$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
30° Kechasi 20°

JOSUS 007: ULAR KIM EDI?

10:21 / 11.01.2015

Hordiq chiqarish maqsadida kino tomosha qilish eng ommabop usul bo‘lib, inson organizmidagi turli salbiy o‘zgarishlarning oldi shu yo‘l bilan olinarkan. Kino ko‘rish mobaynida asab tizimi mo‘'tadillashib, dunyoqarashi shakllana boradi. Albatta bularning bari qanday film tomosha qilishga bog‘liq. 

Buyuk Britaniyalik yozuvchi Yan Fleming asari asosida suratga olingan “Josus 007” kinokartinasi ham ana shunday omadli va shu bilan birga serdaromad filmlar sirasiga kiradi. 1962 yildan buyon suratga olinayotgan bu filmning qahramonini zamonasining mashhur va iste'dodli aktyorlari mohirlik bilan ijro etishgan. Bugun Jyeyms Bond ismini eshitmagan odam oramizda kam topilsa kerak.

Bugun biz Jyeyms Bond rolini ijro etgan aktyorlar haqida so‘z yuritmoqchimiz. Zero u haqidagi filmlar soni 1962 yildan to bugunga qadar 25 tani tashkil etgan bo‘lsa, josus rolini ijro etadigan aktyorning o‘zi ham qaysidir ma'noda sirli ko‘rinishga ega shaxs bo‘lishi kerak bo‘lgan.

Jyeyms Bond rolini ijro etadigan qahramonni tanlash maqsadida katta kasting o‘tkazilinadi. Bu tanlovda film prodyusserlari: Brokolli, Zalsman va Fleming ishtirok etishadi. Uzoq saralashdan so‘ng uch kishining nomzodi saqlanib qoladi. Bular: 28 yoshli Peter Entoni, model Gregori Pek va yosh Shon Konneri. Nomzodlarning orasidan faqat Shongagina omad kulib boqadi va u “Josus 007” ning olti filmida suratga tushishga muvaffaq bo‘ladi. 60-yillarda shotlandiyalik aktyor Shon Tomas Konneri unchalik taniqli aktyor emasdi. Bu orada «Deyli ekspress» gazetasi “Bond rolida kimni ko‘rishni istaysiz?” degan sarlavhada so‘rovnoma o‘tkazadi va unga ko‘ra ko‘pchilik ovoz Richard Barton va Gari Kuperga nasib etadi. Bularning orasida Shonga o‘ninchi o‘rin nasib etadi. Lekin shunga qaramay Konnerining ko‘rinishi film prodyusserlariga ma'qul kelgach unga bosh qahramon roli ishonib topshiriladi. Asar muallifi Flemingga uning nomzodi sira ma'qul kelmaydi. Muallifning nazaricha Shonda josuslarga monand hech qanday o‘xshashlik yo‘q bo‘lgan. Ammo Brokkolining fikricha josus rolini ijro etadigan aktyor o‘rtamiyona bo‘lsa ham bo‘laveradi, muhimi meyoriga yetkazib o‘ynasa bo‘ldi. 

Bond roli Konneriga olamshumul shuhrat va boylik olib keldi. U 1971 yilda o‘ynagan “Josus 007: Doimiy olmoslar” filmi uchun 1,25 milliona AQSh dollari miqdorida gonarar oladi. 1983 yildagi “Josus 007: Hech qachon “hech qachon” dema” filmidagi roli uchun olgan gonarari qanchaligini esa sir tutadi.

“Josus 007: Atirgullar ismi” filmidagi roli uchun 1986 yilda Britaniya kinosan'ati akademiyasi Shon Konnerini yilning eng yaxshi aktyori deb topadi. 1987 yilda esa “Josus 007: Qo‘lga tushmaslar” filmidagi roli uchun «Oskar» taqdimotida “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida g‘olib chiqadi. 2000 yilning iyul oyida Buyuk Britaniya qirolichasi unga ritsarlik unvonini topshiradi.

Shon Konneri ilk marta Bond obrazini ijro etganda 32 yoshda bo‘lgan, oxirgisida esa 41 yoshda.

Umumiy hisob-kitoblarga ko‘ra: Shon Tomas Konneri ijro etgan oltita “Josus 007” filmlariga 31 million 800 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflangan. Bu filmlar o‘z navbatida 631 million 600 ming AQSh dollari foyda keltirgan. Bu kinokartinalardan Shonning o‘zi esa 18 millionov 310 ming AQSh dollari miqdorida gonarar olgan.

Avstraliyalik aktyor Jorj Lezenbi Bond rolini tasodif tufayli qo‘lga kiritgan. 1964 yilda mashinalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish maqsadida Angliyaga tashrif buyurgan Jorj, bu yerga kelgach kasbini o‘zgartirishga qaror qiladi. Avvaliga u kulturizm sport turi bilan shug‘ullanadi va birin-ketin reklama roliklarida suratga tushadi. 1968 yilda Shon Konneri bilan Bond ijodkorlari o‘rtasidagi shartnoma nihoyasiga yetgach, uning o‘rniga prodyusserlar Lezenbini tanlashadi. Shunday qilib “Josus 007: Hazrati Oliyalarining maxsus xizmatlarida” filmida Jyeyms Bond rolida katta ekranda Jorj Lezenbi chiqadi. Eng qizig‘i filmdagi barcha tryuklarni Jorjning o‘zi amalga oshiradi. Uning Bond rolining qo‘lga kiritishi ommaning shov-shuviga sabab bo‘ladi. Kinotanqidchilar Jorjni shafqatsiz “talashadi”. Shunga qaramay film suratga olinadi. Bu kinokartinani mashhur kinorejjyessyor, josuslar haqidagi filmlarni suratga olish bo‘yicha ustasi farang bo‘lib ketgan Piter Xant suratga oladi. 

Bu filmda Jorj Lezenbi 400 ming AQSh dollari miqdorida gonarar oladi va aytish mumkinki, u pullarni havoga sovuradi. Mashina va yaxtalar sotib oladi va o‘z mablag‘ini ko‘ngilxushliklarga sarflaydi. Pullar tugugach esa Lezenbi uyga — Avstraliyaga qaytishga majbur bo‘ladi. 

Lezenbi ketgach film ijodkorlari Bond rolini ijro etish uchun mashhur aktyor Rodjyer Murga murojaat etishadi. Aktyorga bu rolni asar muallifining o‘zi taklif etadi. Bu paytda Rodjyerning yoshi 46 da edi. U superjosus rolini ikkita filmda talqin etdi. Birinchisi 1973 yilda suratga olingan “Josus 007: Yasha yoki boshqalarga o‘lishga imkon ber” va 1985 yilda suratga olingan “Josus 007: Qotillikning yuzi” filmlarida suratga tushadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, Mur Bond rolini ijro etishda boshqalarga qaraganda o‘zgacha yo‘lni tanlaydi. U Bondni hazilkash va jaydari inson qiyofasida ochib beradi.

Rodjyer Mur Bond rolini ijro etgan eng keksa altyor hisoblanadi. 1985 yilda suratga olingan “Josus 007: Qotillikning yuzi” filmida rol o‘ynaganda 57 yoshda bo‘lgan. U ijro etgan ikki filmga jami 153 milliona 500 ming AQSh dollari sarflanadi. Kinokartinalar keltirgan daromad esa 1 milliard 190 million 300 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Shundan Murning gonarari 24 million 385 ming AQSh dollariga teng. 

Qorasoch, qaddi-qomati kelishgan, doimo kulib turuvchi moviy ko‘zli Timoti Dalton go‘yoki Bond roli uchun tug‘ilgandek edi. U o‘z davrining bilimdon aktyorlari sirasiga kirgan. O‘z krerasini Qirollik teatridan boshlagan Timoti Buyuk Britaniya kioustalari tomonidan suratga olingan bir qator filmlarda suratga tushadi. 

Ana shunday kunlardan birida u Richard Barton bilan tanishib qoladi va undan superjosus rolini ijro etish taklifini oladi. So‘zsizki Dalton bu taklifga rozi bo‘ladi. Shunday qilib 1987 yilda, u Bond rolini ijro etgan birinchi film suratga olinadi. Kinokartinaning nomi “Josus 007: Ko‘zdagi chaqinlar” deb nomlanadi. Ikkinchi film “Josus 007: Qotillik uchun ruxsatnoma” esa 1989 yilda suratga olinadi. 1991 yilda u ijrosidagi uchinchi filmni suratga olish rejalashtiriladi. Unga “Josus 007: Xonimning shaxsiy mulki” deb nom qo‘yishadi. Ammo film prodyusserlari o‘rtasida nizo chiqib ish sudga borib taqlgach, filmni suratga olish jarayoni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yiladi. Timoti bu mash-mashalarni tugashini va qaytib Bond rolini ijro etishni uch yil kutadi. Ammo hech qanday yangilik bo‘lmagach 1994 yilda “Skarlett” serialida bosh qahramon rolini o‘ynash haqidagi taklifni qabul qiladi.

U birinchi Bond rolini ijro etganda 41 yoshda, ikkinchisida esa 43 yoshda bo‘lgan.

U ishtirok etgan ikki filmning umumiy budjeti 70 million AQSh dollarini tashkil etgan. Filmlar keltirgan daromad esa 347 million 400 ming AQSh dollariga teng. Timoti esa 8 million AQSh dollari miqdorida gonararga ega bo‘lgan.

Pirs Brosnan Jyeyms Bond rolini to‘rtta kinokartinada ijro etgan. Bular: 1995 yilda suratga olingan “Josus 007: Tilla ko‘z”, 1997 yilda suratga olingan “Josus 007: Ertaga hech kim o‘lmaydi”, 1999 yilda tasvirga tushirilgan “Josus 007: butun olam kamlik qiladi” va 2002 yilda ishlangan “Josus 007: Halok bo‘l, faqat hozir emas” kinokartinalaridir. Irlandiyalik bu aktyor aynan ana shu rollari tufayli dunyoning ko‘zga ko‘ringan aktyorlari safiga kirdi.

U ilk marotaba Bond rolini o‘ynaganda 42 yoshda edi. 49 yoshida esa josus rolini ijro etgan.

U ishtirok etgan jami filmlarga sarflangan mablag‘ning umumiy budjeti 467 million AQSh dollarini tashkil etadi. Filmlar jamlagan mablag‘ esa 1 milliard 546 million AQSh dollariga teng. Pirs Brosnan yuqoridagi filmlarga suratga tushgani uchun 41 million 100 ming AQSh dollari miqdorida gonarar olgan. 

Ko‘p bora tanqidlarga uchragan va mutlaqo josus roliga mos tushmaydi deb hisoblangan aktyor Daniyel Kreyg shu paytgacha Bond haqida suratga olingan uchta filmda bosh qahramon rolini ijro etishga muvaffaq bo‘ldi. Bular: “Josus 007: “Royal” kozinosi”, “Josus 007: Kvant g‘amxo‘rligi” va “Josus 007: “Skayfoll” koordinatalari” kinokartinalaridir.

U ijro etgan filmlar josus Jyeyms Bond haqida suratga olingan barcha filmlarning eng kassabopi hisoblanadi. Bundan tashqari Kreyg josus rollari uchun bir qancha mukofotlarni qo‘lga kiritgan.

2007 yilda «Saturn Award» taqdimotida “Josus 007: “Royal” kozinosi” da ijro etgan roli uchun “Eng yaxshi aktyor” mukofoti, aynan shu yili «BAFTA Film Award» kinotaqdimotida “Eng yaxshi bosh rol uchun” mukofoti va 2009 yilda «Golden Camera» marosimida “Eng yaxshi xalqaro aktyor” mkofotlari bilan taqdirlangan.

Daniyel Kreyg suratga tushgan Bond haqidagi barcha filmlarning umumiy budjeti 500 million AQSh dollarini tashkil etsa, bu filmlar keltirgan daromad esa 2 milliard 88 million AQSh dollariga teng. Aktyorning o‘zi 30 million 400 ming AQSh dollari hisobida gonarar olgan.

Maxsus GRAFFdan


Bu ham qiziq

Eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi

Eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi

Toshkent viloyati Parkent tumanida eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi.
10:25 / 07.06.2025
Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega

Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega

Eron tezkor yadroviy qurollanish imkoniyatiga ega
11:19 / 07.06.2025
5-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

5-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutl…
08:22 / 05.06.2025
Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6-iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatg…
10:00 / 05.06.2025
Bugun O‘zbekiston MTJ Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin

Bugun O‘zbekiston MTJ Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin

Uchrashuv BAAda Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
10:39 / 05.06.2025
Ukrainalik bolalar dam olish uchun Toshkentga keldi

Ukrainalik bolalar dam olish uchun Toshkentga keldi

Bolalar Ukrainaning jangovar harakatlardan aziyat chekayotgan turli viloyatlaridan, xususan, Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zapo…
17:38 / 06.06.2025
Rim papasi Putinni Ukrainada tinchlikka chaqirdi

Rim papasi Putinni Ukrainada tinchlikka chaqirdi

Vatikan 4-iyun kuni Rim papasi Lev XIV va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tganini…
13:07 / 05.06.2025
Tramp AQShga kirishga 12 ta davlat fuqarolari uchun taqiq joriy etdi

Tramp AQShga kirishga 12 ta davlat fuqarolari uchun taqiq joriy etdi

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi 12 ta davlat fuqarolarining AQShga kirishini t…
08:49 / 05.06.2025
O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston aprel oyi yakunlari bo‘yicha yana dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi xab…
18:22 / 04.06.2025
Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 9–11-iyun kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
14:46 / 07.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!