Hech kvokkalar haqida eshitganmisiz? Agar yo‘q deb javob berayotgan bo‘lsangiz, demak dunyodagi eng yorqin tabassumni ko‘rmagan ekansiz. Kayfiyatingizni ko‘tarishni istasangiz, sayyoraning eng xursand yovvoyi hayvoni tasvirlangan suratlar bunda qo‘l keladi. Yoki, ularni shaxsan o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish uchun Avstraliyaning Rottnest va Bold orollariga boring.
Bu noyob hayvonlar o‘zining betakror tabassumi bilan butun dunyoga mashhur. Kvokkalar xuddi kengurular kabi makropodlar (katta oyoqlilar) oilasiga mansub. Ular 10 yilgacha umr ko‘radi va asosan tunda faol bo‘ladi.
Ushbu o‘txo‘r jonivorlar kameradan ham, odamlardan ham qo‘rqmaydi. Rottnest oroliga kelgan barcha sayyohlar kvokkalar bilan suratga tushadi. Ushbu yoqimtoy jonzotlar kameraga qarab, inson yuziga taqlid qiladi va ular bilan “selfi” juda ajoyib chiqadi.
Ularning soni tulki va mushuksimonlar sabab kamayib bormoqda. Lekin kvokkalar butunlay himoyasiz emas. Ularning o‘tkir tishlari eng kuchli qurol hisoblanadi.
Bunday maftunkor tabassumga befarq bo‘lish mumkinmi, axir?
1. Kel, seni bir quchay!
2. Mazza qilib mizg‘iyapti
3. Shirinligini!
4. Men va oyim
5. Bizga selfi yoqadi!
6. Barg evaziga o‘pich?
7. Salom!
8. Yuragim erib ketdi
9. Ajoyib!
10. Yengil nonushta
11. Birgalikda! Baxtli!
12. Nyam-nyam!
13. Go‘dak kvokka
14. “Anavi nima, oyi?”
15. Baxtli mitti kvokka
16. Yana bir selfi
17. Qalaysizlar?
18. Yangi sarguzashtga tayyor
19. Momiq yanoqlarim sizga yoqdimi?
20. Shunchaki yoqimtoy
21. Tamaddi
22. Kameraga kulamiz!
23. Mag‘rur ona
24. Yoqimtoy
25. Salom!
26. Sohilni yaxshi ko‘raman!
27. Kichik Kazanova
28. Yaqinroq kelamiz
29. Tayyorman!
30. Eng yorqin tabassum.
Ziyodaxon G‘ulomova tayyorladi
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!