15-iyul kuni Isroil armiyasi Suriya janubidagi As-Suvayda viloyatida hukumat qo‘shinlariga zarbalar yo‘lladi. Isroil buni ozchilikni tashkil etuvchi druzlarni himoya qilish maqsadida amalga oshirganini bildirmoqda.
BBC xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Suriyaning, asosan, druzlar istiqomat qiladigan hududlarida badaviy qabilalar hamda mahalliy jangarilar o‘rtasida boshlangan to‘qnashuvlar oqibatida kamida 37 kishi halok bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, badaviy qabilalarga mansub jangchilar va druzlar kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar ilgari As-Suvayda shahridan sharqda joylashgan, asosan badaviylar yashovchi Makvas hududida yuz bergan. Bu hududni druzlarning qurolli guruhlari qurshab olib, keyinchalik o‘z nazoratiga olgan. Uylar minomyotlardan o‘qqa tutilgan, o‘nlab odamlar yaralangan. As-Suvayda ko‘chalari huvillab qolgan. Viloyatning g‘arbiy qismidagi to‘qnashuvlar va qishloqlarning o‘qqa tutilishi oqibatida shifoxonalar o‘nlab yaradorlar bilan to‘lgan.
Suriyada inson huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish markazi (SOHR) esa kamida 99 kishi halok bo‘lganini, ulardan ikki nafari bola, ikki nafari ayol, 14 nafari esa xavfsizlik kuchlari xodimlari ekani haqida xabar bergan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!