O‘zbekiston Bolalar ombudsmani Aliya Yunusova Xorazm viloyati Urganch shahridagi 1-oilaviy mehribonlik uyining uch nafar tarbiyalanuvchisining zo‘rlanishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda. Bu haqda ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.
“Bolalar ombudsmani bolalarga nisbatan qo‘llanadigan har qanday jinsiy jinoyatlarga og‘ir jazo turlarini qo‘llash kerak, degan pozisiyada”, — deyiladi bayonotda.
Aliya Yunusova vaziyatni o‘z nazoratiga olgan va ish bilan bog‘liq barcha materiallarni o‘rganmoqda, deyiladi xabarda.
Avvalroq, 2022-yil sentyabr oyida Dilmurod Otamuratov raisligida o‘tgan jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati Xiva tumani sudi Urganch shahridagi 1-sonli oilaviy mehribonlik uyi rahbari Yulduz Xudaybergenova, Xorazm viloyati adliya boshqarmasi sobiq boshlig‘i Oybek Masharipov va Yangiariq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi sobiq boshlig‘i Anvar Kuryazovga nisbatan hukm chiqargani haqida xabar bergandik.
Mudira 1 yil muddatga rahbarlik va moddiy javobgar lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilingan holda 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Shu bilan birga, ikki sobiq amaldor 1,5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini olgan. Bu vaqt davomida ularga 22:00 dan 06:00 gacha uydan chiqish, shuningdek, probasiya organlarini ogohlantirmasdan yashash joyini o‘zgartirishlari va yashash
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!