$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

21:50 / 29.03.2025

O‘zbekistonda 2025-yil 1-apreldan e’tiboran qonunchilikda bir qancha o‘zgarishlar amalga oshadi. 

Jumladan, Prezidentning 2024-yil 15-noyabrda qabul qilingan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, “Turon” maktab teatrining ijobiy tajribasi asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Iqtidor” badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etiladi. 

Shuningdek, jamoalar o‘rtasida  har yili milliy va jahon musiqasi yo‘nalishlari bo‘yicha “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari xorijiy davlatlarga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

1-apreldan boshlab daromadidan qat’i nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQSni to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.

2025-yil 30-yanvarda qabul qilingan “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga ko‘ra, 1-apreldan:

“Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ijtimoiy yordamlar esa – oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilalarga ham taqdim etiladi.

Bunda madaniy-ma’rifiy, ta’lim, sport va turizm tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari tushumlarining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini yo‘naltirishga ruxsat beriladi;

“Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordamlar quyidagi tartibda ko‘rsatiladi: oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual rejada kambag‘al oilalarning yoshlari va xotin-qizlariga muayyan ijtimoiy yordamlarning belgilanishi ushbu toifadagi shaxslardan qo‘shimcha murojaat talab etmagan holda “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari hisobidan ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilishiga asos bo‘ladi;

“Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan shaxslarning ijtimoiy holatini aniqlash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali, oilaning moliyaviy holatini esa – idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda baholash (skoring) natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.

2024-yil 18-iyulda qabul qilingan “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-apreldan quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” axborot tizimidan taqdim etiladi: shaxsning nogironligini, talaba, o‘quvchi, urush qatnashchisi yoki urush qatnashchisiga tenglashtirilgan shaxs holatini tasdiqlash.  Bunda nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va guvohnomalar, talabalik guvohnomalari, o‘quvchilar guvohnomalari, urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar guvohnomalarining qog‘oz shakli ijtimoiy kartaga almashtirish orqali bekor qilinadi; nogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil, temir yo‘l, havo va daryo transporti, yo‘nalishsiz taksi xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek ushbu xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega bo‘lgan aholining boshqa toifalari uchun imtiyozlar; kirish bilet operatsiyalari tizimi asosida tartibga solinadigan davlat ijtimoiy obyektlariga, konsert-tomosha tadbirlari va boshqa tadbirlarga bepul tashrif buyurish yoki qisman haq to‘lash bo‘yicha imtiyozlar.

2025-yil 18-fevral kuni hukumat qarori bilan tasdiqlandi “Davlat xaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”ga ko‘ra,  2025-yil 1-apreldan yuridik va jismoniy shaxslarni Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

Arizalar YAIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirilmaydi.

Vakolatli organ ariza tushgan kundan boshlab 15 ish kunida Reyestrga yagona yetkazib beruvchi sifatida kiritish haqidagi arizani ko‘rib chiqadi. 

Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish haqidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari (qanoatlantirish va rad etish asoslari) davlat xaridlari maxsus axborot portalida ochiq e’lon qilinadi.

Talabgorning Reyestrga kiritish haqidagi arizasi va unga ilova qilingan ma’lumotlar vakolatli organ tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida Portalga majburiy jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtiriladi.

Vakolatli organ ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan taqdim etilgan xulosalar hamda arizani ko‘rib chiqish davomida to‘plangan boshqa ma’lumotlar asosida arizani qanoatlantiradi yoki qanoatlantirishni rad etadi.

Agar ariza qanoatlantirilsa, bu haqida talabgorga QR-kod qo‘yilgan xulosa talabgor o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda – Davlat xizmatlari markaziga, YAIDXP orqali murojaat etilganda – talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

2025-yil 30-yanvarda qabul qilingan “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga ko‘ra, Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar uchun “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlari joriy etiladi.

Xususan, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan nogironligi bo‘lgan yoshlarga parasport to‘garaklariga qatnashishi uchun yo‘l haqi xarajatlarini har oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda qoplab berish belgilangan.

Bunda nogironligi bo‘lgan yoshlarning parasport to‘garaklariga qatnashishi Sport vazirligining “ERP-sport” axborot tizimi orqali monitoring qilib boriladi. Shuningdek, jamg‘arma hisobidan 6 oy davomida muntazam ravishda sport va san’at to‘garaklariga qatnashayotgan yoshlar uchun qiymati BHMning 10 baravari (3 mln 750 ming so‘m)dan oshmaydigan maxsus sport forma, inventar, musiqa va cholg‘u asboblarini xarid qilish uchun mablag‘lar ajratiladi. 

Shu bilan birga, kamida 3 nafar xotin-qizlar, yoshlar va aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining bandligi hamda ijtimoiy faolligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun tegishincha “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisobidan BHMning 60 baravari (22,5 mln so‘m)gacha grantlar ajratish;

yong‘in, suv toshqini, zilzila va boshqa texnogen hodisalar oqibatida zarar ko‘rgan oilalarga uy-joylarini tiklash va ta’mirlash xarajatlarini qoplash uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali BHMning 150 baravari (56 mln 250 ming so‘m)gacha bo‘lgan miqdorda yordam ko‘rsatish instrumentlari joriy etiladi.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam o‘rniga ushbu hududlarda yashovchi Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga uy-joyida artezian quduq qazish, suv nasoslarini o‘rnatish hamda ichimlik suv filtrlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi joriy etiladi.

Bunda subsidiya xarajatlarning 90 foizi, biroq BHMning 30 baravari (11 mln 250 ming so‘m)dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratiladi.

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21 fevral kuni tasdiqlangan “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining  boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash tartibi” to‘g‘risidagi nizomi 1 apreldan e’tiboran kuchga kiradi. Nizom jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan bir yo‘la beriladigan nafaqani tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ etib belgilandi. 

Quyidagilar himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llashga asos bo‘ladi:

halok bo‘lganligi (vafot etganligi);

unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilgani yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgani; 

unga nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilgani yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilgani;

mulkiy zarar yetkazilgani.

Bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:

shaxs vafot etganda uning oila a’zolari har biriga teng ulushda –  BHMning 100 baravari miqdorida (37,5 mln so‘m);

shaxsga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilgan yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganda.

Nogironlik guruhiga ko‘ra:

I guruh – BHMning 80 baravari miqdorida (30 mln so‘m);

II guruh – BHMning 70 baravari miqdorida (26 mln 250 ming so‘m);

III guruh – BHMning 50 baravari miqdorida (18 mln 750 ming so‘m).

Nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilganda yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganda esa, sud-tibbiy ekspertizasining xulosasi asosida:

og‘ir daraja – BHMning 35 baravari miqdorida (13 mln 125 ming so‘m);

o‘rta daraja – BHMning 35 baravari miqdorida (13 mln 125 ming so‘m);

sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelgan yengil daraja – BHMning 25 baravari miqdorida (9 mln 375 ming so‘m).

Ijtimoiy himoya choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) uni ta’minlovchi organ tomonidan uni olgan kundan boshlab, 10 sutka ichida ijro etilishi lozim. 

Bir yo‘la beriladigan nafaqa soliqqa tortilmaydi va undan ushlab qolishlar amalga oshirilmaydi. 


O‘zbekiston


														
														Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

														
														Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026

														
														Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

														
														Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

														
														Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

														
														Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026

														
														Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

														
														Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

														
														AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

														
														Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

Bu ham qiziq

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!