Ayni paytda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida “Sport kurashlari bo‘yicha Osiyo qit’asi uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi lisenzion musobaqaga tayyorgarlik masalalari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu matbuot anjumanida ishtirok etayotgan AIBA rahbari Umar Kremlyov 2023-yil kattalar o‘rtasida boks bo‘yicha o‘tadigan jahon chempionati Toshkent shahrida o‘tkazilishi rasman e’lon qildi.
Ushbu musobaqa nafaqat O‘zbekiston, balki mintaqada ilk bora tashkil etiladi.
2023-yilgi boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionatida Parij–2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmalar o‘ynaladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!