superliga 21-tur uchrashuvlariga yakun yasaladi.

 


Bu ham qiziq

Eronda kuchli portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Eronda kuchli portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Eronning Bandar Abbos shahri yaqinidagi Shahid-Rajai portida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 14 kishi vafot etdi, 750 nafar…
12:09 / 27.04.2025
BAA o‘zbekistonliklarga mamlakatga kirishni taqiqlamagan

BAA o‘zbekistonliklarga mamlakatga kirishni taqiqlamagan

Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalarga ishonishga chaqirgan.
08:25 / 28.04.2025
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida avtohalokat sodir bo‘ldi

Rossiyaning Astraxan viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi. Bu haqda b…
18:33 / 26.04.2025
Putin Kursk viloyati to‘liq ozod etilganligini ma’lum qildi

Putin Kursk viloyati to‘liq ozod etilganligini ma’lum qildi

“Rossiya armiyasi Kursk chegarasida dushmanni to‘liq tor-mor qildi”, — deb bayonot berdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, …
17:14 / 26.04.2025
Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni to‘xtatdi

Saudiya Arabistoni O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn viza berishni to‘xtatdi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Saudiya Arabistoniga kirish uchun elektron turistik viza olish imkoniyatini yo‘qotdilar.
17:13 / 27.04.2025
KXDR Rossiya safida o‘z qo‘shinlari ishtirok etayotganini tasdiqladi

KXDR Rossiya safida o‘z qo‘shinlari ishtirok etayotganini tasdiqladi

Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.
10:36 / 28.04.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton temir yo‘l shartnomasini ikki yilga uzaytirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton temir yo‘l shartnomasini ikki yilga uzaytirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton temir yo‘li bo‘yicha tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini ikki yilga uzaytirdi. …
11:02 / 27.04.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston turizm sohasida strategik hamkorlikni rivojlantiradi

O‘zbekiston va Qozog‘iston turizm sohasida strategik hamkorlikni rivojlantiradi

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Baxtiyor Ibrohimov ikki davlat o‘rtasida turizm hamkorligini mustahkamlash muhimligi…
11:41 / 27.04.2025
Kanada G‘azoga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 72 million dollar ajratdi

Kanada G‘azoga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 72 million dollar ajratdi

Kanada hukumati G‘azo sektoriga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun BMTga 100 million Kanada dollari  (72 million AQSh dollari…
19:42 / 26.04.2025
O‘zbekiston 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qildi

O‘zbekiston 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qildi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 3,57 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda statistika qo‘mitasi xab…
18:39 / 26.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!