$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

Bosh og‘rig‘i xunob qilganda...

17:39 / 19.01.2020

Bosh og‘rig‘i ishlay olish layoqatini yo‘qotishga olib keladigan kasalliklar orasida uchinchi o‘rinda turadi. Bular orasidan eng ko‘p tarqalgani aqliy zo‘riqish tufayli yuzaga keladigan bosh og‘rig‘idir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzining 1,5 milliard aholisi aynan bosh og‘rishidan aziyat chekadi.

Aqliy zo‘riqish tufayli paydo bo‘ladigan bosh og‘rig‘i
Bunday kasallikda insonni bosh og‘rig‘idan boshqa narsa bezovta qilmaydi. Shu sabab uni migren bilan yanglishtiradi. Aqliy zo‘riqish tufayli yuzaga keluvchi bosh og‘rig‘ini quyidagi belgilar orqali farqlash mumkin:
•  Boshning ikkila yon tomoni og‘riydi. Og‘riqlar bosuvchi yoki qisuvchi xarakterga ega.
•    Og‘riqlar yengil va o‘rtacha og‘irlikda bo‘lgani sabab inson o‘z professional vazifalarini bajarishda davom etaveradi. Ammo uning produktiv ish faoliyati sezilarli darajada susayadi.
•   Jismoniy harakatlar vaqtida og‘riq yanada kuchayadi (yurganda yoki zinadan ko‘tarilib-tushishlarda ham). 

Nimalar sabab bo‘ladi?
•  Aqliy faoliyat bilan muttasil shug‘ullanish
•  Xavotir yoki kayfiyat tushishi
•  Stress, ziddiyatli vaziyatlar
•  Yetarlicha dam olmaslik
•  Surunkali charchoq
•  Idora sharoitida tanafussiz ishlash
•  Ko‘pincha 30-60 yoshlar orasidagi insonlarda kuzatiladi. Bunda kam muloqotga kirishish, oylik maoshning yetishmasligi kabi bir qator omillar sabab bo‘ladi.  

Boshim og‘rimasin desangiz
Avvaliga bosh og‘rig‘ining sababini aniqlab olish zarur. Insonning neyro-psixologik salomatligi bilan shug‘ullanuvchi olimlar bu og‘riqlarni chetlab o‘tish uchun quyidagi oddiy ko‘rsatmalarga amal qilishni tavsiya qilishadi:

1. Ishdan keyin, albatta, dam oling. Hordiq chiqarishning yetishmasligi asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: siz o‘ta ta’sirchan bo‘lib qolasiz. Haftada 5 yoki 6 kun ishladingizmi? Unda yettinchi kuni uyda dam oling, hordiq chiqaring. Dam olish kunida zalga borish, jismoniy faollik bilan mashg‘ul bo‘lish sizni yaxshi chalg‘itadi.
2.  To‘yib uxlashni unutmaslik kerak. Tungi uyqu 8 soatni tashkil qilishi kerak. Ushbu muddat davomida miya hujayralari o‘zini tiklab olishga ulguradi.Uxlashdan avval xonada qorong‘u muhit yaratilishi kerak: pardalar zich yopilishi, chiroq o‘chirilishi lozim. Bu harakatlar organizmni yashartiruvchi va faollikni ta’minlovchi gormon melatonin ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. To‘shakka yotganingizdan keyin gadjetlardan foydalanmang.

3.  O‘z salomatligingizga g‘amxo‘rlik qilishni unutmang. Salomatligiga e’tibor bermaydiganlarda bosh og‘rig‘i ko‘proq kuzatiladi. Tanangizdagi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida e’tibor bering, shifokorga ko‘rinib turing.

Bosh og‘rishni boshlaganda nima qilish kerak?

Eng avvalo, shifokor chaqirish lozim. Og‘riq qoldiruvchi dori qabul qilishingiz ham  mumkin. Boshni ortiqcha o‘y-hayollardan bo‘shatish, biroz bo‘lsada hotirjam bo‘lishga harakat qiling. Ko‘rsatish va o‘rta barmoq bilan chakka, peshona, bo‘yinning orqa qismini aylanma harakatlar bilan uqalash ham foyda beradi. Massaj qon aylanishini yaxshilaydi, spazmlarni yo‘qotadi. 10-15 daqiqa uqalash tavsiya etiladi.
Turli o‘tli tinchlantiruvchi damlamalar ham qo‘l kelishi mumkin. Uxlab olish og‘riqni yo‘qotishning eng samarali usuli.


Bu ham qiziq

Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyaga boradi

Qirol Charlz III buni yuqori darajadagi tashrif bo‘ladi deb hisoblamoqda
22:58 / 14.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025
O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 17–19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilm…
10:16 / 15.07.2025
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025
Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025
O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

O‘zbekiston turizmi ispan O.A.V. lari nigohida

Ispaniyadagi media nashrlar O‘zbekistonda sayyohlik va turizm borasida o‘zgarishlar bo‘layotganini qayd etdi
19:33 / 15.07.2025
Interpolning O‘zbekistondagi byurosi qidiruvda yurgan navbatdagi jinoyatchini ushladi

Interpolning O‘zbekistondagi byurosi qidiruvda yurgan navbatdagi jinoyatchini ushladi

Ayblanuvchi mablag‘larni talon-toroj qilishda ayblanmoqda
21:15 / 14.07.2025
Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Bolalarni akillatib davolamoqchi bo‘lgan psixologga jinoyat ishi ochildi

Ma’lum qilinishicha, Bolalar ombudsmani 2024-yilning yakuni va 2025-yilning yanvar oyida uning harakatlari bo‘yicha o‘rganis…
14:18 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!