$
12621.29 UZS
-103.87
158.44 UZS
-0.21
14596.52 UZS
88.57
35° Kechasi 21°

Britaniya ham Falastinni tan olishi mumkin

17:22 / 26.07.2025

Birlashgan Qirollik bosh vaziri Kir Starmerning X ijtimoiy tarmog‘idagi videomurojaatida ma’lum qilishicha, Buyuk Britaniya G‘azo sektorida o‘t ochish to‘xtatilgandan so‘ng Falastin davlatini tan olishi mumkin.

“Eng yaqin ittifoqchilarimiz bilan birgalikda urushdan aziyat chekayotganlarning hayotini o‘zgartiradigan amaliy yechimlarga e’tibor qaratgan holda mintaqada tinchlik o‘rnatish strategiyasi ustida ishlamoqdaman. Ushbu strategiya o‘t ochishni to‘xtatishni uzoq muddatli tinchlikka aylantirish uchun zarur bo‘lgan aniq qadamlarni o‘z ichiga oladi. Falastin davlatini tan olish ana shu qadamlardan biri bo‘lishi lozim. Bu masaladagi nuqtayi nazarim aniq”, dedi Britaniya hukumati rahbari.

Shu bilan birga, Starmer Falastinni tan olish “ikki davlatning yonma-yon yashashi tamoyili asosida Falastin-Isroil mojarosini hal etishga va falastinliklar hamda isroilliklar uchun uzoq muddatli xavfsizlikni ta’minlashga olib keladigan keng qamrovli rejaning bir qismi bo‘lishi kerak”ligini ta’kidlagan.

Financial Times gazetasi Starmer AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bilan munosabatlarni buzmaslik uchun Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishga shoshilmayotganini xabar qilgandi. Nashrning yozishicha, Vashington AQSh ittifoqchilarini Falastinni tan olmaslikka undamoqda, chunki bu G‘azo sektoridagi mojaroni hal qilishni qiyinlashtiradi.

Bundan avval Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida mamlakat Falastin davlatini rasman tan olishini ma’lum qilgandi.


Bu ham qiziq

Avazadagi konferensiya doirasida davlat rahbarlari madaniy tadbirlarda ishtirok etdilar

Avazadagi konferensiya doirasida davlat rahbarlari madaniy tadbirlarda ishtirok etdilar

Davlat rahbarlari Avazadagi milliy pavilonlarni borib ko‘rdilar
21:54 / 05.08.2025
Ertaga havo harorati 40 darajagacha koʻtariladi

Ertaga havo harorati 40 darajagacha koʻtariladi

“Oʻzgidromet” ertaga, 5-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
17:19 / 04.08.2025
2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

2025-yilda O‘zbekistonga qancha choy import qilingan?

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy yaqqol yetakchi
22:44 / 05.08.2025
6-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

6-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
21:59 / 05.08.2025
Maktabdagi hashar ortidan direktor ishdan olindi

Maktabdagi hashar ortidan direktor ishdan olindi

Xabarlar yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
09:24 / 05.08.2025
Boks federatsiyasi Laziz Mullajonovning vaziyati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Boks federatsiyasi Laziz Mullajonovning vaziyati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Tashkilot OAV vakillarini tekshirilmagan va asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi
18:16 / 05.08.2025
Kaliforniyada 30 ming gektar maydon yonmoqda

Kaliforniyada 30 ming gektar maydon yonmoqda

Katta o‘rmon yong‘inlari 1-avgust kuni boshlangan va tez tarqalishda davom etmoqda.
16:03 / 05.08.2025
Vladimir Zelenskiy: “Rossiya bilan 1200 nafar asirni almashtirish to‘g‘risida kelishuv mavjud”

Vladimir Zelenskiy: “Rossiya bilan 1200 nafar asirni almashtirish to‘g‘risida kelishuv mavjud”

Ukraina rahbari bu borada yanada ko‘proq asirlarni qaytarib olishiga harakat qilinayotganini qo‘shimcha qildi
22:54 / 04.08.2025
Toshkentda Spark yonib ketdi

Toshkentda Spark yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
15:11 / 05.08.2025
Iyul oyida “svet” va gazdan noqonuniy foydalanish ortidan tizimga 96 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Iyul oyida “svet” va gazdan noqonuniy foydalanish ortidan tizimga 96 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi org…
11:25 / 05.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!