$
12715.13 UZS
-45.08
161.75 UZS
1.67
14730.48 UZS
25.61
39° Kechasi 24°

Energetika vazirligida Osiyo Taraqqiyot banki bilan hamkorlik muhokama qilindi

22:21 / 16.11.2019

O‘zbekiston Energetika vazirligida joriy yil 15-noyabr kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Markaziy va Gʻarbiy Osiyo Departamenti Energetika bo‘limi direktori Ashok Bxargava bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqida Vazirlikning telegram kanali ma’lum qilmoqda.

Uchrashuvda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish istiqbollari hamda o‘tkazuvchi tarmoqlarni rivojlantirish va modernizasiya qilishning kelgusi rejalari muhokama qilindi. Xususan, Surxon-Puli-Xumri yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini qurish loyihasining holati muhokama etildi.

Shuningdek, tomonlar OTB’dan qarz olish asosida respublika energetika sektorida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika majmuasini rivojlantirish uchun islohotlarga texnik ko‘mak ko‘rsatishda namoyon bo‘lgan OTB faoliyatining xalqaro tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, OTB ko‘magida Surxondaryo viloyatida 100 MV quvvatli fotoelektrik stansiyasini qurish, boshqarish va unga egalik qilish loyihasiga xususiy investorni saralash bo‘yicha xalqaro tanlov tashkil etiladi. Maslahat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tegishli kelishuv 2019-yil avgust oyida Energetika vazirligi, Davlat-xususiy sherikchilikni (DXSh) rivojlantirish agentligi va OTB o‘rtasida imzolangan.

Tender g‘olibi 2020-yil iyunda e’lon qilinishi kutilmoqda, qurilish 2020-yil dekabr oyiga rejalashtirilgan bo‘lib, bir yildan so‘ng yakuniga yetadi. 2021-yilning yozida stansiyaning birinchi quvvatlarini ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda. 

Investitsiyalarning hajmi taxminan 100 mln. AQSh dollarini tashkil etib, ular investor uchun sekin-asta elektr energiyasini yetkazib berish uchun oylik hisoblar orqali qoplanadi.  

Shuningdek, OTBning moliyaviy ko‘magida “Taxiatosh IES — “Xorazm” PS — Sarimoy aholi punkti(Xorazm viloyati) yo‘nalishida 220 kV.li elektr uzatish liniyalarini qurish” loyihasi amalga oshiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 258,5 mln. AQSh dollarini tashkil etib, ulardan 150 mln. AQSh dollari OTBdan olingan qarz hisoblanadi.

Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan O‘zbekiston gaz-transport tizimini modernizatsiya qilish sohasida loyihalarni ishlab chiqish hamda OTB tomonidan mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishda ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Bu ham qiziq

Mahmud Muradovning kamar uchun jangi to‘liq davom etdi

Mahmud Muradovning kamar uchun jangi to‘liq davom etdi

Chexiyaning Praga shahrida MMA bo‘yicha Oktagon 72 turniri tashkil etildi.
09:40 / 15.06.2025
Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:34 / 13.06.2025
Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatiladi

Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatiladi

Endilikda Xalq qabulxonalariga viloyat va tuman hokimining o‘zi rahbarlik qiladi.
11:28 / 16.06.2025
Yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi

Yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi

Yil boshidan hududlarda byudjetga tushum 26 foizga o‘sdi. Lekin Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda o‘sish res…
12:35 / 16.06.2025
Eron Isroilga “Haqiqiy va’da” operatsiyasi doirasida hujumlar uyushtirdi

Eron Isroilga “Haqiqiy va’da” operatsiyasi doirasida hujumlar uyushtirdi

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 1-iyunga o‘tar kechasi Eron Isroilga 100 dan ziyod raketalar uchirgan.
10:50 / 16.06.2025
Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Holat bo‘yicha Bekobod shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
14:20 / 15.06.2025
Uta Abe Diyora Keldiyorovadan revansh olish niyatida ekanligini aytdi

Uta Abe Diyora Keldiyorovadan revansh olish niyatida ekanligini aytdi

Dzyudochi bu haqda Vengriyada beshinchi bor Jahon chempioni bo‘lgandan so‘ng ma’lum qildi.
14:19 / 16.06.2025
Sobiq deputat Qobul Dusov 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

Sobiq deputat Qobul Dusov 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Q. Dusovga (1984-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sud…
17:04 / 16.06.2025
Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi yoz uchun juda qulay harorat fonida nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.
12:49 / 13.06.2025
“Sionistik tuzum og‘ir jazo kutishini bilsin” – Xomanaiy

“Sionistik tuzum og‘ir jazo kutishini bilsin” – Xomanaiy

Eron oliy rahnomasi Oyatulloh Ali Xomanaiy X tarmog‘ida yahudiylarga murojaat qildi.
11:16 / 13.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!