$
12778.12 UZS
78.98
164.01 UZS
1.85
14931.23 UZS
83.4
37° Kechasi 23°

“Activist” ga “ko‘pirtirilgan” ayb qo‘yilib, adolatsizlik qilingan – Rasul Kusherbayev

18:32 / 09.04.2023

“Activist” loyihasi asoschisi Hojiakbar Nosirovga “ko‘pirtirilgan” ayb qo‘yilib, adolatsizlik qilingan. Bu haqda Tabiat resurslari vazirining maslahatchisi Rasul Kusherboyev o‘zining Telegram'dagi kanalida yozib qoldirdi.

Birinchidan, blogerning yogurtlar bo‘yicha bildirgan fikri, ya’ni yogurtlar tarkibida karmin moddasi bor yo‘qligiga oydinlik kiritilmagan. Agar u aytgan yogurtlar tarkibida shunday modda bo‘lib, bu islom diniga e’tiqod qiluvchilar uchun iste’molda mumkin emas bo‘lsa, bloger haqiqatni aytgan bo‘lib chiqadi.

Ikkinchidan, biror bir mahsulot tarkibida musulmonlar uchun halol yoki harom modda bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berganlik, gapirganlik qachondan beri diniy adovatni uyg‘otadigan bo‘lib qoldi? Qator kolbasa va boshqa oziq ovqatlar haqida halol so‘zini ishlatib reklama tarqatganlar unda nima uchun shu vaqtgacha javobgar bo‘lishmagan?

Uchinchidan, blogerning aynan qaysi gap yoki harakati jamiyatda diniy adovat uyg‘otgani tegishli mutaxassis va ekspertlar tomonidan tasdiqlandimi? Bunga oydinlik kiritilmagan.

To‘rtinchidan, blogerning yogurt haqidagi fikri ishlab chiqaruvchiga zarar yetkazgan, deb hisoblagan taqdirda kompaniyalar blogerni sudga berishi mumkin. Bu jarayonga huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bir tomonning yonini olib aralashishi kerakmas.

Beshinchidan, "IIB xodimiga bo‘ysunmaslik", degan modda istagan odamni ichkariga olib kirish uchun ishlatiladigan ayrim orsizlarning "dejurnыy statyasi"ga aylanib qolgani uchun, bu modda "straxovka" uchun qo‘yilgan, degan fikr tug‘ilmoqda. Agar diniy adovat moddasi sinsa, ushbu modda zaxirada tursin uchun.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Activist loyihasi asoschisiga berilgan jazoda diniy adovatdan ko‘ra ko‘proq shaxsiy adovat borga o‘xshaydi”,– deb yozadi u.


Bu ham qiziq

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

Toshkentda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fuqaro tizimga 2,7 mlrd so‘m zarar yetkazdi

U xonadonida konserva mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.
16:07 / 15.07.2025
Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

Toshkentda podpolkovnik pora bilan ushlandi

U fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
09:21 / 16.07.2025
Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda ikki ayol cho‘kib ketdi

Oqdaryoda cho‘milish chog‘ida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar cho‘kib ketgan.
12:23 / 16.07.2025
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:08 / 15.07.2025
“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi boshlandi

Unda 823 ta mahallaga tanaffus berildi.
09:19 / 15.07.2025
Isroil Suriya janubiga zarba berdi

Isroil Suriya janubiga zarba berdi

BBC xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Suriyaning, asosan, druzlar istiqomat qiladigan hududlarida badaviy qabilalar hamda mah…
12:58 / 16.07.2025
Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar jabrlanganlardan besh nafariga kuyish tashxisi qo‘yilgan.
11:59 / 16.07.2025
O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 17–19-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilm…
10:16 / 15.07.2025
Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi
21:25 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!