$
12675.00 UZS
4.95
138.36 UZS
0.36
13616.75 UZS
56
26° Kechasi 15°

Bugun, 6-aprel kuni O'zbekistonning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘adi

07:44 / 06.04.2024

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 6-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-12, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab  ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12,  kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent,  Samarqand,  Jizzax va Sirdaryo  viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, faqat Samarqand viloyatining  ayrim joylarida kechqurun va ertalab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga  15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.   Kechasi 7-12,  kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor yog‘adi) bo‘ladi. Ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Qor ko‘chishi, sel kelishi xavfi bor. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-6, kunduzi 3-8  daraja iliq bo‘ladi.


Bu ham qiziq

Oʻzbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi

Oʻzbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi

2017-yili davlatimiz tomonidan Chori baxshi Umirovga “Oʻzbekiston Xalq baxshisi” unvoni berilgan.
10:16 / 05.05.2024
Qandli diabetga chalingan bolalarga sport mumkinmi?

Qandli diabetga chalingan bolalarga sport mumkinmi?

Mutaxassis bu bo‘yicha ma’lumot berdi.
12:41 / 05.05.2024
Aktyor Dueyn Jonson mas’uliyatsizlikda ayblanmoqda. U tufayli “Qizil” filmi 50 million dollar zarar ko‘rgan

Aktyor Dueyn Jonson mas’uliyatsizlikda ayblanmoqda. U tufayli “Qizil” filmi 50 million dollar zarar ko‘rgan

Natijada “Qizil” filmi xarajatlari 200 million dollardan 250 million dollarga oshib ketdi.
16:50 / 05.05.2024
Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Qayd etilishicha, u portlash sababini aytmagan.
22:38 / 04.05.2024
Bluetooth orqali sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatildi

Bluetooth orqali sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatildi

Endi buni oddiy inson telefonda ham amalga oshirishi mumkinligi aytilmoqda.
14:52 / 04.05.2024
Eronda osmondan “baliq yog‘di”

Eronda osmondan “baliq yog‘di”

Bu mamlakatda kuzatilgan ilk holat emas.
11:34 / 05.05.2024
Ukrainaning sobiq prezidenti Rossiyada qidiruvga berildi

Ukrainaning sobiq prezidenti Rossiyada qidiruvga berildi

Pyotr Poroshenko 2014-yildan 2019-yilgacha Ukraina prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.
09:43 / 05.05.2024
Politsiyachilar endi Microsoft’dagi AI’ning yuzni tanib olish dasturidan foydalana olmaydi

Politsiyachilar endi Microsoft’dagi AI’ning yuzni tanib olish dasturidan foydalana olmaydi

Microsoft nega ushbu qarorga kelganini izohlamadi.
14:38 / 05.05.2024
Bugun, 5-may kuni ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi

Bugun, 5-may kuni ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-may kuni Toshkentda havo biroz bulutli…
08:45 / 05.05.2024
6-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 6 may kuni Toshkentda havo biroz bulutli…
23:17 / 05.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!