“2025-yil 10-iyul tongida Kiyevning Goloseyev tumanida Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) polkovnigi o‘ldirildi”, – deb xabar bermoqda RBK-Ukraina.
Kiyev politsiya boshqarmasi Goloseyev tumanida o‘q otuvchi quroldan jarohatlanish bilan erkak kishining jasadi topilganini tasdiqladi, biroq boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan.
“SBU va Milliy politsiya jinoyatning barcha holatlarini aniqlash va aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun kompleks choralarni ko‘rmoqda”, – deyiladi SBU bayonotida.
Ukraina Oliy Radasining sobiq deputati Igor Mosiychukning ma’lum qilishicha, o‘ldirilgan shaxs – SBU polkovnigi Ivan Voronich bo‘lib, u Maxsus operatsiyalar markazining 16-boshqarmasi 1-bo‘limida katta operativ xodim bo‘lib ishlagan.
Mosiychukning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchi Voronichga besh marta o‘q uzgan va voqea joyidan qochib ketgan. Voronich olgan jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!