Bugun kunduz kuni respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-30 daraja issiq boʻladi.
Poytaxtimizda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29 daraja issiq boʻladi.
Togʻoldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17 daraja iliq boʻladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!