Ko‘pgina ota-onalar farzandli bo‘lgach aynan qanday multfilmlar foydali ekanligiga qiziqadi. Endi vaqtingizni sarflab internet yoki televizordan bolangiz uchun foydali media mahsulotlarni qidirib o‘tirishingiz shart emas. Biz bolalar miriqib tomosha qiladigan, ularning atrofdagi olamni yaxshiroq anglab yetishida foydali bo‘lgan ajoyib multfilmar ro‘yxatini tuzib chiqdik.
Adme.ru tahririyati bolalar uchun quyidagi to‘liq metrajli animatsion filmlarni tavsiya qiladi. Unda odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning barcha asosiy tamoyillari yaxshi aks ettirilgan. Ro‘yxat yakunida esa sizni qiziqtiradigan ma’lumotlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin .
1. Dengiz qo‘shig‘i (Irlandiya, 2014)
Mazkur multfilm o‘z oilasi bilan munosabati yaxshi bo‘lmagan bolakay Ben haqida. U o‘z singlisidan ota-onasini qizg‘anadi. Buvisi bolalarni o‘zi bilan shaharga olib ketganida. Ben uyiga qochish rejasini tuzadi. Ammo singlisi ortidan ergashib kelayotganini hayoliga ham keltirmaydi.
Ruhiyatimizga bevosita ta’sir qiluvchi bu ajoyib kartina har bir insonni oila a’zolarining qadriga yetishga undaydi.
2. Ernest va Selestin: Sichqon va ayiqning sarguzashtlari (Fransiya, 2012)
Animatsion film turli joylarda yashaydigan sichqonlar va ayiqlar haqida. Ayiqlar sichqonlarni zararkunanada deb hisoblagani uchun yomon ko‘radi. Sichqonlar esa bolalariga ayiqlar haqida qo‘rqinchli hikoyalar aytib berishadi. Ammo bir voqea sabab bo‘lib bu ikki xil jonzot do‘stlashib olishadi.
Xullas, bu do‘stlik haqidagi ajoyib multfilm.
3. Qorbo‘ron (Kanada, 2015)
Qishki ta’tilda zerikib qolgan maktab bolalari qordan qal’a qurishga qaror qilishadi. Bunda ular ikki guruhga bo‘linib ish boshlashadi. Natijda bolalarning o‘rtasida raqobat boshlanib ketadi.
Bolalarda munosabatlar qanday rivojlanishi, do‘stlikning kuchliligi va jamoa tuzish qobiliyati haqidagi bir oz qayg‘uli, ammo ibratli multfilm.
4. Trollar oilasi (AQSh, 2014)
Alan Snou kitobi asosida ishlangan mazkur multfilm yer ostida yashaydigan Egsining oilasi haqida. Shahar aholisi trollarni yovvoyi va xavfli deb hisoblab, ularni yo‘q qilishga urinishadi. Ammo, Egsining aristokrat oilaning qizi Uinfred bilan tanishuvi bunga to‘sqinlik qiladi.
Do‘stlik haqidagi ta’sirchan hikoya ijodkorlari hokimiyatning shahar aholisini boshqarishni istamasligi, hukmron elitaning dangasaligi, beparvoligi, olomonning shafqatsizligi va ijtimoiy kelishmovchiliklar kabi nozik mavzularni muhokama qilishdan qo‘rqmaganlar.
5. Teskari dunyo (Yaponiya, 2013)
O‘tmishda sodir bo‘lgan falokat natijasida insoniyat ikki xalqqa bo‘linib ketadi. Ulardan birida tortishish qonuni boshqacha ishlaydi. Ya’ni ishlatiladigan narsalar osmonga uchib ketadi. Shuning uchun ular yer ostida yashashga majbur bo‘lishadi. Yer osti malikasi chiqmaguncha bu ikki xalq bir biri bilan uchrashmaydi.
Kartinada do‘stlik bilan bog‘liq ta’sirchan voqealar sodir bo‘lib, insoniyatning mavjud tuzumga qarshi chiqishi mavzusi yoritilgan.
6. O‘tish siri (Belgiya, 2010)
Multfilm qari donishmand toshbaqaning hikoyasi bilan boshlanadi. U tuxumdan chiqqan kunidan boshlab to hozirgi kungacha boshidan o‘tkazganlari haqida hikoya qiladi. Yangi dunyo xavf-xatarlarga to‘laligini anglab, toshbaqa o‘ziga do‘st topadi. Ular birgalikda toshbaqaning hayolidagi dunyoni topish maqsadi bilan yashaydilar.
Multfilmdagi sevgi va do‘stlik mavzularidan tashqari, insonning hayvonlar va atrof-muhitga bo‘lgan munosabati asosiy planga olib chiqiladi.
7. Fern vodiysi: So‘nggi tropik o‘rmon (Avstraliya, 1992)
O‘rmon aholisi birlashib tabiatning sehrli kuchlari yordami bilan va Hexusning yovuz ruhini daraxtlardan biriga qamab qo‘yishga muvaffaq bo‘lishadi. Ammo ularga yana o‘lim xavf soladi. Bu safar ular odamlardan aziyat chekishadi. Chunki odamar butun o‘rmonni kesib tashlamoqchi bo‘lishadi.
Multfilm har bir daraxt tirik jon ekanini va tabiatga suyukli, aziz insonlarga bo‘lgani kabi munosabatda bo‘lish kerakligini o‘rgatadi.
8. Yulduzli yo‘l (AQSH, 2016)
Baster Mun ismli koala otasidan meros qolgan teatrining yopilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘lidan kelgancha harakat qiladi. Natijada, Baster do‘sti Eddi ismli qo‘y bilan qo‘shiqlar tanlovini tashkil qiladi. Ular shaharning har bir fuqarosiga ishtirok etishni taklif etishadi va g‘olibga katta mukofot va’da qilishadi.
Insonni orzulari va o‘zini anglashga o‘rgatadigan ajoyib saundtreklar va qahramonlardan iborat qiziqarli multfilm.
9. Uzoq Shimol (Fransiya, 2015)
Sasha ismli qiz Arktika bo‘yicha tadqiqotchi olim bo‘lgan bobosining taqdiridan havotirda bo‘ladi. Chunki bobosi Shimoliy qutbga qilingan so‘nggi ekspeditsiyadan qaytib kelmaydi. Sasha ham bobosi kabi tadqiqot va kashfiyotlarga qiziqadi. Ammo ota-onasi bunga mutlaqo qarshilik qiladi. Natijada, bobosi va uning mashhur tadqiqot kemasini topish uchun Shimolga qochib ketadi.
Ko‘plab film va multfilmlar orzu qilish haqida bo‘ladi. Ammo, “Uzoq Shimol” multfilimida bu mavzuga yangicha va chiroyli tarzda yondashilgan. Bu ajoyib, ibratli va nima bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydigan jonli hikoya. Bosh qahramonning qat’iyatliligi, syujet mantig‘i, yaxshi tanlangan saundtrek, ijro etish tilining sodda va ravonligi bilan kartina tomoshabinni o‘ziga mahliyo qilib oladi.
Ota-onalarga o‘smir bolalarni yaxshiroq tushunishga yordam beradigan multfilmlar:
1. Avril va soxta dunyo (Fransiya, 2015)
Fransiyada Napoleon VI va bug‘ texnologiyasi hukmronlik qiladi. Chunki ko‘p yillar davomida butun mamlakatda olimlar yo‘q bo‘lib ketgandi. Elektr energiyasi ham kashf qilinmagan davr. Avril yoshligida uning ota-onasi boqiylik eleksirini kashf qilishga urinishgan. Ammo ular ham qayergadir yo‘qolib qolishgandi. Avril gapira oladigan mushugi bor qiz bilan birga ota-onasi yaratmoqchi bo‘lgan eleksir formulasini qayta tiklashga harakat qiladi.
Ota-onalar o‘smir yoshdagi farzandlarini qo‘llab-quvvatlashlari qanchalik muhim ekanini ko‘rsatadigan betakror multfilm.
2. Janob Peibodi va Shermanning sarguzashtlari (AQSh, 2014)
Janob Peibodi ixtirochi, olim, Nobel mukofoti sovrindori, va u kuchuk. Vaqt mashinasi yordamida janob Peibodi va uning asrab olingan o‘g‘li Sherman o‘tmishga borishadi. Sherman u yerda zamonlararo sayohat qilish qoidalarini buzadi.
Multfilm farzandlarini o‘zlari istagandek qilib tarbiyalamoqchi bo‘lgan ota-onalar haqida.
3. Ame va Yuki bo‘ri bolalari (Yaponiya, 2012)
Kartina ikki farzandli, kuchli irodali ayol haqida. Uning turmush o‘rtog‘i ikkinchi farzandi tug‘ilgan paytda vafot etadi. Bolalarga otalaridan bo‘riga aylanib qolish qobliyati meros sifatida o‘tgan bo‘ladi. Shuning uchun bolalar onasi bilan birga katta shahardan chiqib ketishga majbur bo‘lishadi.
Katta yoshdagi bolalarni mustaqil hayotga qo‘yib yuborish kerakligini eslatib qo‘yadigan ajoyib multfilm.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!