$
12632.22 UZS
22.05
134.39 UZS
-0.85
13478.58 UZS
-48.35
27° Kechasi 14°

Janubiy Koreya O‘zbekistonga 8 ta maxsus avtomashina va tibbiy jihozlarni sovg‘a qildi

15:28 / 28.12.2021

Joriy yil 27-dekabr kuni Seul shahrida O‘zbekiston FVVga 8 dona maxsus yong‘inga qarshi avtomobil va tibbiy jihozlar, shuningdek, himoya vositalari va jihozlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi, Koreya Respublikasi Milliy yong‘in xavfsizligi xizmati, Koreya-O‘zbekiston biznes uyushmasi va Koreya yong‘in xavfsizligi assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etgan.

Mazkur uskunalar O‘zbekistonga 2022-yilning boshida yetkazib beriladi.

Shuningdek, Janubiy Koreya tomoni O‘zbekiston hamda Janubiy Koreyada ushbu uskunalardan foydalanish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Tadbir davomida O‘zbekiston FVV Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar ilmiy-tadqiqot instituti bilan Koreya yong‘in xavfsizligi instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi ham imzolangan va muntazam tajriba almashish maqsadida idoralararo hamkorlikning bevosita aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Ayni paytda Janubiy Koreya tomoni bilan Toshkent viloyatida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv majmuasini qurish bo‘yicha investisiya loyihasini amalga oshirish masalasi ishlab chiqilmoqda.

Bundan tashqari, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, jumladan, O‘zbekiston FVV mutaxassislarini Janubiy Koreyadagi yong‘inga qarshi tayyorgarlik bo‘yicha ta’lim muassasalarida tayyorlash sohasida hamkorlikni faollashtirish rejalashtirilgan.


Bu ham qiziq

Bradikardiya qanday kasallik?

Bradikardiya qanday kasallik?

Bradikardiya – bu yurakning bir daqiqa davomida 60 tadan kam qisqarishi hisoblanadi.
10:34 / 01.05.2024
“Bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”, – Mirziyoyev

“Bizning asosiy maqsadimiz – O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir”, – Mirziyoyev

Endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalardan olinayotgan dividendlar bo‘yicha soliqlardan uch yil muddatga ozod etiladi.
11:30 / 02.05.2024
Fransiyada mahbuslar soni rekord darajada oshdi

Fransiyada mahbuslar soni rekord darajada oshdi

Bu haqda “Report.az” xabar berdi.
11:10 / 01.05.2024
Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan

Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan

Shavkat Mirziyoyev uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisida nutq so‘zlamoqda.
11:06 / 02.05.2024
Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi

Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi

Ayni daqiqalarda yalpi sessiyada Prezidentimiz nutq so‘zlamoqda.
10:42 / 02.05.2024
“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

Filmning premyerasi 8-may kuni bo‘lib o‘tadi.
11:10 / 01.05.2024
AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

Amerika rasmiysining qayd etishicha, bunday darajaga erishish deyarli imkonsiz.
10:31 / 01.05.2024
Taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi

Taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli kinoaktyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi.
12:56 / 02.05.2024
Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov O‘zbekistonga keladi

Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov O‘zbekistonga keladi

Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
10:26 / 01.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Vitse-prezidenti Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan.
18:07 / 01.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!