$
12918.36 UZS
17.99
144.65 UZS
0.85
13951.83 UZS
132.95
16° Kechasi

Yangi yil bayramida kim qanday taom tayyorlaydi?

14:28 / 31.12.2021

Yangi yil yaxshi tilaklar bayrami. “Yangi yildan hayotimizning yangi sahifasi boshlanadi” deb aytishga odatlanib qolganmiz. Bekalarimiz esa bayram dasturxoniga alohida tayyorgarlik ko‘rishi odatiy hol. Lekin, dasturxonga kelganda har bir oilaning o‘z ta’bi, o‘z an’anasi bo‘ladi. Qolaversa, O‘zbekistonning har bir hududi taomlarida o‘ziga xoslik bor. Xabardor.uz “Yangi yil bayramida qanday taom tayyorlaysiz?” degan savol bilan bir necha bekalarga murojaat qildi.

Go‘zal To‘laganova, Yuqori Chirchiq tumanidagi “Ittifoq” mahallasida yashaydi

– Ochig‘i, dasturxon bu pul bilan bog‘liq gap. Olti yil avval turmush o‘rtog‘im o‘tib qolganlar.  Oila boquvchisi o‘zimman. Shifoxonada oddiy ishchi bo‘lib ishlayman. Xudoga shukr, o‘tayotgan yilda qizim o‘qishga kirdi. O‘g‘lim hali maktabda o‘qiydi. Bayram yaqinlashgani sayin, nima qilsam bolalarim uchun haqiqiy bayram yaratib beraman, deb o‘yga tolgan edim. Tunov kuni mahallaga chaqirib qolishdi. Nima gap ekan deb borsam, Prezidentimiz bizga o‘xshagan oilalar uchun pul ajratibdi. Ming rahmat! Shunaqa xursand bo‘lib keldimki...

Darrov borib bozorlik qilib keldim. Endi norin qiladigan bo‘ldik, suyuq ovqat tortamiz, meva, salatlar bo‘ladi dasturxonimizda. Pulni ixcham-ixcham ishlatishga o‘rganib qolganman. Tejab qolingan pul bayramdan keyin ham asqatadi. 

Farida Meliyeva, Urgut tumanidagi “Mozortepa” mahallasida yashaydi, tadbirkor

 – O‘tayotgan yil bizning oilamizga ham yaxshiliklar olib keldi. Chaqaloqlar uchun kiyim-bosh tikishga mo‘ljallangan syeximizni ishga solgandik, 2021 yilda ishimizni kengaytirdik, yangi xildagi mahsulotlar tikishni yo‘lga qo‘ydik. Ishchilarimiz ham o‘n nafarga yetdi. O‘zim qaynona bo‘lsam ham katta bir oilaning keliniman. Qaynonam biz bilan yashaydilar. Shu sababli, shukr, Yangi yil oqshomida xonadonimizdagi keldi-ketdi ham ko‘p bo‘ladi.

Barcha taomlardan ko‘proq tayyorlaymiz. Somsa, pishiriqlar albatta bo‘ladi. Kelinlar, qizlar bu ishni o‘zlari qoyillatadi. Suyuq ovqatni barvaqtroq solib qo‘yamiz. Lekin asosiy ovqat six kabob bo‘ladi. Buni erkaklar tayyorlashadi. Shu sababli, bayram dasturxonimiz faqat ayollar mehnatiga bog‘liq emas. Eng muhimi, hazil-huzul, yaxshi tilaklar, musiqa, bolajonlarga sovg‘alar bayram kayfiyatini belgilaydi. 

Mavsuma Qodirova, Rossiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojiri

– Men Moskvadagi ko‘p qavatli uylarning birida kommendant hisoblanaman. Pensiya yoshidaman. Bu yerda, kirish-chiqishni, tinchlikni, ozodalikni nazorat qilaman. Kiraverishda kichik bir xona berilgan. Maoshim 400 dollar atrofida. Ishim tinch, oson, “dom”da yashovchilar meni hurmat qilishadi.

Ochig‘i, Yangi yilni men nishonlamayman. (Lekin avvalalari nishonlaganman). Bu iqtisodiy holat bilan bog‘liq  emas.

Men uchun yangi yil yo‘q. Men Alloh farzlarini ado qilishga harakat qilayapman. Islom dinida yangi yil yo‘q. Men uchun Qurbon hayiti, Ramazon hayiti va har hafta juma kuni bayram. Bizning oilada tug‘ilgan kun, yangi yilni nishonlamaymiz. Lekin “dom”ga kiraverishda archani bezatib  qo‘ydim. Chunki, bu yerda yashovchilar talabini bajarishim kerak.  

Sanobar Rahmatova, ToshMIda sanitarka bo‘lib ishlaydi

– Toshkent viloyatidan kelib ishlayman, chunki u yerda ish yo‘q. 17 yildan beri Yuqori Chirchiqdan qatnab ishlayman. 3 ta farzandim bor. Yangi yilda nasib bo‘lsa, oilamiz yengil ovqatlarni yaxshi ko‘radi, tovuqning tandir kabobini qilayapmiz. 2 xil salat tayyorlaymiz – fransuz salati va krabli salat. Mevali narsalarimiz bor. Bayram dasturxonining xarajati katta. Norinni yangi yildan keyin qilib beraman. Norinni biz sergo‘sht qilamiz, kamida 4 kilo go‘sht ketadi. Mandarin yarim kilo, kivi yarim kilodan bo‘lsa ham olaman. Kamida 500 ming so‘m ketadi. Mandarinlar qimmat bo‘lib ketdi. Pishiriqlarga asl masalliq solinmasa, o‘xshamay qoladi. Oyligim 1 mln 600 ming so‘m. Xo‘jayinim ham oddiy ishchi. Lekin nolimaymiz. Yangi yilni bayram sifatida nishonlashimiz kerak. Bolalar kutadi. 5 kun dam olish kuni berildi. Yoshi ulug‘lar, qarindosh-urug‘lar yo‘qlanadi, shu bahonada.

Qizlarim dastyor bo‘lib qolgan, kuydir-pishirda men ko‘p charchamayman. Zuhra qizim tort pishiradi, kursga borgan. Shu qizim 3 yildan beri hujjat topshirardi, shu yili o‘qishga kirdi. Kelgusi yilda Fotima qizim ham o‘zi istagan soha bo‘yicha o‘qishga kirsin, ilohim. 

Sayyora Toshboyeva, Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanidagi 90-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

 – O‘tgan yili Yangi yil bayrami dasturxonini qizim tuzatgan edi. Endi esa u kuyovi uyida, qizalog‘i bilan ovora. Shukr, lekin, men Yangi yil deganda dasturxonni emas, o‘quvchilarim bilan o‘tkazgan tadbirni ko‘proq ko‘z o‘ngimga keltiraman. Bu yil maktablarda bayramni keng miqyosda o‘tkazmaslikka qaror qilindi. Bu bolajonlarimiz sog‘lig‘i uchun albatta. Lekin bolalar, baribir, bayramni istashadi. Shu sababli bayramni dars tarkibida sahna ko‘rinishida o‘tkazdik. Ota- onalar bilan maslahatlashib, bolalarga kichik sovg‘alar tayyorladik. Ya’ni har bir o‘quvchi 3 tadan ertak kitobiga ega bo‘ldi. Qizig‘i, birida bo‘lgan kitob boshqasida yo‘q. Ularni ta’tilga kuzatib bo‘lib, nihoyat uyda dasturxon tuzash ham yodga tushadi.

Biz chorvador tumanmiz. Bizda qaynatma sho‘rva – sho‘rva bo‘lganda ham necha quyuq ovqatlarning kuchiga teng suyuq ovqat, albatta, har bir oilada pishiriladi. Issiq non va tandirda pishirilgan somsalar bo‘ladi. Dasturxon to‘la bo‘lishiga harakat qilinadi. Men ham sho‘rva pishiraman, turli pishiriqlar tayyorlayman, deb turibman. Keyin do‘lmami, kabobmi qilsak kerak. Ikkala o‘g‘lim xam oliy ma’lumotli. Ularning do‘stlari kirib kelsa, munosib kutib olishimiz kerak.

Shoira Sattorova, Buxoro viloyati, Vobkent tumani, Nayman qishlog‘idan

– Men ketayotgan yil bilan minnatdor xayrlashaman. 2020 yilning kuzida koronavirus bilan og‘ridim. Og‘ir kechdi, bir o‘limdan qoldim. Lekin asorati yomon bo‘ldi, to‘shakka mixlanib qoldim. Bolalarim unashtirilgan edi, bemorligimga qaramay to‘ylarini o‘tkazib oldik. Mana, asta-asta yurayapman. Bugun 20 qadam yurdim. Kelinim hali yangi kelinchak. Buning ustiga talaba, 4-bosqichda o‘qiydi. Hozir ta’tilda bo‘lgani uchun qozon-tovoqdan bo‘shamay qolyapti. Yangi yil bayrami oldidan keldi-ketdilar ko‘p bo‘ladi, mendan xabar olgani kelishadi. Kelinga “ertalabdan no‘xat sho‘rvangiz qaynab tursin” dedim. Yana bir nimalar qilishar. Buyruq beraverib g‘ashiga tegmayin, o‘zlari didiga ko‘ra, nima tayyorlasa ham shukr deb yeyman.

Muhabbat opa, Jizzax viloyati, Zomin tumanidan

– Yangi yil oldidan nevaramga alvon rangli qorbobo kiyimchasini kiydirib qo‘yib suratga tushirdik. Bayram dasturxonimiz atrofi bezagi ham avvalo ana shu bolajonlarimiz. Bizda tansiq taom jiz hisoblanadi. Uni tayyorlash uchun maxsus o‘ziga xos sirlarini ham bilish kerak. Lekin suyuq ovqat ham bo‘ladi. Yangi yil dasturxoni chaq-chuqdan tortib pishiriqqacha, og‘ir taomlarni yegandan so‘ng ularni hazm qiladigan yana bir nordon suzmali ovqat, albatta tayyorlanadi. Bayram dasturxoni uchun kamida bir million so‘m kerak bo‘ladi.

Xabardor.uz suhbatdoshlarining har biri yurtdoshlarimizga o‘z ezgu tilaklarini bildirishdi. Siz yashayotgan hududda qanday taom tansiq hisoblanadi. Sizning xonadoningizda Yangi yil oqshomida qanday taom tayyorlanadi?


Bu ham qiziq

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi

Migratsiya agentligi hamda Xitoyning “JC Finance Interconnect Holdings” kompaniyasi raisi U Tinyi o‘rtasida onlayn uchrashuv…
15:32 / 09.03.2025
Suriyada qochqinlar Rossiyaning harbiy bazasidan boshpana topdi

Suriyada qochqinlar Rossiyaning harbiy bazasidan boshpana topdi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
13:23 / 09.03.2025
Davlat yerlari chet elliklarga berib yuborilayotgani haqidagi xabarlar asossiz ekanligi aytildi

Davlat yerlari chet elliklarga berib yuborilayotgani haqidagi xabarlar asossiz ekanligi aytildi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Yurtimiz yerlari chet elliklarga berib yuborilayotgani yoki sotilayotgani” haqid…
21:53 / 06.03.2025
7-martdan boshlab Toshkentda yo‘llarni ta’mirlash boshlanmoqda

7-martdan boshlab Toshkentda yo‘llarni ta’mirlash boshlanmoqda

Qish mavsumi tugashi bilan poytaxtda ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha faol ishlar boshlan…
10:13 / 07.03.2025
2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025
Janubiy Koreya prezidenti qamoqdan ozod qilindi

Janubiy Koreya prezidenti qamoqdan ozod qilindi

Janubiy Koreya sudi prezident Yun Sok Yolni qamoqdan ozod qilishga qaror qildi. Yonhap xabariga ko‘ra, davlat rahbari yanvar…
19:26 / 07.03.2025
Aeroportda yo‘lovchi xodimga pichoq bilan tahdid qildi

Aeroportda yo‘lovchi xodimga pichoq bilan tahdid qildi

Bu haqda Nur.Kz xabar bermoqda.
13:44 / 07.03.2025
“Malika”dan 5,8 mlrd so‘mlik mahsulot olib, pullarni qaytarmagan yigit qamaldi

“Malika”dan 5,8 mlrd so‘mlik mahsulot olib, pullarni qaytarmagan yigit qamaldi

Sud majlisi 2025-yilning 30-yanvar kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida bo‘lib o‘tgan.
08:34 / 09.03.2025
Maishiy chiqindilar bo‘yicha cheklovlar rad etildi

Maishiy chiqindilar bo‘yicha cheklovlar rad etildi

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda “Bir xonadonga 3 qopdan chiqindi limiti qo‘yilibdi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.
18:52 / 06.03.2025
“Chotqol” va “Oqtog‘-Tomdi” tabiiy hududlarining qo‘riqlanma zonalari belgilandi

“Chotqol” va “Oqtog‘-Tomdi” tabiiy hududlarining qo‘riqlanma zonalari belgilandi

Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-martdagi 142-sonli qarorida belgilab qo‘yilgan.
09:23 / 09.03.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!