$
12683.99 UZS
35.87
139.24 UZS
0.82
13647.97 UZS
25.94
32° Kechasi 21°

Aripov Olmaotada Qozog‘iston Bosh vaziri bilan uchrashdi

11:03 / 02.02.2024

Joriy yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi Yevroosiyo hukumatlararo kengashi va raqamli forumda ishtirok etish uchun Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov raisligida ikki mamlakat hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda o‘zaro hurmat ruhida jadal rivojlanayotgani, Davlatlarimiz Rahbarlari ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab bergani ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida barcha sohada ijobiy o‘sish dinamikasi kuzatilmoqda. Xususan, o‘tgan 7-yilda tovar ayirboshlash hajmi 2 barobardan ziyod oshdi.

Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida muhim qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Transport hamda energetika sohasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. Mintaqalararo hamda madaniy-gumanitar hamkorlik yanada kengaymoqda.

Uchrashuvda kun tartibidagi ushbu va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.


Bu ham qiziq

Qisqa metrajli o‘zbek filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Qisqa metrajli o‘zbek filmi xalqaro festivalda g‘olib bo‘ldi

Turkiyada bo‘lib o‘tgan festivalda “Uzum ta’mi” nomli film “Eng yaxshi qisqa metrajli film” deb topildi.
11:05 / 08.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyurdi

Prezident Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
16:30 / 08.05.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

U urush davrida 214 ming askar va ofitserlarimiz jangovar orden va medallar bilan taqdirlangani ma’lum qildi.
15:16 / 08.05.2024
Toshkentning ikkita tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi

Toshkentning ikkita tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi

Ta’mirlash ishlari 8-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha davom etadi.
11:29 / 08.05.2024
Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni qoldirildi

Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni qoldirildi

Sud jarayonini noma’lum muddatga qoldirilgan.
09:52 / 08.05.2024
UzAuto Motors’da deyarli 40 daqiqa ichida 4 500 ta Lacetti sotildi

UzAuto Motors’da deyarli 40 daqiqa ichida 4 500 ta Lacetti sotildi

Yangi kontraktatsiya bugun, 8-may kuni, soat 10:00 da ochilishi kerak edi.
11:11 / 08.05.2024
Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Bu haqda Rossiya Vazirlar Mahkamasi xabar berdi.
15:58 / 07.05.2024
Xitoydagi tezyurar poyezdi chiptasi qancha?

Xitoydagi tezyurar poyezdi chiptasi qancha?

Xitoyda tezyurar poyezdlar chiptalari 15-iyundan 20 foizga qimmatlashadi.
12:49 / 08.05.2024
Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
19:35 / 07.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!