“HET” AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan barcha hududlarda muntazam ravishda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va noqonuniy holatlarni aniqlash hamda ularga barham berishga qaratilgan reyd tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbirlarida Yozyovon tumani hududidagi “A.A.F” fermer xo‘jaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qo‘yib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmog‘idan foydalanib kelinganligi aniqlandi.
Ushbu holat bo‘yicha qayta hisob-kitob qilinganda iste’molchi tomonidan 1 mlrd 845 mln so‘mdan ortiq elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanilayotgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy baho berilishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!