$
12831.81 UZS
-25.54
163.75 UZS
0.3
14606.45 UZS
-66.36
30° Kechasi 21°

“Bu do‘st mamlakatlarimiz salkam 30-yil davomida intilib kelgan tom ma’nodagi tarixiy voqeadir” – Mirziyoyev

16:06 / 27.12.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlanishiga bag‘ishlangan marosim ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

“Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

Avvalo, siz, azizlarni Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston yangi magistral temir yo‘li qurilishi boshlanishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bundan yarim yil oldin mazkur strategik transmintaqaviy loyihani amalga oshirish bo‘yicha birinchi to‘laqonli bitim imzolangan edi. O‘tgan qisqa davrda texnik hujjatlarni tayyorlash ishlari yakunlandi. Bugun esa biz bevosita qurilish ishlariga start bermoqdamiz.

Bu do‘st mamlakatlarimiz salkam 30-yil davomida intilib kelgan tom ma’nodagi tarixiy voqeadir.

Sizlarning ishtirokingizda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yangi transport arteriyasi yaratilmoqda. U Markaziy Osiyo mintaqasini Xitoy bilan qisqa yer usti yo‘li orqali bog‘laydi, davlatlarimizning ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish va strategik sherikligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yana bir muhim jihat – ushbu loyiha hamkorlikda barqaror rivojlanish va farovonlik yo‘lida ko‘plab mamlakatlarni birlashtirib kelayotgan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi ezgu maqsadlarga to‘liq mos keladi.

Shu munosabat bilan hurmatli hamkasblarim – Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Nurg‘ojoyevich Japarov janoblariga loyihani ilgari surish borasidagi shaxsiy hissalari va faol sa’y-harakatlari uchun yana bir bor minnatdorlik izhor etaman.

Hurmatli marosim ishtirokchilari!

Yangi temir yo‘l qurilishi mamlakatlarimiz iqtisodiyoti va bepoyon mintaqamiz uchun katta samara berishini alohida qayd etishni istardim.

Infratuzilma sohasidagi ushbu yirik loyiha ilg‘or muhandislik, innovatsiya va raqamli yechimlar asosidagi keng kooperatsiyani, yuqori ekologik standartlarga amal qilishni nazarda tutadi.

Koshg‘ar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yo‘nalishi bo‘yicha 20 ta stansiya, 42 ta ko‘prik, 25 ta tonnel barpo etiladi. Bundan tashqari, zamonaviy tranzit-logistika infratuzilmasi, omborxona va terminallar quriladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu magistral yo‘lning ishga tushirilishi mintaqaviy savdo va investitsiyalar hajmini bir necha barobar ko‘paytirish, transport xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish, Markaziy Osiyoning ulkan tranzit salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Quyidagi muhim raqamlarga ham e’tiboringizni qaratmoqchiman.

Ushbu yo‘l orqali yiliga 15 million tonna yuk tashiladi. Xitoydan Yevropa mamlakatlariga yuklarni yetkazib berish masofasi va muddati bir necha ming kilometr va deyarli bir haftaga qisqaradi. Yo‘lovchilarni muntazam tashishni yo‘lga qo‘yish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Kelgusida ushbu temir yo‘l liniyasi Transafg‘on yo‘lagi bilan tutashib, Xitoy, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi transport-kommunikatsiya tarmoqlarini samarali birlashtirish va kuchaytirishga imkon yaratadi.

Bundan, hech shubhasiz, barcha mamlakatlar iqtisodiy foyda ko‘radi. Yuzlab yangi korxonalar va o‘n minglab ish o‘rinlari yaratiladi.

Albatta, mazkur loyiha Buyuk ipak yo‘lining qayta tiklanishiga, madaniy-gumanitar almashuvlar rivojiga, xalqlarimizning yanada yaqinlashuviga xizmat qiladi.

Qadrli do‘stlar!

O‘zbekiston mavjud texnik va intellektual resurslarni to‘liq ishga solgan holda, bugun boshlanayotgan qurilishning barcha bosqichlarida faol ishtirok etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Ishonchim komil, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli ushbu temir yo‘l tarmog‘i bizning mustahkam do‘stligimiz, sheriklik va taraqqiyotimizning yana bir yorqin timsoliga aylanadi.

Fursatdan foydalanib, ushbu strategik loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan barcha quruvchi va muhandislarni, ishchi va mutaxassislarni kirib kelayotgan yangi – 2025-yil bilan chin dildan tabriklayman. Sizlarga sihat-salomatlik, katta yutuq va omadlar tilayman.

Bugun sizlarning bunyodkor sa’y-harakatlaringiz bilan boshlanayotgan ulkan loyiha mamlakatlarimiz va mintaqamizning umumiy kelajagi va ravnaqi uchun xizmat qilsin!

E’tiboringiz uchun rahmat”, – degan Shavkat Mirziyoyev.

 


Bu ham qiziq

Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobodda 19 yoshli yigit o‘zini osib qo‘ydi

Yashnobod tumanida 19 yoshli yigitning jasadi topildi. Bosh prokuratura tomonidan ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshi…
18:27 / 04.06.2025
6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

6-iyun uchun ob-havo ma’lumoti

Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
06:43 / 06.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga hayit munosabati bilan insonparvarlik yordami jo‘natdi

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan …
17:35 / 05.06.2025
O‘zbekistonda Amir Temur davriga oid noyob artefaktlar topildi

O‘zbekistonda Amir Temur davriga oid noyob artefaktlar topildi

Toshkentdan uzoq bo‘lmagan joyda, qadimiy Shahruxiya shahri hududida o‘zbek va turk arxeologlari Amir Temur davriga oid noyo…
18:14 / 04.06.2025
Japarov Almazbek Atambayevni afv etishga tayyorligini aytdi

Japarov Almazbek Atambayevni afv etishga tayyorligini aytdi

U bu haqda “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
15:38 / 04.06.2025
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 2025-yil 6–8-iyun kunlari aholining dam olish vaqtini maroqli tashkil etish hamda ich…
12:11 / 04.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 11,5 yillik qamoqqa hukm qilindi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 11,5 yillik qamoqqa hukm qilindi

Atambayev noqonuniy boylik orttirish, yer uchastkalarini egallab olish va 2019-yil Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi ommaviy tartibsiz…
10:23 / 04.06.2025
Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Toshkent metrosi Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Shu munosabat bilan bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
14:17 / 05.06.2025
Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi

Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi

Ro‘ziboyevga kim raqiblik qilishi hozircha aniq emas.
09:37 / 04.06.2025
O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston ketma-ket uchinchi oy eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi

O‘zbekiston aprel oyi yakunlari bo‘yicha yana dunyodagi eng yirik oltin sotuvchisi bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi xab…
18:22 / 04.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!