$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
38° Kechasi 25°

Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

09:58 / 01.06.2025

2024-yilning 12-noyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Pop tumani hududida harakatlanayotgan Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatildi.

Avtomashina xolislar ishtirokida tekshirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli yuk sumkasida 3 kg 887 gr “opiy” va 9 kg 839 gr “gashish” moddalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, u Tojikiston Respublikasi fuqarosi bilan o‘zaro til biriktirib, qo‘shni davlatdan giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilish hamda sotib, mo‘may daromad topishni reja qilganligi va ushbu zahri qotilni Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida qabul qilib olganligi ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tezkor-tergov tadbirlari davom ettirilib, 2024-yilning avgust-sentyabr oylarida tojikistonlik narkosavdogar tomonidan Bo‘ka tumani hududiga yetkazib berilgan va mazkur shaxs qabul qilib olib, Dang‘ara tumanida joylashgan o‘ziga tegishli yer uchastkasiga yashirib qo‘ygan 1 kg 902 gr “opiy” va 857 gr “gashish” moddalari hamda 1 dona “Makarov” pistoleti, 2 dona o‘qdon va 18 dona patron ham protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudi tomonidan mazkur fuqaro Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasining 1 va 2-qismlarida hamda 25,273-moddasining 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.


O‘zbekiston


														
														Farg‘onadagi alyuminni qayta ishlash sexida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi

Farg‘onadagi alyuminni qayta ishlash sexida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
15:49 / 05.06.2025

														
														Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Shu munosabat bilan bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
14:17 / 05.06.2025

														
														Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6-iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatg…
10:00 / 05.06.2025

														
														Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Ertaga — Qurbon hayiti kuni, ya’ni rasmiy bayram va dam olish kuni.
09:40 / 05.06.2025

														
														Bugun, 5-iyundan OTMlarga qabul boshlandi

Bugun, 5-iyundan OTMlarga qabul boshlandi

Prezidentning PF-81-son Farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanl…
09:11 / 05.06.2025

														
														5-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

5-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutl…
08:22 / 05.06.2025

														
														UzAuto Motors yangilangan UzAutoSavdo saytini ishga tushirdi

UzAuto Motors yangilangan UzAutoSavdo saytini ishga tushirdi

O‘zbekistonda UzAutoSavdo avtomobillarini sotish bo‘yicha yangilangan sayt ishga tushirildi. Bu haqda UzAuto Motors kompaniy…
18:32 / 04.06.2025

														
														Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobod tumanida 19 yoshli yigitning jasadi topildi. Bosh prokuratura tomonidan ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshi…
18:27 / 04.06.2025

														
														O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston aprel oyi yakunlari bo‘yicha yana dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi xab…
18:22 / 04.06.2025

														
														O‘zbekistonda Amir Temur davriga oid noyob artefaktlar topildi

O‘zbekistonda Amir Temur davriga oid noyob artefaktlar topildi

Toshkentdan uzoq bo‘lmagan joyda, qadimiy Shahruxiya shahri hududida o‘zbek va turk arxeologlari Amir Temur davriga oid noyo…
18:14 / 04.06.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning yangi elchisi Iordaniya Podshohiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Nodirjon Turg‘unov ushbu mamlakat Podshohi Abdull…
19:31 / 03.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 11,5 yillik qamoqqa hukm qilindi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 11,5 yillik qamoqqa hukm qilindi

Atambayev noqonuniy boylik orttirish, yer uchastkalarini egallab olish va 2019-yil Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi ommaviy tartibsiz…
10:23 / 04.06.2025
Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Ertaga — Qurbon hayiti kuni, ya’ni rasmiy bayram va dam olish kuni.
09:40 / 05.06.2025
Rim papasi Putinni Ukrainada tinchlikka chaqirdi

Rim papasi Putinni Ukrainada tinchlikka chaqirdi

Vatikan 4-iyun kuni Rim papasi Lev XIV va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tganini…
13:07 / 05.06.2025
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 2025-yil 6–8-iyun kunlari aholining dam olish vaqtini maroqli tashkil etish hamda ich…
12:11 / 04.06.2025
Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari…
18:47 / 03.06.2025
Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

Toshkentning 122 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6-iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatg…
10:00 / 05.06.2025
Ilon Mask ortiq BMTni moliyalashtirmaslikni taklif qildi

Ilon Mask ortiq BMTni moliyalashtirmaslikni taklif qildi

U bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
09:03 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaga yangi prezident saylandi

Janubiy Koreyaga yangi prezident saylandi

Saylovlarda birlashgan demokratik partiyadan nomzod Li Chje Myon g‘alaba qozondi.
08:16 / 04.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!