“O‘zavtosanoat” AJ Bu Anderssonni o‘zining eng yirik korxonalari – “UzAuto Motors” AJ va “UzAuto Motors Powertrain” AJ larning bosh direktori etib tayinladi.
Shvetsiya Harbiy Akademiyasining hamda Garvard universitetining oliy menejment programmasi bitiruvchisi, Stokgolm universitetining biznes boshqaruvi bakalavri Bu Andersson avtomobilsozlik sohasidagi faoliyatini 1987-yildan Shvetsiyaning "Saab Automobile AB" kompaniyasida boshlagan.
1993-yildan 2009-yilgacha xarid yo‘nalishida turli rahbar lavozimlarni egallagan va 2001-2009-yillarda “General Motors”ning global xarid bo‘linmasiga rahbarlik qilgan.
2009-yildan 2013-yilgacha “Gruppa GAZ” korxonasiga prezident etib tayinlanadi. Bu davrda Andersson “Gruppa GAZ” biznesini zarardan barqaror foydaga olib chiqishga erishadi.
2014-yildan 2016-yilgacha “AvtoVAZ” OAJ prezidenti etib tayinlanadi. “Gruppa GAZ”da bo‘lgani kabi, Andersson “AvtoVAZ”da ham to‘liq transformasiyani amalga oshirdi.
“AvtoVAZ”ni tark etgach, Andersson eng yirik avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan “Yazaki Europe, Africa, North & South America” korporatsiyasiga 4 yil rahbarlik qiladi.
Adam Smit xalqaro avtomobil forumida Bu Andersson Rossiya avtomobilsozlik sanoatida “2010-yilning eng yaxshi yetakchisi” deb topiladi. 2011-yilda Andersson Yevropa avtomobilsozlik sanoatining eng muvaffaqiyatli rahbarlarini aniqlash uchun “Automotive News Europe” tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Eurostars” mukofotida “Rivojlanayotgan bozorlar bo‘yicha Yevropa avtomobil sanoatining eng yaxshi yetakchisi” deb topiladi.
2012-yilda Bu Andersson Yevropaning avtomobilsozlik sohasidagi yetakchi nashriyoti bo‘lgan “Automotive Supply Chain”dan “GAZ Gruppasi”ni inqirozdan keyin moliyaviy holatini tiklagani va Rossiyaning yengil tijoriy vositalar bozorida kompaniyaning yetakchiligini ta’minlagani uchun “Eng yaxshi yutuqlar” mukofotiga sazovor bo‘ladi.
“Uzavtosanoat” AJning ta'kidlashicha, Bu Inge Andersson MDH mamlakatlaridagi avtomobil konsernlarini boshqarish va inqirozlar davrida erishgan muvaffaqiyatlari va katta tajribasi “UzAuto Motors” va “UzAuto Motors Powertrain” kompaniyalariga yarimo‘tkazgichlar tanqisligi va logistika muammolari bilan bog‘liq global inqirozlarini eng kam yo‘qotish bilan yengishga hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish va modernizatsiyalashning yangi yo‘nalishini egallashga imkon beradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!