$
12760.21 UZS
54.42
160.08 UZS
0.88
14704.87 UZS
0.46
38° Kechasi 23°

BMW kompaniyasi retrokarga bag‘ishlangan prototipni namoyish qildi

06:34 / 26.05.2015

BMW kompaniyasi 1970-yillarda ishlab chiqarilgan 3.0 CSL kupesiga bag‘ishlangan 3.0 CSL Hommage prototipini namoyish qildi. Konsept-kar Villa D’Estedagi bashanglik tanlovida ilk bor namoyish etildi. 

BMW kompaniyasi prototipni yaratishda karbon materialidan keng foydalandi. Bu materialdan avtomobildagi oldi splitter, diffuzor hamda eshik ostonalari nakladkalari ishlangan. 

Prototipda orqani ko‘rish uchun mo‘ljallangan yon oynalar o‘rniga kameralar o‘rnatilgan. Shuningdek, avtomobil bosh yorug‘lik lazer faralari, tormoz mexanizmlarini qo‘shimcha sovitish tizimi va svetodiod orqa faralar bilan jihozlangan. 

3.0 CLS Hommage salonida ikkita olti nuqtali xavfsizlik kamariga ega poyga kreslolari o‘rnatilgan. Mashinada ikkinchi qator o‘rindiqlar mavjud emas. Haydovchi va yo‘lovchi o‘rindiqlari o‘rtasida shlemlar uchun mahkamlagich joylashgan. Konsept-kar DTM uslubidagi avtomobillar uchun xos bo‘lgan rul hamda tezlik, tanlangan uzatma va tirsakli val haqidagi ma'lumotlar uzatiluvchi displey bilan jihozlangan. 

Prototip eBoost tizimiga ega olti silindrli dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. eBoost tizimi elektr motor hisobiga tortish kuchini vaqtinchalik oshirishga imkon beradi. eBoost batareyalari kreslo orqasida joylashgan, uning quvvatlanish darajasi haqidagi axborot markaziy displeyga chiqariladi. 

3.0 CSL Hommage seriyali tarzda ishlab chiqarilishi haqida hech qanday ma'lumot berilmagan.

Ma'lumot uchun, 3.0 CSL modeli ilk bor 1972 yilda namoyish etilgan. Model shunday avtomobilning Yevropa turing musobaqalari uchun takomillashtirilgan versiyasi sifatida ishlab chiqilgan. Ikki eshikli avtomobil alyuminiy eshiklar, kapot va yukxona eshigi bilan jihozlangan bo‘lgan.


Bu ham qiziq

Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Viloyatliklar Toshkentda taksichilik qilishi mumkin

Kecha, ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar faqat o‘zining propiskadan o‘tgan hududidagina taksichilik qilishi mumkinligi haqid…
17:41 / 13.06.2025
Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Uta Abe beshinchi marta Jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi

Vengriya poytaxti Budapeshtda dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
17:58 / 15.06.2025
13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan s…
17:49 / 12.06.2025
Ertaga havo harorati 42 darajagacha isiydi

Ertaga havo harorati 42 darajagacha isiydi

“O‘zgidromet” 15-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
10:26 / 14.06.2025
Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi bugunning o‘zida tugatiladi

Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi bugunning o‘zida tugatiladi

Endilikda, ijro intizomiga Hisob palatasi mas’ul bo‘ladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.
11:06 / 16.06.2025
Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:34 / 13.06.2025
Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi sizlardan yana bir bor tezkor ehtiyot choralarini ko‘r…
09:45 / 13.06.2025
DXX Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakatini fosh qildi

DXX Qashqadaryoda soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakatini fosh qildi

Ular 360 mln so‘mlik soliq qarzdorligi sabab MChJga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni va’da qilgan.
09:56 / 16.06.2025
Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Toshkent viloyatida poyezd mikroavtobusni bosib ketdi

Holat bo‘yicha Bekobod shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
14:20 / 15.06.2025
Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

Mirziyoyev aviahalokat munosabati bilan Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya maktubi yo‘lladi

O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi…
16:57 / 12.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!